Samarqand aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 mlndan oshdi
Samarqand aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 mlndan oshdi. Bu Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida ish ko‘lamining kengayganligidan dalolat bersa soha mutaxassislarini mas’uliyatlarini yanada oshiradi.
Samarqand viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 56,5 foizini, ya’ni 2 mln(2266744) kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnat yoshigacha bo‘lganlar 32,8 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 10,7 foizga yetganligidan xabar beradi.
Samarqand doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
• mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 32,8% (1 mln kishidan ko‘p);
• mehnatga layoqatli yoshdagilar — 56,5 % (2 mln kishidan ortiq);
• mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 10,7 % (400 ming kishidan ortiq ).
Aholisining mehnatga layoqatli qatlamini bandligini ta’minlash ularni turmush farovonligini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2021-yil yanvar-sentabr oylari davomida bosh boshqarma tomonidan jami 53439 ta xizmatlar ko‘rsatilgan.
Jumladan 3 mingdan ortiq fuqaro ishga joylashtirilgan, 11213 ming ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan, shuningdek 3 mingdan ortiq fuqarolarga ishsizlik nafaqasi to‘lab berilgan.Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, o‘zini o‘zi bandl qilish, yoki kooperativlar tashkli etish istagini bildirgan 1630 nafar fuqaroga subsidiya ajratilgan. Samarqand shaharidagi “Ishga marhamat” monomarkazi, tuman(shahar) kasb hunarga o‘qitish markazlari tomonidan “Ayollar”, “Yoshlar”, “Temir” daftarda turgan hamda kasb-hunarga o‘qish ishtagini bildirgan aholi qatlamining 7239 nafar kasb-hunarga o‘qitilgan.
Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova