
Oila a’zolarining barcha rasmiy daromadlari, shuningdek, oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadning hisob-kitobi, oila a’zosi nomida mavjud bo‘lgan ko‘chmas mol-mulki va avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar “Yagona reyestr” AT tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda jamlanadi va hisob-kitob qilinadi.

Ambulatoriya sharoitida parvarishga muhtoj bo‘lgan o‘n to‘rt yoshdan katta bemorni parvarishlash uchun yetti kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.Ushbu holatda mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor bilan birga yashash yoki yashamasligi hamda mehnat ta’tilida ekanligidan qat’i nazar, bemorning oila a’zolari yoki qarindoshlaridan biriga beriladi.

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi homiladorlikning o‘ttizinchi haftasidan boshlab hududiy ambulator-poliklinikalarning, akusher-ginekolog (umumiy amaliyot shifokori) tomonidan bosh shifokor o‘rinbosari bilan birgalikda bir yo‘la bir yuz yigirma olti kalendar kuniga beriladi.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish jazosi kiritildi. U sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha muddatga tayinlanadi.

Shahvoniy shilqimlik qilish, Ma'muriy javabgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasiga ko`ra: ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining besh...

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga, umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga o‘z huquqlarini amalga oshirishida to‘sqinlik qilish, shaxsiy narsalariga qasddan shikast yetkazish, sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish uchun quyidagi javobgarlik belgilandi:

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ko`ra:

Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilgan bo`lib, unga ko`ra:

Aliment to‘lovchining boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Aliment sud tomonidan belgilanganda ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining: