𝐙𝐔𝐋𝐌𝐀𝐓 𝐎𝐆’𝐔𝐒𝐇𝐈𝐃𝐀
Saroyning qalin devorlari ichida qorong‘ulik hukmron edi. Yorug‘lik hali to‘liq tushmagan, ammo tong nurlari deraza panjaralaridan sekin sirg‘alib kirar, keng xona ichida jimirlab turgan shamning zaif nurlariga aralashib ketardi. Xonada bir necha lahzadirki, faqat qog‘oz shitirlashi va shabada esganida pardalarning engil shitirlayotgani eshitilardi.
Junseok stol ustidagi qog‘oz varaqlarini ochdi, biroq biror so‘zni ham anglay olmadi. Uning xayoli allaqachon boshqa joyda edi. Dain.
Uning yuragi tars-tars urar, g‘azab va iztirob girdobida azoblanardi. Bu tuyg‘ular unga begona edi. Dain o‘zini qanday tutganini eslagani sayin ichidagi g‘azab kuchayardi.
Shahzoda yuragini bosib tura olmadi. U sekin o‘rnidan turdi va oynavand derazaga yaqin keldi. Qo‘llarini orqasiga qovushtirib, hovliga tikildi. Bog‘dagi xizmatkorlar ertalabki yumushlarini bajarayotgan edi, biroq ularning hech biri shahzodaning ichida bo‘layotgan bo‘ronni sezmasdi.
“Men undan itoat kutdim. Lekin u... qochmoqda.”
U mushtini mahkam tugdi. Kecha kechqurun Dainning nigohlaridagi sovuqlikni esladi. Qiz undan qo‘rqayotgan edi. Junseok o‘ziga iqror bo‘lishni istamasa ham, bu haqiqat uni battar g‘azablantirdi. Dain uning mulki edi. Uning iznisiz na xato qilishi, na undan yuz o‘girishi mumkin emasdi.
Shahzoda jahl bilan burilib, orqaga yurdi. Bir lahza bo‘lsa-da o‘z hislarini nazorat ostiga olmoqchi bo‘ldi, ammo bu behuda edi. Qirol bu haqda gapirishidan oldin, u o‘zi bir qarorga kelishi kerak edi.
Xizmatchi shoshilinch qadamlar bilan ichkariga kirdi va yelkasini pastga tushirib, ta’zim qildi.
– Shahzodam, sizni hazrati oliylari kutmoqdalar.
Shahzoda jim turdi. U otasining chaqiruvining sababini bilardi.
Taxt zaliga kirganda, Junseok birinchi bo‘lib otasining qahrli nigohlariga duch keldi. Qirol keng taxtda mag‘rur o‘tirar, qo‘llarini kaftlarini bir-biriga mahkam qisib, unga sinchkovlik bilan tikilib turardi. Xonada og‘ir, bosim yuklangan havo sezilardi.
Junseok ta’zim qilib, asta oldinga yurdi.
– O‘tir,-qirolning ovozi qat’iy va sovuq yangradi.
Shahzoda itoat bilan tiz cho‘kdi, ammo qalbida allaqachon bosim kuchayib borardi.
Qirol uzoq jim qoldi. Bu jimlik haddan tashqari tahdidli edi. Nihoyat, u og‘ir ohangda so‘z boshladi:
– Sen bilan allaqachon gaplashgan edim, Junseok.
Shahzoda otasining ovozidagi sovuq qat’iyatni eshitib, qattiq siqildi.
– Qul qizga uylanmasliging kerak edi.
Qirolning ovozi xonada jarangladi. Junseok jag‘ini mahkam qisib, ichidagi g‘azabni jilovladi. Bu gaplarni to‘y marosimidan avval ham eshitgan edi. Ammo otasi hali ham shu mavzuga qaytayotgani shahzodaning sabrini sinab ko‘rardi.
– O‘zing guvoh bo‘lding,-qirol davom etdi,-U qirollik odatlaridan bexabar. U seni sharmanda qildi! Nikoh marosimi — shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu bizning oilamiz shon-shuhratining timsoli. Valiahd shahzoda to‘y marosimida bunday masxara qilinishi mumkin emas. Xotining haddidan oshdi.
– Bunday xato kechirib bo‘lmaydi. Endi esa, butun saroy uning ustidan pichirlamoqda. Valiahd shahzoda o‘z xotinini ham tarbiya qila olmaydi, deyishmoqda!
Shahzoda boshini ko‘tardi, ko‘zlarida g‘azab chaqnadi.
– Men bunday gaplarga ahamiyat bermayman.
– Sen ahamiyat bermasang, men ahamiyat beraman!,-qirol qattiq ovozda gapirib yubordi,-Xotiningni xatolari sening zaifligingni anglatadi! Qirol bo‘lishni xohlaysanmi? U holda, muammolarga qanday yechim topishni o‘rgan!
Qirol taxtdan sekin o‘rnidan turdi va unga yaqinlashdi.
– Uni jazola, Junseok. Uni o‘z o‘rniga qo‘y!
Junseokning yuragi tars-tars urdi. Bu gaplar qulog‘ida jarangladi. Junseokning mushti siqildi. Otasi haq edi. Dain jazosiz qolmasligi kerak. Lekin qanday jazo berish kerak?
Otasining qattiq nigohi ostida shahzoda asta o‘rnidan turdi. Hech narsa demadi, lekin ichidagi g‘azab har qachongidan ham ortib borayotgan edi.
Dain buni hali bilmasdi. Unga buni anglatadigan vaqt keldi.
Saroyning ichkarisida hamon tun hukmron edi. Oy nuri saroy devorlariga aks tushirar, ichkaridagi sukunat esa, go‘yoki, bu devorlar ichida birortasi mavjud emasdek his qildirardi. Ammo Dain uchun bu sukunat hech qachon bunchalar og‘ir bo‘lmagan.
Uning yonida Junseok yotgan edi, lekin bu — xuddi sovuq tosh yotgandek edi. Bu tun ikkalasi yana bir xonada bo‘lsa ham, yuraklari o‘rtasida muzdek devor qad rostlagan edi.
Dain so‘nggi kunlarda bo‘layotgan voqealarni ichida qayta-qayta aylantirib chiqardi. Junseokning nigohi — endi unda na mehr bor, na oldingidek sokin iltifot. Endi uning nigohlari begona va keskin edi.
“Bu haqiqatmi? Yo tush ko‘rayotgan bo‘lsam-chi?”
Dain nafasini ichiga yutib, asta yonboshga burildi. Junseok jim yotardi, ammo uxlamayotgani aniq edi. Uning qattiq siqilgan jag‘ chizig‘idan, ohangida titragan keskinlikdan Dain tushundi: u g‘azablangan edi. Hali ham.
Dain og‘ir nafas oldi. Oralarida osilib turgan jimlik o‘zi bilan ortib borayotgan tushunarsiz og‘riq olib kelayotgan edi.
Ammo u hozir gapira olmasdi. Gapirsa ham, baribir Junseok eshitmasdi.
Dain erta tongda uyg‘onib ketdi. Yotgan joyi bo‘sh edi.
Dain bir necha lahza joyidan qimirlmay yotdi. Ko‘zlarini shiftga tikkancha, yuragida g‘alati bo‘shliq sezdi. Go‘yo bu bo‘shliq faqat Junseokning sovuq nigohi bilan to‘lib borayotgandek edi.
U shoshmay o‘rnidan turdi. Qandaydir og‘irlik bor edi uning har bir harakatida. Qandaydir bosim, qandaydir tushunarsiz vahima.
U xizmatkorlar yordami bilan kiyinib bo‘lgach, saroy hovlisiga chiqdi. Bahorning salqin havosi yuziga urildi. U bir lahzaga to‘xtadi va atrofga ko‘z yugurtirdi. Ammo Junseokni topolmadi.
U kechki jazodan keyin Dain bilan biror so‘z ham almashmagan edi. Endichi? Endi ham jim yuradimi?
Dain yuragini mahkam ushlab, oldinga yurdi. Ammo…
U faqat ketayotgan edi. Lekin qayerga?
U faqat nafas olayotgandi. Ammo bu nafas olishning ma’nosi bormidi?
Dain hatto Junseoksiz tushlikka ham chiqa olmadi.
U xonasida o‘tirgan edi. Qo‘llari tizzalarida, ko‘zlari oldida esa — avvalgidek quvonch va hayajon yo‘q edi.
Sarim astagina uning yoniga yaqinlashdi. U ham nimadir demoqchi edi, lekin ikkilandi.
Sarim yengil ta’zim qilib, past ohangda pichirladi:
– Saroy ahli… shahzodaning sizga nisbatan sovuqligini muhokama qilyapti.
Dain ko‘zlarini yumdi. Shuni kutgandi.
– Buni bilaman,-dedi u ohangdor va xotirjam tovushda. Lekin ichida nega bunday tinch gapirayotganiga ham hayron edi.
U hech narsani sezmayotgandek edi. Yo aksincha, hamma narsani haddan tashqari his qilayotgandek.
– Shahzoda bu kunlarda qirol bilan ko‘p suhbatlashmoqda. U… sizga jazo qo‘llash haqida o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin.
Dainning yuragi bir zum urmay qolgandek bo‘ldi.
Junseok uni bu ikki kun davomida sukut bilan jazolayotgan ekan.
Va ehtimol, bu hali boshlanishi edi.
Dain uzoq kuta-kuta toqati toq bo‘lib, nihoyat Junseokni izlash uchun yo‘lga chiqdi. Uni nihoyat o‘z xonasida topdi.
Ammo u bilan uchrashish… Dain kutgandek bo‘lmadi.
Junseok xonada yengil qadam bosib yurgancha nimanidir o‘ylardi. Uning nigohlarida allaqachon odatdagi sovuqlik qotib qolgandi.
Dain unga yaqinroq yurdi. Yuragi shuv etib tushdi. Bu yerdagi havo og‘ir edi.
Junseok boshini ko‘tardi. Ammo hech qanday hayrat yo‘q edi uning nigohlarida.
Bu so‘z Dainning yuragini tilka-pora qildi. “Nima istaysan?”
Dain qattiq yutindi. Bir zum o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
U o‘zini to‘plab, ohangdor, ammo titragan ovozda gap boshladi:
Junseok sekin yurib uning oldiga keldi. Yuzidagi ifoda esa…mutlaqo o‘zgargan edi.
– Sen o‘zingni begunoh deb hisoblaysanmi?
– Yo‘q…lekin…men ataylab qilmagan edim…
– Sening har bir harakating endi butun qirollik oldida muhim, Dain. Xatoying ham, so‘zing ham. Sening xatoying — mening xatoyim.
Dain orqaga bir qadam tashladi.
– Men…men qanday qilib buni to‘g‘rilay olaman?
Junseok uning oldiga yana bir qadam qo‘ydi.
– Sen meni hurmat qilishni o‘rganasan. Menga boʻysunishni ham.
– Sen hali qirollik o‘yinlarini tushunmading. Ammo endi, Dain…o‘rganishga majbursan.
Dain shovqin eshitayotgandek his qildi. Ammo bu shovqin atrofda emasdi.
Endi u faqat Junseokning nigohiga boqib qoldi.
Va bu nigoh…endi umuman begona edi.
Tashqarida kecha jimjit edi. Saroy bog‘idan esayotgan mayin shabada ochiq deraza pardalarini ohista hilpiratib, xona ichiga salqin havoni olib kirardi. Sham yorug‘ida xonaning devorlari uzoq-uzoq soyalar tashlab, go‘yo Dainning notinch qalbini aks ettirganday tuyulardi.
U allaqachon bu yerdan uzoqlashishni xohlay boshlagandi. Oxirgi bir necha kun ichida Junseokning nigohi, so‘zlari va sovuqligi Dainning yuragida og‘ir iz qoldirgandi. U Junseokni tushunmasdi. Shahzoda har doim uni himoya qilgan, hatto o‘z oilasiga qarshi chiqqan edi. Ammo to‘ydan keyin… u o‘zgargan edi.
Dain karavot chetida tiz cho‘kkancha, bo‘shliqdan nigoh uzmay o‘yga toldi. Yuragi noaniq siqilib, ichidan qandaydir bosim o‘tib borardi.
Shu payt eshik ortidan sokin qadam tovushi eshitildi. Dain tizzalarini qattiqroq quchoqladi.
Sarim eshikni asta ochib, ichkariga kirdi. U Dainning xira chiroq ostida o‘tirganini ko‘rib, yuragida og‘ir his paydo bo‘ldi. Dainning yuzi rangpar, nigohlari esa mungli edi. U ancha zaiflashib qolgan edi.
Sarim uning yoniga ohista o‘tirdi.
– Sizga biror narsa olib kelaymi? Choy? Issiq sut?
– Yo‘q. Hech narsa istamayman.
Sarim bir muddat unga tikilib turdi. U xonimining yuragidagi alamni his qilardi. Shuning uchun ham shoshilmay, asta so‘zladi:
– Shahzoda sizga qattiq gapirdi, shundaymi?
Dain asta bosh irg‘adi. U Junseokning so‘zlarini eslashga ham yuragi dov bermayotgan edi.
– U… meni o‘ziga tegishli deb aytdi, Sarim. U hech qachon bunday gapirmagan edi. U har doim menga erkinlik bergan, hech qachon meni o‘ziga qaram deb hisoblamagan edi. Lekin endi…men uning shunchaki mulkiga aylandimmi?
Dainning ovozi titradi. Sarim esa undan nigoh uzmay, asta qo‘lini ushladi.
– Xonim, shuni unutmangki, shahzoda sizni yaxshi ko‘radi. Balki u ham o‘z hislarini tushunmayapti? Balki u ham qiynalayotgandir?
Dain unga shubha bilan qaradi.
– Agar u meni yaxshi ko‘rganida…nega bunchalik o‘zgardi? Nega endi menga sovuq muomala qilayapti? Nega men undan qo‘rqayapman?
Uning ovozi nihoyat sinib, ko‘zlaridan yosh dumalab tushdi. Sarim yuragida achinish his qildi, ammo Dainni tasalli berish uchun biroz jilmaydi.
– Men sizni tushunaman, xonim. Bu juda og‘ir. Lekin, menimcha, sizga biroz osoyishtalik kerak. Siz o‘zingizga kelishingiz, fikrlaringizni tartibga solishingiz lozim.
Dain sarosima bilan unga qaradi.
Sarim chuqur nafas oldi. Endi u bu fikrni aytishga tayyor edi.
– Qirollik oilasining maxsus dam olish saroyiga borish uchun ruxsat so‘rang. O‘sha yerda hamma narsa tinch. Hech kim sizni bezovta qilmaydi, hech kim bosim o‘tkazmaydi. Siz bir oz bo‘lsa ham bu joydan uzoqlashib, yuragingizni eshitishingiz mumkin.
Dain uzoq o‘ylanib qoldi. Bu haqda o‘ylab ham ko‘rmagan edi.
Saroydan uzoqlashish… Junseokdan uzoqlashish… Bu uni bir oz bo‘lsa ham tinchlantirishi mumkinmi?
– Ammo shahzoda ruxsat bermasa-chi?-shivirladi Dain.
– Siz so‘rab ko‘rmasangiz, bunk hech qachon bilolmaysiz, xonim. Balki, u ham sizni bir oz tinch qo‘yishni xohlayotgandir?
Dain uzoq nafas oldi. Yuragida bir zumga bo‘shliq sezdi. Haqiqatdan ham, bu joyda qolish unga og‘irlik qilayotgandi.
U sekin boshini ko‘tardi, ko‘zlarida qat’iyat zohir bo‘ldi.
Ammo u bilmasdi… Bu sayohat unga nafaqat tinchlik, balki katta xavf ham olib kelishini...
Kun oxirlagan, saroydagi harakat ham sekinlashgan edi. Qorong‘u osmonni kumushday yaltiragan oy bo‘yab turardi. Yengil shabada deraza pardalarini asta hilpiratib, xona ichiga salqin havoni olib kirardi. Bu shabada Dainning titrayotgan qo‘llarini, yuragining notinch urishini tinchita olmasdi.
U xonaga kirar ekan, boshi egik, qo‘llari esa oldida chalishtirilgan edi. U Junseokning oldida bo‘yinsungan holatda turar, go‘yo u endi nafaqat uning rafiqasi, balki itoatkor xizmatkoriga aylangandek.
Junseok unga qarab turardi. Uning yuzi sovuq, nigohlari esa jarlik kabi chuqur edi. U so‘nggi kunlarda Dain bilan ko‘p gaplashmasdi. Agar gapirsa ham, uning ovozidan allaqanday ayblov, nazorat, g‘azab ufurib turardi.
Dain nihoyat chuqur nafas olib, so‘z boshladi:
– Shahzodam...men sizdan kichik bir iltimos qilishni istayman.
Junseok qoshlari biroz chimirildi. Uning nigohi Dainning bo‘ynidagi nozik tomirlarga tushdi — qiz hayajondan zo‘rg‘a nafas olayotgandek edi.
Dain boshini egdi. Yuragi qinidan chiqib ketgudek tez urayotgan bo‘lsa ham, ohangini past, muloyim va ehtiyotkor tutishga harakat qildi.
– Men qirollik oilasining maxsus dam olish saroyiga tashrif buyurish uchun ruxsat so‘ramoqchiman...
Xonaga og‘ir sukunat cho‘kdi. Junseokning yuzi o‘zgarishsiz qoldi, faqat nigohlari yana ham sovuqlashdi.
– Ketmoqchimisan?-uning ovozi shunchalik past va vahimali ediki, Dain beixtiyor orqaga bir qadam tashladi.
– Yo‘q, yo‘q!-Dain darrov bosh chayqadi,-Men shunchaki...bu yerda o‘zimni yaxshi his qilmayapman. Havo almashtirishim kerak.
Junseok asta o‘rnidan turdi. Uning harakati tahlikasiz, osoyishta edi, ammo bu osoyishtalik ortida nimadir xavfli narsa yashiringandek tuyulardi. U Dain tomon yurdi, qiz esa o‘rnida qotib qoldi.
– Sen mendan qochmoqchisan, shundaymi?
– Yo‘q, men bunday demoqchi emasdim...
Junseok uning oldida to‘xtab, yuziga tikildi. Uning nigohida g‘azab bor edi, ammo bu g‘azab qo‘rquv bilan qorishgandi.
– Sen buni tushunmayapsan,-dedi u ohangini pasaytirib, ammo so‘zlarining keskinligi pasaymagan holda,-Senga dam olishing kerak emas, Dain. Sen menga o‘rganishing kerak. Sen shuni tushunish kerakki, endi sen menga tegishlisan.
Dainning yuragi muzlab qolgandek tuyuldi. “Tegishli”...u bu so‘zni to‘y kechasida ham eshitgandi. O‘sha paytda bu shunchaki Junseokning jahl ustidagi so‘zlari bo‘lib tuyulgandi, lekin endi...endi bu chinakamiga tahdidga o‘xshardi.
Junseok asta uning iyagini ko‘tarib, yuzini o‘ziga qaratdi.
– Sen mendan uzoqlashishing mumkin deb o‘ylayapsanmi? Mendan yashirinishing mumkin deb o‘ylayapsanmi?
Dain lablarini qattiq tishladi. Ko‘zlariga yosh kelib, ularni arang tiyib turardi.
– Men...faqat bir necha kun...
Junseok bir necha soniya unga tikilib turgach, birdan jilmayib qo‘ydi. Bu tabassum muloyim emasdi — bu shafqatsiz, befarq va hukmronlikning tabassumi edi.
– Mayli,-dedi u kutilmaganda,-Bor.
– Ha,-dedi Junseok xotirjam,-Lekin shuni unutma, Dain. Qayerga borsang ham, kim bilan bo‘lsang ham...oxir-oqibat sen baribir mening yonimga qaytasan. Chunki sening oʻrning mening yonimda.
Dain unga javob berolmasdi. Uning ovozi titrayotgan, vujudi esa butunlay zaiflashgandi. U Junseokdan orqaga bir qadam tashlab, tiz cho‘kdi va sekinlik bilan ta’zim qildi.
Ammo u Junseokning nigohidan hamon o‘zini qutqara olmasdi. O‘sha sovuq va egalik da’vo qiluvchi nigoh hali ham yuragini siqib, butun vujudini qo‘rquvga to‘ldirardi.
Dain bilmasdi...bu erkinlik emas edi. Bu shunchaki Junseokning nazorat qilish yo‘li edi.
Dain aravaning ichida sokin o‘tirib, jimlikni tinglardi. Lekin bu jimlik tinchlik emasdi. Bu sarosima, bu yuragidagi og‘irlik edi.
U saroy darvozalari ortida qolayotgan Junseokning nigohlarini esladi. Shahzoda unga ruxsat bergan edi, lekin bu ruxsatning ichida qandaydir sovuq tahdid yashiringanday edi. “Unutma, sen qayerga borsang ham, kim bilan boʻlsang ham...oxir-oqibat mening yonimga qaytasan!”
Junseokning bu so‘zlari yuragini zirqiratdi. Uning ovozi – har doim muloyim va sokin bo‘lgan ovoz – endi g‘azab, hukmronlik va og‘ir bir hukm bilan yo‘g‘rilgandi.
Dain derazadan tashqariga qararkan, yo‘l bo‘ylab yengil silkinayotgan daraxt shoxlarini kuzatdi. Ammo u o‘zini erkin his qilmadi. Ichida nimadir uni siqardi, nimadir shundoqqina yuragini mahkam qisib turganday edi.
“Sening oʻrning mening yonimda!”
Bu so‘zlar qulog‘idan ketmasdi.
Yo‘l yarmiga yetganda, atrof tobora g‘ira-shira tus ola boshladi. O‘rmon yaqinlashib kelardi. Havo salqin, ammo og‘ir edi. Dain shubhalanib, arava pardasidan tashqariga qaradi. Soqchilar hamon hushyor edilar, lekin bir narsa g‘alati edi. O‘rmon ichkarisidan qandaydir yengil shitirlashlar eshitilardi.
“Bu faqat shamol bo‘lsa kerak.”
Tunda shitirlash ortidan birdan yovvoyi qichqiriqlar osmonga o‘rmaladi!
Dainning yuragi shiddat bilan urib ketdi. Arava birdan to‘xtadi. Soqchilar bir lahzada qilichlarini sug‘urib, himoya holatiga o‘tdilar. Biroq kech edi. O‘rmon ichidan o‘nlab qora qiyofadagi odamlar yugurib chiqdi.
Dainning nafasi bo‘g‘ilib qoldi. Qulog‘ida shovqin eshitilar, yuragi gursillab urayotganini his qilardi.
Soqchilar bilan qaroqchilar o‘rtasida jang boshlandi. Qilichlarning jaranglashi, otlarning bezovta kishnashi, odamlarning vahimali baqiriqlari – hammasi bir-biriga qorishib ketdi.
Arava boshqaruvxhisi unga baqirdi:
Ammo birdan eshik ochildi. Qo‘pollik bilan!
Dain shartta orqaga tislandi. Yuragi vahimadan siqilib ketdi. Qora kiyimdagi bir qaroqchi unga yaqinlashib, shafqatsiz mushtini bilagiga qattiq soldi.
Qaroqchi Dainni tortib chiqara boshladi. U qanchalik qarshilik ko‘rsatmasin, erkak kuchli edi. Qiz ojiz edi. Hech qachon, hech qachon o‘zini bu qadar ojiz his qilmagandi!
Yuragida qattiq dahshat g‘ovlab ketdi. Bu odamlar kim edi? Ular nima istashardi? Uni o‘g‘irlashmoqchimi?!
Dainning qo‘rquvi ko‘zlariga yosh olib keldi. Ammo u yig‘lamasdi. U qo‘rqib, lekin kurashib turardi.
Lekin...hech qanday najot yo‘q edi.
Shu payt...uning ongi tubida bitta ism aks sado berdi.
U shunday damlarda...uni tashlab qo‘ymasdi.
Lekin hozir...shahzoda juda uzoqda edi.
Saroyda Junseokning yuragi g‘azab va g‘amga botib borardi. Qirolning so‘zlari hali ham qulog‘ida jaranglab turardi:
“U shunchaki bir qul qiz. Sen unga uylanmasliging kerak edi.”
Junseok qahr bilan mushtini tugdi. U hech qachon Dainni shunchaki bir qul deb ko‘rmagan. Lekin hozir...u qanday yo‘l tutishi kerakligini bilmay qolgandi.
Shu payt eshik ochilib, soqchilardan biri tiz cho‘kdi.
– Zoti oliylari...muhim xabar bor.
Junseok unga sovuq nigoh bilan qaradi.
Soqchining rangi oqarib ketgan, u yuragini hovuchlab gapirayotgan edi.
– Malikaning aravasi qaroqchilar hujumiga uchrabdi!
Yurak urishi ham eshitilmasdi.
Junseokning butun vujudi muzlab qoldi. Qon tomirlarida g‘azab o‘rmaladi.
U shartta o‘rnidan turdi. Nigohlarida dahshat va qahr porlab turardi.
– Hali bilmaymiz, shahzodam..biz hali...
Soqchi gapini tugatishga ham ulgurmay, Junseok g‘azab bilan tashqariga otildi.
Uning ichida faqat bitta istak bor edi: Dainni topish.
Ammo bu oddiy tashvish emasdi. Bu egalik hissi edi.