Keijoda so’nggi bahor
Yo’lak bo’ylab harbiylarga xos shaxdam va tekis qadam tashlab ketayotgan mayor Lee katta, naqshinkor yog’och eshik oldida to’xtab, chuqur nafas oldi. So’ng asta qo’lini eshik tutqichiga uzatib, xona eshigini o’ziga tortdi.
Mayor xonaga kirganda, ko’ndalang qo’yilgan ish stoli ustida bir nechta hujjatlar yoyilib yotgan, to’rda, yumshoq kresloda o’tirgan polkovnik Miyamoto kimdir bilan jiddiy suhbat qurayotgandi. Mayor Leeni ko’rgan polkovnik unga stol oldidagi stulga o’tirishini imo qildi va go’shakdagi suhbatni davom ettirdi.
Polkovnikning ishorasi bilan stulga sekin o’tirgan mayor xonaga razm soldi. Kiraverish chap burchakda eskiroq 4 tabaqali javon joy olgan. Devorga u yoq bu yoqlariga qizil qalam bilan qandaydir chiqizcha va nuqtalar qo’yilgan katta xarita osilgan. Shiftdagi chiroq xonani xira yoritmoqda, asosiy yorug’lik manbayi esa o’ng tomondagi harir parda tutilgan derazadan tushmoqda.
- Tushundim, janob. Albatta, biz bu jin urgur “qizillar” ni yo’q qilish harakatidamiz…
- Ha, janob, kapitan Sugiyamadan ham yaxshi yangiliklar kutmoqdamiz.
- Ho’p, janob. Qo’mondan Jung bilan qo’ng’iroqlashib javobini aytaman. Xayr, janob!
Go’shakni o’z joyiga qo’ygan polkovnik Miyamoto qoshlarini ko’targancha mayor Leega qaradi. Biroz o’ngaysizlangan mayor yenglarini to’g’irlagancha, polkovnikdan ko’zlarini olib qochgancha gapirdi:
- Janob…biz..men siz aytgandek qildim…Qo’zg’olonchi Choi ortidan ikkita askarimni yubordim…Ammo, u tutqich bermay..qochib ketishga muvaffaq bo’libdi.
Polkovnik Miyamoto yaxshi yangiliklar kutayotgan edi, mana bu ahmoq qari chol esa unga yana operatsiya muvaffaqiyatsiz bo’lganini aytyapti. “ – La’nati!”-nafasi ostida pichirladi Miyamoto so’ng asta o’rnidan turib, stolni aylanib o’tdi. U mayor Leening ortida to’xtadi-da, mayorning yeklalariga baquvvat qo’llarini qo’ydi.
- Mayor Lee, bu yerda necha yildan beri ishlaysiz?-biroz pastga egilib so’radi polkovnik Miyamoto.
- Men…y-yigirma ikki yil…bo’ldi..polkovnik..-qo’rqib, biroz asabiylashgan mayor tutilgancha javob berdi.
- Yigirma ikki yil deng?-so’radi polkovnik Miyamoto so’ng barmoqlari bilan mayor Leening yelkalarini qisib, tishlari orasida vishshilladi,- Shuncha yil ishlab, birorta operatsiyani eplay olmagan bo’sangiz, sizni ishdan haydash uchun sabab kerak emas!
Mayor Lee og’ir yutunib, yeklasidagi og’riqdan ko’zlarini qattiq qisib, jim turdi. Bir necha soniya shunday turgan polkovnik sekin gavdasini ko’tarib, xona bo’ylab u yoqdan bu yoqqa yura boshladi. Uning qadamlari katta va tez, jahli chiqayotgani bilinib turardi. Birdan Miyamoto to’xtab, stol ustidagi hujjatlarini asabiylik bilan tita boshladi. Uning harakatlarini kuzatib turgan mayor Lee biror so’z aytishga jur’at etmasdi. Mayorning ko’ziga go’yo Miyamoto unga ariza yozishi uchun qog’oz qidirayotgandek ko’rinardi. Birdan qandaydir rasm va chetlari biroz buklangan hujjatni topib olgan Miyamoto qog’oz va rasmni mayor Leening oldiga tashladi-da, “ – O’qing,”-degandek imo qildi. Mayor ikkilangancha, biroz sarosima bilan qo’liga qog’oz va rasmni oldi.
Qog’ozda qandaydir jadvalcha va ma’lumotlar yozilgan, rasmda esa bir gazeta sotayotgan 18-20 yoshli yigit tasvirlangan edi. Mayor Lee huddi rasmdagi kichik detallarni ham o’rganayotgandek rasmni yaxshilab tomosha qildi-da, boshini ko’tarib, uning savolli nigohini kutib turgan polkovnik Miyamotoga qaradi.
- Yangi operatsiya,-dedi Miyamoto so’ng yana xona bo’ylab u yoqdan bu yoqqa yura boshladi.
Mayor Lee boshini pastga egib, yana rasmga qaradi. Yosh yigitcha bilan bog’liq qanday operatsiya bo’lishi mumkin? Tag’in…bu yigit ham “qizillar”dan bo’lmasin? Huddi mayorning fikrlarini o’qiyotgandek Miyamoto gap boshladi:
- Bu yigit ham qo’zg’olonchilardan bo’ladi. Yaqindagina kuzatishni boshladik. U haqidagi ma’lumotlar anavi qog’ozda bor. Yosh bo’lishiga qaramasdan, juda dovyurak ekan,-negadir shu payt polkovnik biroz jilmayib qo’ydi va davom etdi,- U haqida ko’p ma’lumot bilmaymiz. Shuning uchun bu vazifani sizga topshiryapnman. Shaxsan o’zingiz bajaring. Hech qanday yordamchi va odamlarsiz. U haqida ko’proq ma’lumot to’plang.
Polkovnikning gaplarini tinglagan mayor bu vazifa ancha osonroqligini anglagan bo’lsa ham, e’tiroz bildirish uchun og’iz juftladi:
- Hech qanday e’tirozlarni qabul qilmayman mayor. Qo’rqoqlik qilmang…yoki ishdan ketishni istayapsizmi?-mayor hali gapirmasidan uning og’ziga gap bilan urgan Miyamoto so’radi.
Mayorning og’ir yutinishi-yu, tizzasiga asta qo’llarini qo’yganini ko’rgan polkovnik past ammo ayyorona va shu bilan birga qat’iy ohangda qo’shib qo’ydi:
- Men sizni ishdan haydash bilan cheklanib qolmasligimni yaxshi bilasiz. Qo’limdan sizni o’sha qo’zg’olonchilar bilan til biriktirgan va shuning uchun doim vazifalaridan ijobiy natija chiqmaydi, deb tuxmat qilish keladi. Shunday ekan, meni sizga yomonlik qilishga majbur qilmang, mayor Lee.
Polkovnik oxirgi so’zlarini shunday bir keskinlik bilan aytdi-ki, mayor endi e’tiroz bildirishga ojizligi va imkon boride tezroq xonadan chiqib ketish kerakligini tushundi. Mayor Lee asta o’rnidan turib, stol ustida turgan jildlardan birini olib, ichiga hujjat va rasmlarni joyladi. So’ng, xonani tark etishdan avval polkovnikka bir bor nazar tashladi. Miyamoto go’yo masxara qilgandek, miyig’ida jilmaydi-da, qo’li bilan eshik tomonni ko’rsatdi. Mayor Lee bu qiliq “ – Xonamdan tuyog’ingni shiqqillat,”-deyishning muloyim usuli ekanligini bildi-yu, xonani darrov tark etdi.
Gavjum katta yo’lda u yoqdan bu yoqqa o’tayotgan ot aravalardagi zodagon xonim yoki janoblar, ishga shoshib, biror yumush bilan ko’chaga chiqqan kishilarning ko’pi koreys milliy oshxonasi yonida qo’lida dasta-dasta kun yangiliklari haqida gazeta ushlab turgan yigitga e’tibor bermas, hatto unga qiyo boqmay, yo’llarida davom etardilar. Yigit qo’lidagi gazetalarni boshi uzra baland tutgancha:
- Kelib qoling! Kun yangiliklari! Xonim, sotib olasizmi?-deb o’z yumushini bajarardi.
U ishi bilan shunchalar band ediki, o’zidan 10-15 qadam narida turgan 50-60 yoshlar atrofidagi erkak uni zimdan kuzatayotganini sezmasdi. “ – Mustaqillik harakatchisi uchun juda soda, bechora bola,”-achinibgina o’yladi mayor Lee. U bugundan boshlab polkovnik Miyamotoning buyrug’iga asoslanib bu yigitni kuzata boshlagandi. Mana ikki soatdirki, yigit hali biror dona gazeta sotganicha yo’q, ammo bir on ham bu yerdan ketish haqida o’ylamadi. Mayor Lee nimanidir tekshirib ko’rmoqchi bo’ldi-yu, beparvogina yigit tomon yurdi. U yigitning oldidan o’tib ketayotgandek yurdi-da, bir qadam o’tgandan so’ng, yigitchaning ovozini eshitdi:
- Janob, kun yangiliklari, sotib oling!
Mayor Lee aynan shuni kutib turgan edi. U joyida to’xtab, yeklasi osha yigitga qaradi. Sochlari to’q jigarrang, ko’zlari huddi ayollarnikidek serkiprik, qoshlari huddi yoydek tarang tortilgan, o’rta bo’yli, gavdasi uncha katta bo’lmagan bu yigit mayorning ko’ziga yanada yoshdek ko’rinib ketdi. Yigit gazetani ikki qo’li bilan mayorga uzatar ekan. Mayor qo’liga gazetani olganda, yigit va o’zining barmoqlari bir soniya tegishib ketganini his qildi va “ – Barmoqlari ham nozikkina ekan,”-deb o’yladi. Lekin mayor yana bir narsani sezdi-ki, yigit unga bergan gazetasini quyi qismdagi dastalardan oldi. Mayor Lee bir muddat o’ylandi-da, asta so’radi:
- Nega menga quyi qismdagi dastadan gazeta beryapsan?
Yigit go’yo shuni kutib turgandek biroz jilmaydi-da, tushuntirdi:
- Janob, bu yerda ikki soatdan buyon turyapman. Yuqoridagi dastalar biroz buklangan bo’lishi mumkin. Quyi qismdagilari esa yangidek tekis turgan. Sizdek janobimga yangi gazeta beraman-da!
Mayor uning gaplarini jimgina tinglab taxlil qildi-da, asta bosh irg’ab, kissasidan bir nechta tanga chiqardi. Tangalarni yigitning ochiq turgan kaftlariga tashlagan mayor endi yo’lini oshxona tomon burdi.
Mayor koreys milliy oshxonasiga kirishi bilan mazzali sho’rva-yu achchiqqina taomlarning hidi dimog’iga gup etib urib, uning ishtaxasini qitiqladi. U o’z xohishiga qarshi bora olmay, shisha deraza yonida turgan stolga joylashdida, hammaga birdek xizmat qilib yurgan chaqqongina ofitsiant qizni chaqirdi. Qiz darrov mayorning oldiga kelib, ko’ngli nima tusashini so’radi. Mayor qaynoqqina sho’rva buyurtma qilgach, oyna orqali ko’chaga qaradi. Ana, u yerda haligi yigit hamon gazeta sotmoqda. “ – Shunday, ko’zdan qochirmasligim kerak, ishda qolish yoki qolmasligim shu bolakayga bog’liq,”-deb hitob qildi mayor.
Ofitsiant qiz issiq ko’katli sho’rvani mayorning oldiga qo’yib ketgach, mayor ovqatni yeyish uchun yenglarini shimardi. U qo’liga qoshiq olib, sho’rvaning suvi va ko’atlaridan tatib ko’ra boshladi. Ammo shu payt tashqarida turgan yigit qo’lidagi gazeta dastalarini qo’ltig’iga qisgancha, yo’lni kesib o’tdi-da, qayergadir keta boshladi. Xushta’m ovqatni yeyish va yigitchani kuzatish o’rtasida bir muddat qotib qolgan mayor noiloj o’rnidan turdi-da, kissasidan bir nechta qog’oz kupyura chiqarib, stol ustiga qo’ydi. So’ng shoshilgancha oshxonadan chiqib, yigitga yetib olish uchun yugurdi.
Mijozning bunday to’satdan ketib qolishi xizmatchi qizni ajablantirgan edi. U hozirgina o’sha erkak o’tirgan stol oldiga keldi-da, deyarli tegilmagan ovqat va keragidan ortiq pulni ko’rib, hayron qoldi. Keyin esa qo’liga asta pul qog’ozlarni olib pichirladi:
Qiz yo’lakdan eshik ochilib yopilishining baland ovozi, so’ng onasining yashash xonasidan chiqib, bir nima demagunicha yotog’ida harakatsiz yotgandi. “ – Otam kelibdi shekilli,”-deb o’yladi Haeun va o’rnidan turib, xonasini tark etdi.
Haeun yashash xonasiga kirganda, havoda onasi pishirgan kimchi va otasining qimmat atiri xidi aralashib ketgandi. U xonaga kirishi bilan otasi boshini ko’tardi, Haeun esa jilmayib, mayor Lee bilan salomlashdi:
- Ota! Sizni ko’p kutdim…bugun chizgan suratimni sizga ko’rsatishni istayman.
Lee xonim asta jilmaydi-da, mayorga qarab hitob qildi:
- Uning suratlari kundan kunga yaxshilanib boryapti. Yoshligimda men chizishga qiziqmasdim, siz-chi, azizim? Qizimiz sizga tortganmi?
Mayor Lee hozirgina og’ziga solgan kimchisini tezda yutib, xotiniga javob berishga shoshildi:
- Ha, ha…shunday bo’lsa kerak, azizam.
Lee xonim bemahal bergan savoli erini bezovta qilganini sezdi-yu, mayorning yelkasiga urib qo’yish uchun qo’l cho’zdi.
- Buncha shoshilasiz a? Tiqilib qolishingiz mumkin edi, azizim,-dedi u erining yeklasiga yengil shapatilab,- Va yolg’on gapirishingiz shart emas.
- Nega yolg’on bo’lar ekan?-xotining so’zlarini eshitib, darrov e’tiroz bildirdi mayor,- Rost aytdim, yoshligimda chindan ham bir necha bor rasm chizishni mashq qilganman. Aslida yaxshi rassom bo’lar edim-u…
Mayor Lee xotinining miyig’ida kulganini ko’rib, yosh bolalardek qizishib ketganini sezdi-yu, so’zlarini tugallamay, jim bo’ldi. Ota-onasining qiliqlarini ko’rib, Haeun ham jilmaydi.
Sinfxonasida o’quvchilar liq to’la bo’lsa ham, jim-jitlik hukm surmoqda edi. Vertikal to’rtta, gorizontal yettita qatorga, har bir o’quvchi uchun alohida qilib joylashtirilgan partalar, xonaning chap tomonida moviy parda bilan to’silgan katta derazalar, xonaning to’ridagi katta va hech nima yozilmagan doska, hamma hammasi chiroyli va xonaga tartibli bir muhit berib turardi. O’quvchilar alohida bo’lib o’tirib olgancha, qandaydir misol va masalalar haqida o’ylanishar, tezroq imitxon tugasa-yu, xonani tark etsak, deb o’ylardilar. Shular orasida, imitxon varog’i ustiga egilib, o’zining soyasi tushib turgan javoblar varaqasiga o’zi bilgan masalalarning javoblarini ehtiyotkorlik bilan belgilayotgan Haeun ham bor edi.
“ – Jin ursin, bularning barini…nega imitxonlar o’zimizni tilde emas? Tushunmayapman…ming la’nat bo’lsin”-deb nafas ostida pichirladi Haeun urilma nuqtali doiraning radiusiga oid masala ustida bosh qotirayotgan Haeun. Ayni shu payt birdan xona eshigi ochildi-yu, hamma o’quvchilar boshlarini burib, u tomonga qaradilar. Pichirlab aytgan so’zlarini kimdir eshitib qoldimikan deb qo’rqib ketgan Haeun ham eshik tomon qarar ekan, bir o’qituvchi unga murojaat qilganini eshitib qoldi:
- Lee Haeun, hoziroq tasviriy san’at o’qituvchisi bilan ko’rishar ekansiz.
Haeun buyruqni eshitishi bilan o’rnidan turgan ediki, imitxonga nazoratchi sifatida qo’yilgan erkakning gapini eshitib qoldi:
- Lee Haeun imitxonni yakunlamaguncha hech qayerga chiqmaydi.
Erkakning ovozi biram keskin ediki, Haeun qanday qilib qayta joyiga o’tirib, masala ustida o’ylanishda davom etganini bilmay qoldi.
Imitxon tugagach Haeun sinfxonada chiqishi bilan rassomchilik to’garagi xonasiga bordi. U eshikdan kirishdan avval eshikni taqqillatdi. “ – Har ehtimolga qarshi, bezovta qilishim mumkin,”-deb o’yladi u ichkaridan o’qituvchining “ – Kir,”-degan buyrug’ini kutar ekan. Ammo hech qanday ovoz eshitilmadi. Haeun yana bir bor eshikni taqqillatdi va ichkaridan biror tovush eshitish uchun butun vujudi quloqqa aylandi. Biroq yana o’sha mubxam jimjitlik. Qiz biroz ikkilangancha asta eshikni ichkariga itarib ko’rdi. So’ng qadam bosib xonaga kirdi. Xona huddi u o’ylagandek jim-jit, rasm bo’yoqlari u yoq bu yoqda tartibsiz turibdi. Mo’yqalamlar ham o’qituvchi partasi ustida tartibsiz sochilgan, qopqog’i yopilmagan sariq va qizil bo’yoqlarning ustki qismi ozroq chang bo’lib qotib qolgan. Faqatgina o’quvchilar uchun mo’ljallangan parta va stullargina kuni kecha qanday holatda qolgan bo’lsa, huddi shunday turibdi.
Haeun xonaning ichkarirog’iga kirib, atrofga to’liq nazar soldi. Yo’q. Hech kim yo’q. “ – Balki...Cha xonim hali kelmagandir?”-o’yladi Haeun va o’qituvchini kutishga qaror qilib, o’z joyini egalladi. Oradan o’n daqiqa o’tgach, boshqa o’quvchilar ham, ya’ni rassomchilik to’garagiga a’zo bo’lgan o’quvchilar ham xonaga kira boshladilar. Ular ham o’qituvchi yo’qligini ko’rib, Haeundek ajablanishar ammo indamay o’z joylariga o’tirishardi. Xonada odam ko’paygani sayin boyagi jim-jitlik o’rnini o’quvchilarning shivilashlari va shovqinlari bosdi. Haeun iloji boricha ularga e’tibor bermas, aksincha, u quyosh botayotganini qanday tasvirlash haqida o’ylardi.
“ – Osmonni bo’yash uchun…moviy, ko’k, binafsha va pushti ranglarni ishlataymi? Yoki biroz ijobiy yondashib sariq, olovrang, qizil va pushti ranglardan foydalanaymi? Quyosh botayotganini chizyapman-ku, demak…issiq ranglardan foydalanishim kerak,”-o’z o’ylarida kichkina muammochalarni hal qilayotgan Haeun xonaga umuman boshqa o’qituvchi kirib kelganini ham sezmay qoldi.
- O’quvchilar…diqqat qiling! Kichik e’lonchamiz bor. Tasviriy san’at o’qituvchingiz to’satdan ariza yozib, ishdan ketayotgani haqida xabar berdi. Afsuski, endi sizlarga yangi o’qituvchi topishimiz kerak. Baxtimizga, Cha xonim o’z o’rniga bu lavozimga mos bo’lgan bir shogirdini qoldirib ketibdi. Demak, ertadan sizlar rassomchilik sir-sinoatlarini yangi o’qituvchidan o’rganasiz. Hozir esa sizlarga ruxsat. Hammaga xayrli kun!-o’qituvchi shunchalar tez tushuntirish berib, xonani tark etdiki, xonadagi barcha o’quvchilar bir muddat karaxt bo’lib qolishdi.
Haeunning o’zi ham aslida o’qituvchi nimalar deganini yaxshi tushunmadi. Faqat endi biladigan narsasi shu bo’ldiki, u endi Cha xonimning qo’lida taxsil ololmaydi. Go’yo hamma o’quvchilar Haeundek bu farazni tushunishdi-da, birin-ketin xonani tark eta boshlashdi. Haeun ham tezroq uyga borib, oyisiga arz qilish uchun xonani tark etib, uyga shoshildi.
Haeun uyga borgandan so’ng, bir muddat rassomchilik to’garagida aytilgan e’lonni unutib qo’ydi. U kun bo’yi xonasiga qamalib oldi. Lee xonim buning sababini juda yaxshi bilgani uchun qizini bezovta qilmadi. Haeun esa uyning 2-qavatida joylashgan xonasida, g’arb tomon qaratib qurilgan deraza ostida o’tirgancha, olti kundan buyon chizayotgan asari ustida hali ham ishlamoqda edi.
Mana hozir ham u qo’lida bir necha xil rangli bo’yoqlarni ushlab olgancha, qarshisida turgan portretiga qarab, nimalarnidir o’ylardi. Shunday, harakatsiz, o’y-u hayollar maydonida uzoq o’tlagan Haeun o’ziga kelganda ayni quyosh botish payti edi. Qiz qarshisidagi manzarani k0’rib bir muddat qotib qoldi. So’ng keng jilmaydi-da, manzaraga tikilib turdi. “ – Mana…ayni menga kerak bo’lgan tasvir…demak, men o’zim ta’kidlagandek, issiq ranglardan foydalanishim kerak,”-deb o’yladi Haeun qo’liga mo’yqalam va sariq bo’yoqni olar ekan.
Go’yo bu rassom qizaloq ishini tugatishinin kutgandek, quyosh botishi ham bugun negadir cho’zildi. Nihoyat, Haeun suratni bitirganda, osmonning u yoq bu yoqlarida yulduzlar miltiray boshlagandi. Qiz go’yo uzoq muddat mehnat qilib to’xtagandek, endi stulga suyanib, nafas chiqargan ediki, huddi bir necha kun avvalgidek, ko’cha eshigi taqillgani, yo’lakka chiqqan oyisi baland ovoz bilan uni chaqirgani, biroz o’tmay pastgi qavatdagi yo’lakdan bir necha kishining shovqinini eshitdi. Haeun erinibgina o’rnidan turdi-da, xonasini tark etdi.
Haeun zina bo’ylan birinchi qavatga tushdi-da, yashash xonasiga bordi. U yo’lakda yurganidayoq huddi o’tgan safargidek, yo’lakdan otasining atiri va onasi tayyorlagan taom isini sezdi. Biroq, kirish eshigi tomonda ikkita oyoq kiyim turgandi. “ – Otam biror do’stini boshlab keldimi?”-deb o’yladi Haeun va yashash xonasiga kirishi bilan shubxasi to’g’ri ekaniga amin bo’ldi.