August 17, 2023

Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod etish mumkinmi?

Aliment to‘lovchining boshqa voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, undan aliment undirilganda o‘sha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan kamroq ta’minlanib qoladigan bo‘lsa, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa bir qator hollarda aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining to‘liq ta’minotida bo‘lsa, sud to‘lanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment to‘lashdan ozod qilishi mumkin.

Voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar: - ushbu Oila kodeksning 79-moddasiga asosan ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi

- ma’muriy javobgarliika (Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamaslik o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki BHMning yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

- jinoiy javobgarlikka (ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat

koʻrsatish markazi

boshyuristkonsulti: O.Qurbonov.