March 25, 2025

𝑺𝑨𝑹𝑢𝑩.

𝑺𝑨𝑹𝑢𝑩.

Tunning sovuq shamoli, qizning tanasini silab erkalardi go'yo. O'ynoqi shamol og'ushi tebranayotgan sochlari yuzi aralash chalkashdi. Oyog'i ostida sovuq tuproqni mazaxlagandek, oyoqkiyimlarini ikki barmog'iga ilib olgandi. Qorong'u tundagi, to'lin oy, bo'sh ko'zlar ichida akslandi. Birdan avjlangan shamoldan irkinib avval yuzini to'sgan sochlarini qulog'i ortiga qistirgach, so'ngra qo'llari bilan o'zini quchgan bo'ldi. Bir necha kishi sig'adigan, tanish yog'och o'rindiqga yaqinlashgach, oyoqkiyimlarini yerga tashladi-yu, mo'rtlashgan tanasi egilib, atrofga savolli qaragancha, o'tirdi.
Soniyalar daqiqalarni quvib o'tarkan, sukut ichka miyyasida qum zarralaridek ko'p, ammo qor parchalaridek har xil bo'lgan o'ylari ichra, kimni yoki nimani kutayotganini aniqlashga urindi qiz. Atrofdagi oy yorug'ida aks yorug'likni qaytarayotgan marmar toshlarni ko'zdan kechirarkan, kimningdir xira tasviri hayolini band qilgandi. O'yga tolgan bir vaqtda, sukut aro qorong'u tunning sovuq atmosferasida yangragan ukkining ovozi sabab, qizning to'sattan cho'chib ketdi. O'ng ko'ksiga, oqargan kaftini bosib, chuqur nafas yutdi. O'pkasiga to'lgan havoni chiqarib ulgurmay, ortki tomon yelkasi uzra o'ralgan baquvvat qo'llar sabab to'xtab qoldi. Soniyalar davom etgan shok holatida na nafas oldi va na qimirladi.

– shh, tinchlan.. men.. – qizning qulog'iga engashib, aytilgan izoh qiz tomonidan to'sattan kesildi

– jim! Gapirma! Soniyalarni ham so'zlar uchun isrof qilma! Meni quchog'ingga ol.. tafting mening zaruriyatim.. – qizning lablaridan ajralib chiqgan so'zlarning ohangidagi sog'inch go'yo yigitga turtki bo'ldi
Qizning qarshiga chiqib, paltosinini orl qismini ikki qo'li bilan ajratib o'rnidan turgan qizning yelkalari uzra o'radi. Qizning qo'llari avtomatik tarzda yigitni tanasini siypalab beli atrofida aylandi. Yigitning taftidan quyoshda eriga muzqaymoqdek, erib ingichka lablari yoyilib, qoniqarli tabassum o'ynadi. Sovuq havoda sovugan tanasiga issiqlik tarqab, rohat bag'ishladi. Yigitning paltosi ichidagi qiz ustidan o'ralgan qo'llari har soniyada uni o'ziga ko'proq tortgan bo'ldi. Sochlariga chuqur o'pichlar bosib, boshi ustiga dahanini qo'ydi. Bir-biriga ko'proq yaqinlashgan soniyalar haqqi, ular birlashish chegaralarini sinab ko'rishayotgandi. Huddi, bir tan-u, bir jon bo'lishni istashgandek.

– bu safar uzoqga ketding, seni sog'inching ko'yida aqlnimni yoqotdim hatto, – qizdan mungli sado chiqdi. Past ovoziga yig'i titrog'i uyg'unlashgandi.

– qani edi, hayotning o'z muvozanat va shavqatsiz qoidalari bo'lmaganida, aslo sendan bir soniyaga ham uzoqlashmasdim. Hudo haqqi qilmasdim, – qizning peshonasiga qaynoq bo'sa bosishdan avval nihoyat chuqur ovozi yangrab, qizning tabassumi kengayishiga majbur qildi.

– o'yinning qoidalari bo'lmasa, u yetarlicha qiziqarli bo'lmaganidek.. hayotning ham bir tekisda ketishi zerikarli aslida, – yigitning ko'kragiga qarshi issiq nafasi urilib, fikr bildirdi. So'ngida yigitning kiyimi ustida issiq o'pich qoldirdi.
– Beqarorlik va sinovlarsiz hayot - bu shunchaki mavjudlikdir. Odamzot qiyinchilik va sirlar orqali yashash zavqini his qiladi, – qizning ko'zlariga tikilish uchun quchog'idan ajralmagan holda uzoqlashdi
– biroq.. unda, nega men buni sen bilan his qilmayabman? – yigitning ko'zlaridagi alsiga tikildi
– chunki, hammasi sarob, – yigit qizga biroz tikilib so'zlariga javob olmagach, asta lablarini qizning peshonasiga bosdi. Qaynoq lablar taftini tuygan qiz beixtiyor ko'zlarini yumdi. Yigitning lablari qizning yuz terisini erkalab, ketma-ket bo'salar hadiya qiladi. Lablar harakati ketidan qolgan xo'l bo'salar, qizning baxtga limmo-lim tabassumiga sabab bo'lardi
Keyingi harakatlarda, yigut qizning o'z beliga o'ralgan qo'llarini bo'shatib, lablaruga keltirib avval ustki va keyin ichki kaftini o'pdi. Nigohlari nogahon, bilagidagi siyohrang va ko'kimtir dog'lar bilan qoplangan igna izlarini ilg'adi. Bir soniya qotib qolgandan so'ng, qizning ko'zlariga savolli nigohlari bilan tikildi. Qiz reaksiyasiz qotib turarkan, soniyalardan so'ng tok urgandek yigitdan uzoqlashish uchun bir qadam ortga tashladi. Yigit bo'shab qolgan bag'rining noqulayligi sabab, qizga tomon qadam yaqinlashganda, to'satdan katta erkakning ovozi uzoqdan yangradi.
– hoy qiz! Jinnimisan sen, yolg'iz o'zing yarim tunda mozorda nima qilyapsan! – qiz atrofga alanglab erkakni ko'rganida, miyyasiga kislorod yetib borgandek, ongi o'ziga qaytdi. Nigohlari shiddat bilan qarshisiga qaytganida palto kiygan havotirli nigohlar bilan unga tikilib turgan yigit o'rniga... qora marmar qabr toshi turgandi. Lablari orasidan og'ir nafas chiqdi. O'pkasi birdan siqildi-yu, tizzalari bo'shashib, sovuq yerga quladi
– hammasi sarob, – ohista pichirladi