Mehnat ta‘tili kunlariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida bilasizmi?
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 220-moddasigayangidan o`zgartirish kiritilgan bo‘lib, bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’til haqida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo‘lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.
Ushbu qo‘shimcha mehnat ta’tili qonunchilikda o‘ziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qo‘shimcha mehnat ta’tillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu qo‘shimcha mehnat ta’tili nazarda tutilgan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 493-moddasida mavsumiy ishlovchi xodimlar uchun ham mehnat ta‘til berilishi haqida ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mavsumiy xodimlar ishning har bir oyi uchun kamida ikki kalendar kun hisobidan haq to‘lanadigan mehnat ta’tili olish huquqiga ega.
Agar mavsumiy xodim to‘liq mavsum ishlagan bo‘lsa, unga keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili beriladi. Bu holda ta’tilning oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda haq to‘lanadigan mehnat ta’tili o‘rniga mavsumiy xodimga uning xohishiga ko‘ra pulli kompensatsiya to‘lanadi.
Agar mavsumiy xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mavsum tugagunga qadar muddatidan oldin bekor qilinsa, mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida unga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadi.
Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat