maqola
October 13, 2021

Monomarkaz tinglovchilariga tadbirkorlik ko'nikmalari ham o'qitiladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 8 oktyabridagi 44-sessiyasida «Yoshlar-kelajagimiz» jamg‘armasi Samarqand viloyati filialining Davlat dasturi ijrosi yuzasidan axboroti tinglanib, jamg‘arma faoliyatini rivojlantirish maqsadida bir qator takliflar bildirildi, ushbu takliflar ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga Kengash raisi E.Turdimov tomonidan topshiriqlar berildi.

Topshiriq ijrosini amalga oshirish maqsadida Viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov tashabbusi bilan Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar hamda xotin-qizlarga o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, faoliyatning yuridik asoslari va bir qancha mavzularda maʼlumotlar berib tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Tadbir so‘ngida Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori D.Pardayev markaz tinglovchilarining tadbirkorlik ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida “Yoshlar-kelajagimiz” bilan hamkorlikda muntazam o‘quvlarni tashkil etilishi hamda alohida o‘quv xonalari ajratilishini aytib o‘tdi.

Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Sarvinoz Tursunova