๐๐ข๐ฌ๐ก ๐ก๐ข๐ค๐จ๐ฒ๐๐ฌ๐ข
Saewon va Beomgyuning nomaqbul uchrashuvidan so'ng, oradan bir necha kun o'tdi. Bu kunlar davomida Beomgyu har kun Saewonni universitet darvozasi oldida kutar, biroq Saewon doim uning ko'z oldida Sunghoon bilan ketib qolar edi. Shubxasiz bundan Beomgyuning g'azabi qo'zg'asa-da sukut saqlar edi.
Bugun ham universitet darvozasidan shoshilgancha chiqqan Saewon, o'rindiqda o'tirgan Beomgyuni ko'rib yuzini burdi-yu, boshqa tomonda, daraxt oldida turgan Sunghoon tomon jilmaygancha yurdi.
Qo'llarini kissasiga solib olgancha Saewon tomon tikilgan Beomgyu sevishganlarni jimgina tomosha qilar ekan, yuragida tirnalish his qilar, biroq hech nima qila olmas edi. Chunki yigit Saewonning g'azabiga uchrashni, u tomondan e'tiborsiz qolishni istamas edi.
Saewonni ko'rgan Sunghoon tabassum qilar ekan, Saewon allaqachon uning oldiga kelib, qo'llariga osilib olgan edi. Sunghoon endigina nimadir demoqchi edi, biroq Saewon unung gapini bo'ldi.
โ Bugun kutubxonaga borishni istayman..-Sunghoon salomlashib ulgurmasidan talab qildi Saewon.
โ Yaxshi..unda kettik-bosh irg'igancha rozi bo'lib, Saewonning qo'lidan ushlagancha yo'l boshladi Sunghoon
โ Dam olish kunida sayohat qilishga nima deysiz?-o'qiyotgan kitobini shartta yopgancha so'radi Saewon.
โ Qayerga?-qoshlarini ko'targancha hayron bo'ldi yigit.
โ Hozir qish ekanligi tufayli tog'ga!-tog'ga borish haqidagi fikrdan to'lqinlangancha javob berdi Saewon.
โ Agar sen shuni istasang roziman-doimgidek qizning talabini rad eta olmagan Sunghoon bosh irg'idi.
โ Qoyil!-chapak chalgancha yosh bolalardek xursand bo'lgan Saewon, kitobni ochib, o'zi yetib kelgan sahifani qidira boshladi.
Qizga qarab, uning qiliqlaridan zavqlangan Sunghoon tabassum qilgancha kitobga e'tibor qaratishga harakat qildi.
Quyosh o'rnini allaqachon oyga bergan, atrof qorong'u va sovuq edi. Sunghoon endigina talabalar yotoqxonasiga qaytgan, 4-qavat yo'lagi bo'ylab yurgancha, Saewon taklif qilgan dam olish kuni rejasi haqida o'ylab, o'z o'yidan zavqlanar edi.
Kerakli xonaga kelgach, eshik tutqichini ushlab, pastga buragancha ichkariga kirgan yigit, xonadoshi Ri-ki allaqachon yotoqxonaga yetib kelganini sezdi.
Eshik ochilgani ovozini eshitishi bilan yotoqda yotgan Ri-ki qo'zg'alib boshini ko'tardi va eshik tomon yuzlandi.
Jimgina bosh irg'ib qo'ygan Sunghoon oyoq kiymini xona shippagiga almashtirgach, yuvinish xonasi tomon yurdi.
Yuvinish xonasiga kirib, jo'mrakni ochgancha, iliq suvda qo'l yuvgan yigit, qo'lini sochiqqa artar ekan, ko'zgudagi o'z aksiga qarab jilmayib qo'ydi.
Yotoqxonaga qaytgan Sunghoon o'z yotog'iga yotib, shiftga qaragancha o'y surar ekan, ahyon-ahyon jilmayib qo'yar edi.
Avval Sunghoonning bunday qiliqlariga guvoh bo'lmagan Ri-ki biroz hayron bo'lar, ich-ichidan savollar oqimi paydo bo'layotganini his qilar edi. Nihoyat jur'at topgan Ri-ki asta tilga kirdi:
โ Nima gap? Nimadan buncha xursandsan-ki, og'zing qulog'ingda?
โ A?..nima?-hayollaridan chalg'igan Sunghoon esankirab qoldi.
โ Nima bo'ldi deyman? Nega buncha tirjayyapsan?-so'zlarini o'zgartirgancha qayta so'radi Ri-ki.
โ A..bumi? Shunchaki...-sirli ohangda gapni yakunlashga harakat qilgancha javob qaytardi Sunghoon.
โ Bo'lishi mumkin emas, avval doim jiddiy eding-ku,-e'tiroz bildirdi Ri-ki Sunghoondan aniq javob olish uchun.
โ Hech qanday jiddiy narsa emas-degancha Ri-kiga orqa o'girgan Sunghoon ko'zlarini yumibb oldi.
Yigutning bu qiliqlaridan yanada hayron qolgan Ri-ki bir necha daqiqalik sukunatdan so'ng asta so'zladi:
โ Aytishni istaganingda aytarsan...
Yana bir kun ham o'tdi-yu ketdi. Bugun Saewon bilan San'at muzeyiga tashrif buyurgan Sunghoon, ushbu kichik sayrdan Saewon qanchalar mamnun bo'lganini tasvirlab bera olmas, Saewonni doim shunday tabassum qilgan holda ko'rishni istar edi.
โ Yana bir kun o'tsa dam olish kuni-baland binodan iborat bo'lgan talabalar yotoqxonasiga kirar ekan, o'ziga ta'kidladi Sunghoon.
Doimgidek talabalar yotoqxonaga erta qaytgan, ba'zilar allaqachon uxlagan, ba'zilar esa xonasida turli ishlar bilan mashg'ul edi.
Chiroqlar bilan yoritilgan, jim-jit yo'lakdan yurib borayotgan Sunghoon liftga chiqib "F" tugmachasini bosdi-yu, lift harakatga kelishini kutdi.
Bir necha daqiqadan so'ng, 4-qavatga yetib kelganlikni anglatgancha lift eshiklari ochildi. Liftdan chiqqan Sunghoon, chapga burilib, yo'lak bo'ylab o'z xonasi tomon yurdi.
Eshikni ochib, xonaga kirar ekan, Ri-ki hali kelmaganini sezdi. Chuqur uh tortgan Sunghoon ust-boshini ham yechmay, yotoqqa cho'zildi.
Oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas, xona eshigi yana bir bor ochildi-yu, qo'llarini bir-biriga ishqalagancha isitishga urinayotgan Ri-ki kirib keldi.
Sunghoon u tomon qaramadi ham, shunchaki ko'zlarini yumgancha yotaverdi. Nima bo'layotganini, Sunghoonning qiliqlariga tushunmagan Ri-ki qoshlarini chimirdi-da, gap boshladi:
โ Bugun sizni qidirib kelishdi.
Ri-kining bunday gapidan so'ng ko'zlarini ochgan Sunghoon, yotoqqa o'tirib, joyiga o'rnashib oldida savol nazari bilan Ri-kiga qaradi.
โ Kim ekanligini bilmayman, bir ayol,-Sunghoonning qiyofasidan savolni uqib olgan Ri-ki javon qaytardi.
โ Ko'rinishi qanday edi? Ismini aytmadimi?-hayron bo'lgancha kim bo'lishi mumkin ekanligini taxmin qilishga harakat qildi Sunghoon.
โ Bir ayol-da, ismi...Miyamidiyey,-o'yga tolgancha javob berdi Ri-ki.
โ Miya?-ko'zlari kattalashgancha so'radi Sunghoon.
Doimgidek talabalar yotoqxonaga erta qaytgan, ba'zilar allaqachon uxlagan, ba'zilar esa xonasida turli ishlar bilan mashg'ul edi.
Chiroqlar bilan yoritilgan, jim-jit yo'lakdan yurib borayotgan Sunghoon liftga chiqib "F" tugmachasini bosdi-yu, lift harakatga kelishini kutdi.
Bir necha daqiqadan so'ng, 4-qavatga yetib kelganlikni anglatgancha lift eshiklari ochildi. Liftdan chiqqan Sunghoon, chapga burilib, yo'lak bo'ylab o'z xonasi tomon yurdi.
Eshikni ochib, xonaga kirar ekan, Ri-ki hali kelmaganini sezdi. Chuqur uh tortgan Sunghoon ust-boshini ham yechmay, yotoqqa cho'zildi.
Oradan 5 daqiqa o'tar-o'tmas, xona eshigi yana bir bor ochildi-yu, qo'llarini bir-biriga ishqalagancha isitishga urinayotgan Ri-ki kirib keldi.
Sunghoon u tomon qaramadi ham, shunchaki ko'zlarini yumgancha yotaverdi. Nima bo'layotganini, Sunghoonning qiliqlariga tushunmagan Ri-ki qoshlarini chimirdi-da, gap boshladi:
โ Bugun sizni qidirib kelishdi.
Ri-kining bunday gapidan so'ng ko'zlarini ochgan Sunghoon, yotoqqa o'tirib, joyiga o'rnashib oldida savol nazari bilan Ri-kiga qaradi.
โ Kim ekanligini bilmayman, bir ayol,-Sunghoonning qiyofasidan savolni uqib olgan Ri-ki javon qaytardi.
โ Ko'rinishi qanday edi? Ismini aytmadimi?-hayron bo'lgancha kim bo'lishi mumkin ekanligini taxmin qilishga harakat qildi Sunghoon.
โ Bir ayol-da, ismi...Miyamidiyey,-o'yga tolgancha javob berdi Ri-ki.
โ Miya?-ko'zlari kattalashgancha so'radi Sunghoon.
Ri-ki bilan suhbatdan so'ng, Sunghoonning uyqusi qochgan, hayollari chigallashib ketgan, Miya haqidagi o'y unga tinchlik bermas edi.
โโ Nahotki, Saewon bilan vaqt o'tqazib Miya haqida unutgan bo'lsam? Ammo qanday qilib? Endi nima qilaman? Saewonni qanday qilib aldashda davom etaman? Agar u avval uylanganim haqida eshitsa, nima bo'ladi? Saewon mendan butunlay yuz o'girsa-chi?โ
Bunday o'ylardan so'ng, Sunghoonni qo'rquv bosar, u Saewonni yo'qotishdan qo'rqar ammo shu bilan birga uni aldashni ham istamas edi.
Dam olish kuni saharda uyg'onib olgan Saewon ko'rpa ostiga kirib olib, hadeb jilmayar, bugungi kunda bo'ladigan xodisalarni tasavvur qilgancha sevinib ketar edi.
Soat 7 lar atrofida Saewon kiyinib, tayyor bo'lgach, sekingina uydan chiqib ketmoqchi bo'lgan edi-ki, qayerdandir onasi paydo bo'lib, qizni to'xtatdi.
Onasining ovozini eshitib, ko'zlari kattalashgancha joyida qotgan Saewon, endi nima bahona qilishni o'ylagancha turar ekan onasi yana so'radi:
โ Sendan so'radim, javob ber!
Asta ortiga o'girilgan Saewon jilmaygancha javob berdi:
Baxonasi ishonarli chiqishiga ich-ichidan yolvorgan qiz, onasining javobini kutar ekan, Soojin bosh irg'igancha javob berdi.
โ Unda yaxshi, uyga ertaroq qayt.
Onasining ijobiy javobidan ko'zlari kattalashgan Saewon โTushundim, xayr!โ-degancha ko'chaga otilib chiqdi-yu, yugurgancha darvoza tomin ketdi.
Uydan chiqqan qiz xursandlikdan sakragancha โQoyilโ-der ekan, bir necha qadam narida turgan yigitni ko'rib, uyalganidan biroz qizardi.
โ Qachon keldingiz?-Sunghoon tomon asta yurgan qiz so'radi.
โ Bir necha daqiqa avval, o'zing-chi? Nega buncha xursandsan?
โ Avval bu yerdan uzoqroqqa ketaylik-onasi ko'rib qolishidan qo'rqqan qiz Sunghoonni qo'lidan tortib, ko'chaning boshi tomon yurdi.
Allaqachon avtobus bekatiga kelib, avtobus kutayotgan juftlik bekat o'rindig'ida o'tirar ekan, Sunghoon asta gap boshladi:
โ Savolimga javob bermading.
โ Ha-ya...-bosh irg'igancha esladi Saewon-Men oyimga bu uchrashuv haqida aytmagan edim. Uydan chiqib ketayotganimda, qayerga ketayotganim haqida so'radi. Hayolimga faqat buvimniki kelgani uchun, shuni bahona qildim. Baxtimga oyim ishondi. Shunga xursand bo'ldim.
โ Tushunarli..ammo nega oyingga aytmading, uchrashuvimiz haqida?-qiziqqancha so'radi Sunghoon.
โ Aytmadim?-ko'zlari kattalashgancha onasining tasvirini tasavvur qilgan Saewonni qo'rquv bosdi-Agar aytsam, uyga qamab qo'yadi.
โ Nega?-qoshlarini ko'targancha hayron bo'ldi yigit.
โ Oyim yigitlarga ishonmaydi. โErkak zoti bir go'r, bir kun kelib baribir seni tashlab ketadiโโdeydi-tushuntirdi Saewon.
Sunghoon Saewonni bu gapini eshitgach, e'tiroz bildirishni, โHamma yigitlar ham bir xil emas-ku!โ-deyishni istasa-da, Miya haqida eslagach, bosh irg'ib โTushunarliโ-deyish bilan kifoyalandi.
Oradan ikki soatcha vaqt o'tgan, Saewon va Sunghoon avtobus yordamida Naejangsan tog'iga olib boruvchi poyezd stansiyasi kelgan, oสปsha mashxur togสปga olib boruvchi poyezdga chiqishgan edi.
Boshqa chiptalarga nisbatan qimmatroq bo'lsa-da, chiota olishga ulgurgan juftlik, poyezdga chiqqach, o'z kupelarini topgach ichkariga kirib joy egalladilar.
Deraza tomonga Sunghoon, uning yoniga Saewon o'tirgan bo'lib, qiz bir nimalarni hirgoya qilgancha ketar, Sunghoonni esa yana o'sha Miya haqidagi o'ylar qiynar, har qancha xohlasa-da Saewonning xursandchiligiga sherik bo'la olmasligini his qilar edi.
Sunghoondagi o'zgarishni sezgan Saewon biroz hayron bo'ldi-yu, gap boshladi:
โ Sizga nima bo'ldi? Nega xursand emassiz? Yoki men sizni biror xafa qiladigan ish qilib qo'ydimmi?
โ Nima? Yo'q! Yo'q, albatta,-qizning so'zlarini eshitgan Sunghoon tezda bosh chayqagancha javob berdi.
โ Unda nega kayfiyatingiz yo'q?-qoshlarini chimirgancha so'radi Saewon.
โ Unday emas, hammasi joyida-rad etishga uringancha, majburan jilmaydi Sunghoon.
โ Kayfiyatingizni ko'taraymi?-so'radi Saewon va yigitning javobini ham kutmay, Sunghoonga yaqinlashib, birdan uning yuzidan o'pib qo'ydi.
Doimgidek, uyalib ketgan Sunghoonning yuzlari qizarar ekan, yigit jilmayib, o'z ishidan mamnun bo'lgan Saewonga qaray olmay, nigohini olib qochar edi.
Kunning yarmiga kelganda, nihoyat poyezd Naejangsan tog'iga yetib keldi. Bolalardek quvonib, ichiga sig'magan Saewon Sunghoonning qo'lidan tortgancha, kupeni tark etib, poyezd eshiklari tomon yurdi. Yo'lovchilar orasidan shoshilgancha o'tgan Saewon, poyezddan tushgach, atrofga qarab, manzaradan baxra olgancha jilmaydi. Sunghoon ham atrofga qarar ekan, manzarani ko'rib, jilmaymaslikning iloji yo'q ekanligini tushundi.
Bir-biridan baland tog'lar atrofni o'rab olgan, qor yog'gani uchun ular oppoq bo'lib, yanada chiroyli ko'rinar edi. Atrofda sanoqli uylargina bor edi xolos. Uzoqdan ko'rinib turgan 2 qavatli bino ko'rinishidan oshxonaga o'xshar edi. Ko'plab odamlar poyezddan tushgach, to'g'ridagi eng baland tog' tomon yurishayotganini ko'rgan Sunghoon biroz hayron bo'lib, o'sha tomon yaxshiroq nazar tashlagach, yana bir quvonarli hodisaning guvohi bo'ldi. U tomonda, odamlar tog'ning yuqori qismiga chiqib olgancha, chang'i va chanalarda quvonchla baqirgancha pastga sirg'alib tushishayotgan edi.
Bunday ajoyib manzarani ko'rib, Sunghoonning o'zi ham hoziroq Saewon bilan o'sha tog'ga borib, quvnagancha chana uchishni istar edi. Yigit Saewon tomon qarab endi gapirmoqchi edi-ki, Saewon uning gapini bo'ldi:
โ Avval ovqatlanib olishga nima deysiz?
โAftidan ertalab nonushta qilmagan shekilliโ-deya taxmin qilgan Sunghoon asta bosh irg'idi. Yigitning roziligidan mamnun bo'lgan Saewon jilmaygancha uni uzoqdagi 2 qavatli bino tomon boshladi.
Sunghoon noto'g'ri taxmin qilmagan ekan, o'sha 2 qavatli bino Koreys milliy oshxonasi ekan. Xo'randalar kam bo'lsa-da, oshxona issiqqina, orombaxsh edi. Saewon bilan ovqatlanib olgach, bu shinam oshxonani tark etishga majbur bo'lgan Sunghoon, tashqariga chuqqach afsus qilmadi. Yigit yana o'sha eng baland tog' tomon qarar ekan, ko'ngli ko'tarilganini sezar edi.
Biroq, Sunghoonning yuragini bir cheti hali ham azoblanar edi. Sababi, u avval uylangani va rafiqasi bilan to'liq ajrashmagani, shuncha vaqtdan buyon buni sir saqlab, Saewonni aldab kelayotgani yigitni oสปzidan-o'zi nafratlanishga majburlar, ammo bu sirdan Saewon xabar topsa, keyin nima bo'lishini hatto tasavvur qilishdan ham qoสปrqar edi.
Sunghoonning ichki kechinmalari va yashirayotgan siri boสปlishi mumkinligini tasavvur ham qilmagan Saewon esa, Sunghoon bilan baxtli xotiralarni yaratishni rejalashtirayotgan edi. Shunday qilib, qiz Sunghoonning qoสปlidan tutdi va togสป tomon yoสปl boshladi.