August 17, 2023
Shilqimlik qilish qanday javobgarlikka sabab bo`ladi?
Shahvoniy shilqimlik qilish, Ma'muriy javabgarlik to`g`risidagi kodeksning 41-moddasiga ko`ra: ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ma'muriy javabgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasiga ko`ra:
- shaxsga nomaqbul hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘ladi.
Ilgari mazkur harakatlar uchun javobgarlik belgilanmagan.
Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat