August 17, 2023
Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik qanday javobgalikka sabab bo`ladi?
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ko`ra:
- Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik hamda soliq va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan holda yuridik shaxsning rahbari va yakka tartibdagi tadbirkorning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga asos boʻladi.
- Tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitob shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish BHMning 30 baravari (8 mln 100 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.