July 21, 2023

Manfaatlar to‘qnashuvi nima?

Vazirlar Maxkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-sonli Qarori O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat tushuniladi.

Davlat organlarining xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o‘zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart.

Davlat organlarining maxsus bo‘linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to‘qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlari, shuningdek ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.

Jarqoʻrgʻon tumani yuridik xizmat

koʻrsatish markazi boshyuristkonsulti

3-darajali yurist: S.R.Shaymanova.