August 17, 2023

Soliq nazorati qanday amalga oshiriladi?

Qonun bilan Soliq kodeksiga soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritilgan bo`lib, unga ko`ra:

- Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.

- Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi.

Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda xolislar ishtirokida soliq nazorati olib boriladi.

Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat

koʻrsatish markazi

boshyuristkonsulti: B.Saparov