August 17, 2023
Aliment to‘lamagan shaxs majburan ishlatilib, puli bolalari ta’minotiga yo‘naltiriladimi?
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish jazosi kiritildi. U sudlar tomonidan 8 soatdan 240 soatgacha muddatga tayinlanadi.
Ma’lumki, aliment qarzdorligi jiddiy muammoga aylangan. Aliment to‘lamay yurgan shaxslarni 15 sutkaga qamash yoki jarimaga tortish mumkin. Biroq aksariyat hollarda bundan aliment oluvchiga umuman naf yo‘q.
Aksincha, qamoqqa olingan aliment to‘lovchi 15 sutka ishlab pul topish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, jarima jazosi esa uning ahvolini yanada og‘irlashtiradi.
Endi ular majburiy jamoat ishlariga ham jalb etiladi va ish haqining teng yarmi alimentga ushlab qolinadi.
Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat