Nomi: (Hozircha yoΚ»q); Janr: Romantika, Drama, Sevgi; Rollarda: Lee Eunji (koreys qiz); Minamoto Takashi (yapon yigit) Taxminiy qismlar soni: 16 ta;

Tunning sovuq shamoli, qizning tanasini silab erkalardi go'yo. O'ynoqi shamol og'ushi tebranayotgan sochlari yuzi aralash chalkashdi. Oyog'i ostida sovuq tuproqni mazaxlagandek, oyoqkiyimlarini ikki barmog'iga ilib olgandi. Qorong'u tundagi, to'lin oy, bo'sh ko'zlar ichida akslandi. Birdan avjlangan shamoldan irkinib avval yuzini to'sgan sochlarini qulog'i ortiga qistirgach, so'ngra qo'llari bilan o'zini quchgan bo'ldi. Bir necha kishi sig'adigan, tanish yog'och o'rindiqga yaqinlashgach, oyoqkiyimlarini yerga tashladi-yu, mo'rtlashgan tanasi egilib, atrofga savolli qaragancha, o'tirdi. Soniyalar daqiqalarni quvib o'tarkan, sukut ichka miyyasida qum zarralaridek ko'p, ammo qor parchalaridek har xil bo'lgan o'ylari ichra, kimni yoki...