Samarqand aholisining mehnatga layoqatli qatlami 2 mlndan oshdi. Bu Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida ish ko‘lamining kengayganligidan dalolat bersa soha mutaxassislarini mas’uliyatlarini yanada oshiradi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 8 oktyabridagi 44-sessiyasida «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Samarqand viloyati filialining Davlat dasturi ijrosi yuzasidan axboroti tinglanib, jamg‘arma faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qator takliflar bildirildi, ushbu takliflar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga Kengash raisi E.Turdimov tomonidan topshiriqlar berildi.
Xabaringiz bor Ishtixon tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binosi uchun qurilish ishlari ketmoqda. Qurilish murakkab jarayonligini inobatga olgan holda Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov Ishtixon tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yangi binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi.