November 16, 2024

𝐎𝐧𝐞 𝐛𝐫𝐞𝐚𝐭𝐡 𝐢𝐬 𝐞𝐧𝐨𝐮𝐠𝐡𝐭

A person who is hard to understand on the outside will be beautiful on the inside..!

Ha balkim hozir sen va men uchun azgina qiyin bo'layotgan bo'lishi mumkun, lekin shuni unutma bu dardlar ham abadiy emmas, qachon ko'rgansan yomg'ir yog'ib to'xtamaganini, qachon ko'rgansan tun botim tong otmaganini, sen shunchaki menga ishon. Hammasini birga yengib o'tamiz, hali sen bilan hamma orzu va niyatlarimizga erishamiz. Shunchaki yana ozgina sabir qilishimiz kerak...)

7-𝐁𝐨𝐁

𝐕𝐚'𝐝𝐚 𝐁𝐞𝐫✨

_______

—Bugun negadir ogʻir kun boʻldi.Bilmadim ammo yuragim oʻrtanyabti.Men nima qildim...Men shunchaki unga yordam bermoqchi edim...Men buni uddasidan chiqdim.Ammo...Men uni yana oʻsha jarlikka qaytadan yetaramanku...Nega bundaysan Minsu nega xudbinlik qilding.Oʼliming oldidan tuzgan orzularing amalga oshdiyu,ammo uchi u seni sevib qolibdi.Men uning soʻzlariga sevinishni ham,hafa bulishni jam bilmayman.Lekin sen jam uni sevib qolmadingmi.Minsu...bunga haqqing yuq!...

Minsu shu hayollar bilan koʻzlariga uyqu kelmasdi.Garchi bunga harakat qilmasin koʻzlaridan yoshlar quyilaverdi. Jindan kelgan tinimsiz xabarlar va qoʻng'iroqlarni javobsiz qoldirdi.

𝐌𝐢𝐧𝐬𝐮

𝑲𝒆𝒄𝒉𝒌𝒊 𝒔𝒐𝒂𝒕 23:34

~Eshik qoʻngʻirogʻi jiringlarkan.Seva xonim eshikni ochdi.Uning qarshisida turgan insonni koʻrib tabassum qildi.

—Jin...Nega bunchalik kechikding.Kelganingdan xursand buldim.U yuqorida..

—Rahmat sizga - U Seva xonimning gaplarini eshitib turdida unga minnatdorchilik bildirib uning xonasiga oshiqdi.

—Zina boʻylab yulak oxiridagi xonada. - Seva xonim Minsuning xonasini Jinga tushintirish barobarida eshikni qulfladi.

*

Minsu xonasida yotoqda chapga burilib yotarkan,oyoq kiyim tovushidan birdan orqasiga qaradi.Uning qarshisida hozirda jiddiy auraga ega inson turganligini koʻrdi,va unga tushunsiz nigoh bilan qaradi.

—Bu yerda nima qilyapsan?? - Uning koʻzlaridan tinimsiz yigʻlaganini sezish qiyin emas edi.

—Nega kelganligimni tushunmadingmi. - eshikni yopib.

—Lekin buni istamasligimni tushungandirsan.Yoki quloʻgʻlaring bilan eshitishni xohladingmi....

—Ha..Ha xattoki koʻzlarimga qarab aytishingni xohlayman.. - Jin unga yaqin kelib uning koʻzlariga qarab turardi

—Yaxshi..Seni koʻrishni xohlamayman.. - Jin asabiy uyoqdan buyoqqa qaradi.

—Nima uchun bunday qilayotganingni bilaman Minsu..

—Nima uchun eganligini bilsang iltimos ket bu yerdan...Vaziyatni qiyinlashtirma. - Minsu shunday deb Jindan uzoqlashti va peshonasini siladi.

—Aslida sen qoʻrqoqsan bilasanmi...Koʻringaningdek jasur qiz emassan..

—Ket bu yerdan..-Minsu shunday deb eshikni ochib Jinga ishora qildi.Ammo Jin qaytadan eshikni yopib Minsuga yaqin keldi.

—Ketmayman Minsu..Nima desang de..Nima qilsang qil..Sendan voz kechmayman..Buni qabul qil.. - Minsu uning koʻzlariga qararkan uning har bir soʻzi samimiyliligiga hech shubha qilmas edi

—Buning iloji yoʻq...

—Nima uchun..

—Men oʻlyapman Jin..oʻlyapman jech kimning orzularida boʻla olmayman.Qoʻrqyapman.Chunki yolgʻiz oʻzim uddalay olyatgandim.Lekin sen paydo boʻlding - Ichimdagi bor gaplarni unga aytgim.Uni bagʻrimga bosgim kelyapti.Xohlamasamda koʻzimdan yoshlar quyilmoqda.Uning qiynalganini koʻrib yuragim battar ogʻriyapti.

—Yoʻq aslida sen kelding..

—Senga yordam berishni istagandim ammo ishlar bunchalik jiddiy bulishini bilmagandim..

𝐌𝐢𝐧𝐬𝐮

—Ammo shunday boʻldi. .

—Quloq sol..Men bu dunyoda bir narsaga bogʻlansan ketishim shunchalik qiyin boʻladi..Tushunsakchi ilk maratoba oʻzimni boshqara olmayapman — unga gapirish mobaynida undan uzoqlashib divanga utirdi — Qilmasligim kerak bulgan ishlarni qildim.Shu yergacha kelishiga quyib berdim.Lekin buyogʻiga unday qilolmayman.Jin bu mening taqdirim.Seniki ham shu...

Jin unga qarab turdi.U asta Minsuning qarshisiga chukkalab utirdi.Va uning qoʻllari ushladi.

—Sen oʻzingdan qoʻrqyapsan Minsu.Tuygʻularingdan,his qilayotganlarindan oxirida buni taqdirga bogʻlayapsan.Unday qilma!oʻz qoʻrquvlarimizni taqdir deyapmiz.Koʻp yillar shunday qildim...Oqibatda bunga oʻzimiz ham tobora ishonib qolyapmiz.Menga taqdirni oʻzgartirishni sen oʻrgattinku...

—Ammo oʻzgartira olmaydigan taqdiring ham boʻlishi mumkin.Qoʻlingdan kelmaydigan ish bu.Chorasi yuq - Jinning qoʻllaridan qoʻlini olib oʻrnidan turdi. - Iltimos ket...Ket!

—Minsu unday qilol... - Jin unga gapirarkan uning soʻzlari Minsu tomondan kesildi.

—Iltimos ket! - Jin unga biroz muddat termulib turdi.Uning koʻzlarida oʻtinch bor edi.U xonani tark etdi.Minsu utirib boshini qoʻliga quyib koʻzlariga yosh oldi

𝐉𝐢𝐧

*

—Katta xato qilyapsan... - xonaga kirgan onasi qizini bu ahvolda koʻrish unga ogʻir edi.Ammo qizini nima qiynayotganini biladi.

—Siz jam shunday demang oyi.. - Minsu yigʻidan burunchasini ishqalab quyardi - Nega jech kim meni tushunmayapti

—Seni tushunib turibmanturibman.Ammo hozir vaziyatga butunlay boshqa tomondan qarayapsan.Baxtli boʻlishga imkoniyating bula turib oʻzing bilan Jin ni hamham jarga tashlayapsan...

—Oyijon bu men uchun qochib bulmaydigan yoʻl..

—Bundan hech birimiz qocholmymiz .

—Toʻgʻri lekin men boshqa vaziyatdaman..-Oyisi uning yoniga oʻtirdi.

—Men unday oʻylamayman..Sen yosh bolaligingda shifokorlar menga qarab sendan umidimni uzishimni vaqt borida..boshqa farzandli bulishimni aytishdi.Ammo men sendan voz kechmadim.Seni oʻrningda boshqasini ham oʻylamadim.Nima uchunligini bilasanmi??

—Chunki men sizning qizingizman. - Onasi unga tabassum qildi.

—Albatta shundaysan birgina sabab bu emas.Chunki hayotda kim qanday yashashini,qachon oʻlishini biz bilolmaymiz.Boshqa farzand koʻrgan taqdirimda ham uni yashab ketishiga kafolat bulardimi - Minsu ,,yuq" deb bosh qimirlatdi. - kasal boʻlgan emas ajal yetgani oʻladi - Qizining yoshlarni artdi. - Olgan har bir nafasing bir umiddir qizim..Kecha bulmagan.Ertaga ham yuq faqat shu lahza bor qizim.Hech kim butun umr yashayman deb oshiq bulmaydiku toʻgʻrimi.Yuraging urib turarkan bunga haqqing bor.Boshqalarga umid berganing kabi boshqalarga ham umid kerak.Nega endi boshqalarga ravo koʻrgan narsangdan oʻzingni olib qochyapsan. - Onasi qizining yuzidan oʻpib uni bagʻriga bosdi.Minsu onasining kaftlarini oʻpib uni qattiqroq quchdi.

—Sizni juda ham yaxshi koʻraman..

—Men ham..Seni juda ham yaxshi koʻraman qizalogʻim!

𝐒𝐞𝐯𝐚 𝐱𝐨𝐧𝐢𝐦

*

Stulda oʻtirib dengiz mavjlanishini kuzatib turgan Jin hayollari hozir tarqoq.U faqatgina Minsuning gaplarini...Kecha boʻlan suhbatni oʻylardi.

•Bu yerga kelishim oson bulmadi Jin.Ammo men tavakkal qilishga qaror qildim.Ammo menga ipsiz bogʻlanib qolma.Senga zarar yetishini istamayman chunki Seni sevaman.

Bu joylarni juda sogʻinibman.Hamon oʻsha oʻsha joylar.Jin qayerda ekanligini taxmin qilganimdan soʻng uni yoniga bordim.U dengizni tomosha qilyapti.Uning ortidan yurib borib orqadan uni bagʻrimga bosdim.

—Menga bir soʻz berishingni istayman...Men ketganimdan keyin yaxshi boʻlishingga ishonishim kerak..- Jin indamadi uning koʻzidan ixtiyorsiz bir yosh dumalab tushdi. - Agar va'da bermasang bu yerdan ketaman.Meni boshqa umuman koʻrmaysan.Agar menga va'da bersang... - Minsu Jinning qoʻllarni ushladi - Ketgunimcha qoʻllaringni hech qachon quyib yubormayman.Soʻzmi?

—Soʻz... - Jin Minsuga koʻz yoshlarni artib qaradi.-Men seni sevaman!

𝐌𝐢𝐧𝐬𝐮 & 𝐉𝐢𝐧

__::::::::::::_____

𝑭𝒐𝒓 𝒚𝒐𝒖 𝑴𝒊𝒏𝒔𝒖 𝒐𝒏𝒏𝒊💋

𝑫𝒂𝒗𝒐𝒎𝒊 𝒃𝒐𝒓...

𝑭𝒊𝒌𝒓 𝒗𝒂 𝒓𝒆𝒂𝒌𝒔𝒊𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓 𝒌𝒊𝒕𝒊𝒃 𝒒𝒐𝒍𝒂𝒎𝒂𝒏

𝑩𝒚 𝑫𝒂𝒉𝒚𝒆🦋