Yangi fanfic mazmuni
Nomi: (Hozircha yoʻq);
Janr: Romantika, Drama, Sevgi;
Rollarda: Lee Eunji (koreys qiz); Minamoto Takashi (yapon yigit)
Taxminiy qismlar soni: 16 ta;
Fanfic Choson(Janubiy Koreya) hududida, 1915-1920 yillar atrofida boʻladi. U paytlarda Koreya Yaponiya tomonidan bosib olingan. Davlatda Koreyslar va Yaponlar birga yashaydilar. Shunday boʻlsa-da, faqat boy va badavlat koreyslargina odam sifatida koʻrilgan. Kambagʻallar qul qilingan, ular ustida tajriba olib borilgan. Ammo voqea bular haqida emas.
Lee Eunji – oʻrtacha oiladan chiqqan, oʻziga toʻq, jamiyatda hurmat va martabaga ega boʻlgan, oʻz biznesi va tadbirkorligiga ega boʻlgan inson – Lee Yejoonning qizi. Avvaliga biz oiladagi muxit, Eunjining otasi bilan tez-tez janjallashib qolishi, boshqa tarafdan esa Lee Eunjining boshqa badavlat oila farzandi Kang Haejoonga ikki oila tomonidan kelishilgan holda unashtirilishi haqida yozamiz. U paytlarda Eunji biror universitet yoki institutda oʻqishi kerak. Biroq, afsuski, Lee Yejoon birdan bankrot boʻladi, uning biznesi qulab, badavlat oila nochor ahvolga tushib qoladi. Oila katta qarzga botib, bunday yoʻqotishga chiday olmagan Lee Yejoon kasallik bilan vafot etadi. Qarzlarni toʻlash esa Lee Eunji va uning boʻyniga tushadi. Eunji yolgʻiz farzand emasdi, uning 8 yoshli ukasi bor edi, biroq u ishlashga yaramasdi. Oila bankrot boʻlgach, institut yoki universitet ham Lee Eunjini oʻqishdan chetlashtiradi. Shundan soʻng Eunjining onasi tikuvchilik qilishni boshlaydi. Eunjining oʻzi esa erta-yu kech milliy taomlar oshxonasida xizmat qila boshlaydi.
Eunji har kun ishlaydi, chunki u otasining qarzlarini onasi bilan birgalikda toʻlashi lozim. Bundan tashqari Eunji yana ish topishga harakat qiladi. Chunki milliy taomlar oshxonasi dam olish kuni – yakshanbada ishlamasdi. Eunji esa uyda bekor oʻtirishni istamasdi. Onasi Eunjiga yakshanba kunlarida oʻqish va savod chiqarishda davom etishini aytadi. Bu taklifdan keyin Eunji avvallari institutda birga oʻqigan dugonasi Choi Areumning uyiga boradi va undan hozir bilgan bor bilimlarini Eunjiga oʻrgatishini soʻraydi. Biroq, Areum surbetlarcha Eunjini uyidan haydab chiqarib, boshqa bu yalangoyoq qiz bu yerga qadam bosmasligini xizmatkorlariga buyuradi.
Eunji uyiga dugonasidan xafa boʻlgan, undan nafratlangan holatda qaytayotganida yomgʻir yogʻishni boshlaydi. Bechora Eunji yupqa kiyimda boʻlgani uchun uyiga shosha boshlaydi. Bir vaqt yoʻldan oʻtayotganda boshqa tarafdan ot-arava kelib qoladi va Eunji qoʻrquvdan yerga yiqilib, ust-boshi shalabbo boʻladi. Buni koʻrgan ot-arava ichidagi Minamoto Takashi takabburona kulib yuboradi. Buni koʻrgan Eunji yanada gʻazablanib, yigʻlagancha Takashiga baqirib beradi va yugurib, ketib qoladi. Eunjining bunday kulguli va bir onning oʻzida gʻazabli soʻzlari Minamoto Takashining xotirasida muxrlanib qoladi. Ammo u hozir shunchaki uyiga qaytadi.
Hullas, Eunji bu voqeani tez orada unutib yuboradi va yakshanba kunlari shunchaki onasiga kiyimlar tikishda yordam beradi. Kunlarning birida Eunjining ukasi Eunhoo boshlangʻich maktabdan yigʻlab qaytadi (u 8 yosh xolos). Kechki payt Eunji ishdan qaytganda, Eunho maktabdagi bolalar uning ustidan kulib, mazax qilishgani haqida aytadi. Eunji sababini soʻraganda esa, Eunho tuflisining tag charmi yirtilgani va bolalar aynan shuning uchun masxara qilishgani, uni kambagʻal bola deyishganini aytadi. Bundan Eunjining xoʻrligi keladi, chunki u avvallari qashshoqlik qanday boʻlishi haqida bir bor ham oʻylamagan edi. Biroq, Eunji tez orada oylik olsa ukasiga oyoq kiyim olib berishni va’da qilib, uni ovutadi. Oradan bir necha kun oʻtgach, Eunji oylik maoshi olib, undan ozroq pul ajratadi va Eunho bilan bozorga borishga qaror qiladi. Ular bozor rastalarini aylanishar ekan, Eunho Eunji koʻrsatgan birorta tuflini yoqtirmaydi. Shundan soʻng, Eunji Eunhoni qimmatroq doʻkonga olib kiradi. U yerda Eunho bir oyoq kiyimni tanlaydi, biroq Eunjidagi pul bu oyoq kiyimga yetmaydi. Shu payt Eunhoning hafsalasi pir boʻlib, yerga qaragancha, koʻzlarida yosh bilan doʻkonni tark etmoqchi boʻladi. Biroq shu payt ikkita doʻsti bilan bu zodagonlar doʻkoniga kirgan Minamoto Takashi “o'sha qiz” va uning oldidagi yigʻlayotgan bolani koʻrib biroz hayratga tushadi. Ammo Takashiga eʼtibor ham bermagan Eunji doʻkonni jimgina tark etadi. Ayni shu payt Takashi negadir yaxshilik qilishni xohlab qolib, sotuvchidan nima boʻlganini soʻraydi. Sotuvchi kichik bola bir tuflini tanlagani, anavi qizda esa yetarli pul boʻlmaganini aytadi. Takashi sotuvchidan aynan oʻsha tuflini koʻrsatishini aytadi. Sotuvchi koʻrsatganda esa oʻsha oyoq kiyimni sotib olib, koʻchaga chiqadi va Eunjini qidiradi. Biroq Eunji va Eunho allaqachon gʻoyib boʻlgan edilar. Nima qilarini bilmagan Takashi tuflini shunchaki uyiga olib ketadi.
Kunlarning birida oʻz biznesiga ega boʻlgan Kang Hae-il (Kang Haejoonning akasii) Minamoto Takashi va uning barno singlisi Minamoto Meini koreys milliy oshxonasiga maxsus kechki taom uchun taklif qiladi. Aynan oʻsha oshxonada bizning Eunji ishlaydi. Ular taom buyurtma qilishgach, ularga Miseol ismli qiz xizmat qiladi. Birozdan soʻng, Miseolning shoshilinch ishi chiqib qolib, u Eunjidan uning ishini davom ettirishini iltimos qilib, uyiga ketadi. Taomlar tayyor boʻlgach, Eunji bu maxsus mexmonlar oʻtirgan yopiq xonaga ovqatlarni olib kirib, mexmonlar oldiga tuzaydi. Bu safar ham Minamoto Takashi Eunjini bir onda tanib oladi. Biroq, Eunji mexmonlarga hatto qaray olmaydi, chunki ular qashshoq oilaga aylangach, Eunjining Kang Haejoon bilan unashtiruvi buzilgan, Eunji esa hozir uning qarshisidagi Kang Haejoonning akasini koʻrishni istamasdi. Taomlanib boʻlishgach, Takashi bir onga koʻchaga chiqib kelishi kerakligini aytib Eunjini qidiradi, biroq qizni topa olmaydi. Chunki bu paytda bechora Eunji oshxonaning qorongʻu yertoʻlasida oxirgi idish tovoqlarni yubayotgan edi. Takashi esa Eunjini biror kishidan soray olmas, chunki uni ismini bilmasdi.
Oradan yana bir necha kunlar oʻtdi. Eunjining tugʻilgan kuni ham keldi. Nihoyat u 21 ga toʻldi. U juda chiroyli boʻlsa-da, qashshoq boʻlgani uchun koʻp yigitlar u bilan turmush qurishni istamasdi. Biroq, Eunji hali turmush qurishni istamas, faqat oʻqishni istardi. Onasi Eunji uchun bejirim va chiroyli koʻylak tikib sovgʻa qilgan kun, Eunji Eunho bilan koʻcha aylanib, muzqaymoq yeyishga qaror qiladi. Biroq avval u ishga borib ishlab kelishi kerak edi. Kechgacha ishlab qaytgan Eunji ozroq suv bilan chayqanib oladi. U belgilab qoʻyilgan miqdordagi 2 chelak suvni butun yuvinishi uchun ishlatishga majbur, chunki qashshoq kishilar koʻp suv ishlatsa, koʻproq pul toʻlashga majbur boʻladi. Hullas kechki payt soat 7 lar atrofida Eunji va Eunho koʻchaga aylanib, muzqaymoq yegani chiqadilar. Shu on Eunji ortib qolgan puliga kino koʻrishga kirishga qaror qiladi. U oʻzi va Eunho uchun chipta olib, oʻrta qatordagi joylardan biriga oʻtirgancha mashxur “Uirijeok Gutu” kino-dramasinu tomosha qilishadi. Ulardan 2-3 qator orqaroqda Minamoto Takashi ham bor edi. Biroq, baxtga qarshi u bu yerga majburan unashtirilgan boʻlajak qalligʻi Nakamura Yui bilan birga edi. Avvaliga Takashi kayfiyatsiz bir holda kino-dramani emas, zaldagilarni tomosha qilib oʻtiradi. Va birdan uning koʻzi Eunjiga tushib qoladi. Birozdan soʻng u Eunji oʻsha qiz ekanligini payqab qoladi va oʻzida yoʻq xursand boʻlib ketadi. U butun kino-drama davomida faqatgina Eunjini tomosha qilib, oʻtiradi, bir ikki marta Yui unga qaraganda esa nigohini boshqa yoqqa olib qochadi. Kino oxirlab qolay deganda, u bir narsani eslab, yordamchilaridan biriga uyidagi xonasidagi quti ichidagi oyoq kiyimni olib kelishni buyuradi. Kino tugab, barcha tomoshabinlar qimirlab, zalni tark eta boshlaganlarida esa, Takashi tezroq xizmatkori kelishini kutadi. Nihoyat xizmatkor yetib keladi, biroq Eunji allaqachon ketib boʻlgandi. Boshqa tomondan Yui esa jig’ibiyron boʻlgancha, Takashining qiligʻi haqida albatta otasiga arz qilishga qaror qiladi.
Uyiga yetib borishi bilan Yui Takashi bugun uni kuttirgani va kino zalidagi bir qizga tikilib oʻtirgani haqida ota-onasiga aytib beradi. Kelasi uchrashuvda otasi albatta bu haqida Minamoto oilasiga arz qilishini aytib, qizini tinchlantiradi. Boshqa tomondan esa uyiga qaytgan Takashi anavi xizmatkor yigitni bo’ralab soʻkib beradi va endi doim oʻsha oyoq kiyim va qutini yonida olib yurishini tayinlaydi. Oradan 2 kun ham oʻtmay, Takashi negadir Eunjini koʻrishni istab qoladi va yana oʻsha koreys milliy oshxonasiga boradi. U oʻzi uchun maxsus xona buyurtirib, ofitsiant chaqiradi. Omadni qarangki, xonaga Eunji kirib keladi. Avvaliga u Takashini tanimaydi va shunchaki taom buyurtmasini olib, xonani tark etadi. Biroq oradan ozroq vaqt oʻtib, u tayyor taomlarni olib Takashi oʻtirgan xonaga borganda, Eunji xonaga kirishi bilan Takashi avvalgi safardek takabburona kulib qoʻyadi. Buni eslagan Eunji biroz toʻxtab qoladi va uyatdan qizarib ketadi. U qoʻlidagi ovqatni tezda stol ustiga qoʻyib, xonani tark etishga harakat qiladi, biroq Takashi chaqqonlik qilib, Eunjidan avval eshikni toʻsib oladi. Sarosimaga tushib qolgan Eunji har qancha chiqishga harakat qilmasin, Takashi bunga yoʻl qoʻymaydi. Hatto Takashi qiz tomon asta qadam bosib, uni devorga mixlab qoʻyadi, u Eunjidan uning ismini, yoshimiz uyi qayerda ekanini soʻraydi biroq Eunji bu haqida ogʻiz ochmaydi. Takashi soʻroqni davom ettirish uchun avval biroz jim turgan Eunjini qidirib yurgan Miseol birdan xonaga kirib qoladi. U mexmon Eunjini devorga mixlab turganini koʻrib, Takashini bezori yigit deb oʻylab, u bilan urishadi. U kichkina mushtchalari bilan Takashini urib, Eunjini qoʻyib yubor, bezori!! deb janjal qiladi. Tez orada hayratga tushgan Takashi orqaga qadam tashlaydi, chaqqonlik qilgan Eunji esa tezda Miseol bilan xonani tark etadi.
Uyga qaytgan Takashi otasining koyishiga duchor boʻladi. Chunki Nakamura oilasi biroz avval tashrif buyurib, kinoteatrda nimalar boʻlgani, Takashi Yuini eʼtiborsiz qoldirgani va boshqa qizga etibor bergani haqida soʻraydi. Takashi otasiga Yuini hech qachon sevmasligi, hozir esa unga boshqa bir qiz yoqa boshlaganini soʻraydi. Otasi biroz hayron boʻladi va oxirgi gapini aytadi: Sen Nakamura Yuidan boshqa hech kimga uylanmaysan, va agar qachondir boshqa kishiga uylansang, demak men allaqachon oʻlib ketgan boʻlaman deydi. Bu gaplardan soʻng, Takashi biroz chigallashib qoladi. Va endi nima qilishni bilmay qoladi. Biroz, oradan koʻp oʻtmay u Yuini uchrashuvga taklif qilib, oʻzining boshqa qizga boʻlgan qiziqishi va u Yuini shunchaki singlisi sifatida koʻrishini aytadi. Biroq, shu on Yui yigʻlab, Takashiga osilib, yigitni oʻpishga harakat qiladi ammo Takashi bunga yoʻl qoʻymay qizni shunchaki quchoqlab qoʻyadi. Soʻng u hurmat yuzasidan Yuini uyiga kuzatib qoʻyadi va aynan Yui va Takashi birga Nakamura qoʻrgʻoniga qaytayotgan paytda Miseol ularni korib qoladi. U bu oʻsha bezori ekanligini payqaydi, biroq bunga koʻp ham eʼtibor bermaydi.
Oradan ikki haftacha vaqt oʻtgach, kunlarning birida Eunjiga onasi bir oz pul yigʻib qoʻygani va buni janob tadbirkor Jungga olib borish kerakligini aytadi. Eunji ishdan keyin albatta u yerga borishini aytib, pulni olib ishga ketadi. Kechqurun ishdan soʻng u janob Jungning uyiga boradi. U yerda Janob Jungga pulni berib, Jung xonadonini tark etayotgan payt, Takashi otasini buyrugʻi bilan bu yerga kelgan boʻladi. U uyga kirayotganda Eunji u yerdan chiqib ketayotganini koʻradi. U paytdan foydalanib qolishga qaror qilib, Running qoʻlidan shartta ushlab, hovlidan chiqib, koʻchaning oxirrog’idagi qorongʻu bir joyga olib boradi. Bu paytda Eunji allaqachon juda qoʻrqib ketgandi. U bu bezori uni kuzatib yurgan deb oʻylaydi va qochishga harakat qiladi. Biroq Takashi uni qoʻyib yubormay, qoʻlidan qattiq ushlab, uni tinglashini talab qiladi. Qoʻrquv va qiziqishdan Eunji asta jimib, unga qarab turadi. Hayajondan allaqachon koʻzlari chaqnayotgan Takashi esa yana uning ismini, yoshini, manzilini soʻray boshlaydi. Biroq Eunji ham ahmoq emas, u ismi Kayoon ekani, yoshi 25 da ekani, shu koʻchadan ikkita naridagi mahallada yashashini aytib, Takashini aldaydi. Taassufki Takashi unga soʻzsiz ishonib, tez orada uning uyiga borishga ham qaror qiladi. U Eunjini oʻsha ikki koʻcha narigacha kuzatib qoʻygach, ortga otasining buyrugʻini bajarish uchun Jung hovlisiga qaytadi. Eunji esa endi iloji boricha bu bezoridan ehtiyot boʻlishga qaror qiladi.
Takashi yana 3-4 kun davomida shunchaki oshxonaga kelib turadi, u Miseoldan biror narsa soʻrashga jurʼat qila olmaydi va shu bilan birga Eunjini ham koʻra olmaydi. Eunjining har kuni yertoʻlaga tushavergani ba’zi bir ishchilarni hayron boʻlishiga olib keladi ammo ular hozircha jim boʻlishadi. Ertasiga Takashi yana Yui bilan uchrashishga majbur boʻladi. U qizning xohishiga koʻra badavlat va shu bilan birga sanʼat shaydosi xonadoni Choi oilasining uyiga tashrif buyuradi. U yerda Takashi Yuining yangi dugonasi Areum(Eunjining xiyonatkor dugonasi) bilan xonadonni tomosha qilishadi. Va u tomosha davomida Areumning xonasidagi sur’atlarni tomosha qila turib koʻplab qizlar tushgan sur’atda Areumning yonida turgan aldoqchi qiz Kayoonni koʻrib qoladi. Hayrat va hayajon uning butun vujudini qaplab, biroz chetroqqa oʻtganda, Yuiga bildirmay, Areumga keyinroq yana yolgʻiz oʻzi tashrif buyurishini aytadi. Albatta Areum bunga rozi boʻladi chunki unga bu barno yapon yigit yoqib qolgandi.
Ertasi kuni Takashi Choi xonadoniga tashrif buyuradi. U suhbat davomida Areumdan kechagi sur’atni olib kelishini iltimos qiladi. Qiz darhol itoatkorlik bilan yigitga sur’atni olib keladi. Biroz sukut saqlagan Takashi Areumdan yonidagi qiz kim ekanini soʻraydi. Areum esa barini roʻyi rost gapirib beradi. Bu qiz Lee Eunji ekanini, u 21 yoshda ekani, otasining biznesi qulagach badavlat xonimdan qashshoq qizga aylangani, hozir qayerdadir bir eski uyda yashashi haqida aytib beradi. Bunday maʼlumotlar Takashini yanada qiziqtirib qoʻyadi va Areumdan qachondir Lee Eunji bilan koʻrishishi yoki kirishmasligi haqida soʻraydi. Takashining eʼtiborini jalb qilishga uringan Areum, kelasi hafta seshanba kuni u Eunjini uyiga taklif qilishgan oʻsha kuni Takashi ham kelishi mumkinligini aytadi. Takashi endi yana yangi umidlar bilan uyiga qaytadi. Areum esa Eunji bilan koʻrishib undan uzur soʻrashga qaror qildi. Biroq u bularni barini Eunji bilan doʻstligini tiklashga emas, balki Takashining eʼtiborini jalb qilish uchun qilayotgandi.
Areum Eunjini qidirib, ishxonasiga ya'ni milliy taomlar oshxonasiga boradi. Biroq Eunji Areumni koʻrishi bilan unga ters oʻgirilib u bilan gaplashishni istamasligini aytadi. Hafsalasi pir boʻlgan Areum Eunjini qanday boʻlsada uyiga taklif qilishni istab, oxiri uning xaroba uyiga, Eunjining onasi bilan koʻrishgani boradi. U yerda u Eunjining onasiga soxta mehribon muomala qili,b undan kelasi seshanba kuni Eunjini mexmonga yuborishini iltimos qiladi. Eunjining onasi qizi faqat yakshanba kuni bo'sh ekanini aytadi, Areum esa unda yakshanba kuni mexmonga yuborishini iltimos qilib, uyiga qaytadi. Tez orada Areum Takashiga uchrashuv yakshanbaga koʻchganini aytadi. Uyga kelgan Eunji onasidan Areumning mexmondorchilikka taklifini eshitib, juda gʻazablanadi. Ammo u bu taklifga rozi boʻladi.
Yakshanba kuni kelganda Eunji oʻzining eng yaxshi koʻylagini kiyib, Areumnikiga boradi. Areum uni soxta quvonch bilan kutib oladi va avvalgi ishi va qoʻpolliklari uchun kechirishini iltimos qiladi. Unchalik boʻlmasa ham, Eunji unga biroz ishonadi va avvalgidek biroz qulayroq gaplasha boshlaydi. Oradan yarim soat ham oʻtmay uyga uchinchi mexmon Takashi tashrif buyuradi. Takashini koʻrgan Eunji qoʻrqib ketadi va qayergadir yashirinishga harakat qiladi. Biroq Takashi allaqachon uni koʻrib qolgandi. U Eunjini huddi tanimagandek koʻrsatadi va ikki soatlik choy ichish va suhbat davomida oddiy harakat qiladi. Eunji uyga ketish chogʻida Takashidan avvalroq ketishga qaror qilib, uyni tezroq tark etadi ammo tez orada Takashi uni ortidan quvib kelib, tutib oladi va chetga, daraxtlar panasiga gaplashib olishga tortadi. U Eunjidan nima uchun oʻtgan safar uni aldagani haqida soʻraydi. Oʻzida bu yigitga nisbatan qiziqishni his qilgan va hayajonlangan Eunji Takashidan nima istashini soʻraydi. Shu payt Takashi birdan Eunjiga oʻz his-tuygʻulari haqida aytib beradi va bu sevgi boʻlishi mumkinligini aytadi. Biroq sarosimaga tushib qolgan Eunji hech nima demay, shunchaki ketib qoladi. Albatta qizdagi sarosima va tartibsizlikni sezgan Takashi unga halaqit bermay, ketishiga qoʻyib beradi.
Shunday qilib, oradan bir necha kun oʻtsa ham Eunji nima qilishni bilolmay qoladi. U oʻzida ham oʻsha yigitga nisbatan nimadirni his qiladi, biroq bunga hali ishonchi komil emasdi. Nihoyat, u bularning bari va oʻsha yigit bilan boʻlgan suhbat haqida Miseolga aytishga qaror qiladi. Buni eshitishi bilan Miseol oʻsha yigit shunchaki xotinboz ekani, hislari yolgʻon ekanini, hatto Miseol uni bir marta bir boyvachcha xonim bilan koʻrgani haqida aytib beradi. Albatta bular rost edi, axir Miseol bir muddat avval Takashini Yui bilan koʻrib qolgan edi-ku! Bularga soʻzsiz ishongan Eunji qattiq xafa boʻladi va endi paydo boʻlayotgan umid uchqunlari soʻnganini sezadi. Oradan bir necha kun oʻtgach, Eunji ishdan qaytganda uyidan uncha uzoq boʻlmagan joyda Takashini koʻrib qoladi. Shubxasiz, yigit uni kutib turgan edi. Biroq Eunji allaqachon u haqida boshqa fikrga kelgan edi. Shuning uchun u tezda uyiga qochib kirib ketadi. Buni koʻrgan Takashi hayron boʻladi va kelasi safar albatta Eunji bilan gaplashib olishga qaror qiladi.
Bu hodisa bir marta boʻlmaydi, Eunji 2-3 marotaba Takashidan qochgandan soʻng, nihoyat bir kun yigit uning oldidan chiqib, qoʻlidan ushlab oladi va nega undan qochayotganini soʻraydi. Eunji avvaliga sukut saqlaydi soʻng birdan piqillab yigʻlab yuboradi-da, Takashining koʻkragiga kichkina va zaif mushtchalari bilan urgancha, meni aldayapsiz! deb yigʻlaydi. Avvaliga Takashi nima boʻlayotganini tushunmay, Eunjini shunchaki bagʻriga tortadi. Bir necha daqiqadan soʻng, oʻziga kelib olgan Eunji unga Miseol aytib bergan narsani aytib, bu rostmi deb soʻraydi. Takashi uni aldash kerakmi yoki yoʻqmi, bilmaydi va nihoyat rostini aytishga qaror qiladi. U Eunjiga oʻzini Nakamura Yui ismli qizga unashtirilgani va kelajakda unha uylanishi kerakligini aytadi. Buni eshitgan Eunjining barcha umidlari yer bilan yakson boʻlib, u Takashining bagʻridan chiqadi-da, unda men bilan oʻyin qilishni bas qiling, deb baqirib yigʻlab ketib qoladi.
Shundan soʻng, Takashi bir muddat Eunji bilan yuzma-yuz gaplasha olmay yuradi. Shu bilan birga u Yui bilan koʻrishishi kerak boʻlgan uchrahsuvlarni 2 marta oʻtqazib yuboradi. Takashining otasi oʻgʻlidan nima boʻlayotganini soʻraydi, biroq Takashi ishi chiqib qolganini bahona qilib, rostini aytishdan qochadi. Nihoyat oradan 3 hafta oʻtgach kunlarning birida u Eunjini ishdan kelishini kutib turadi. Nihoyat Eunjini koʻrganda, uning oldiga boradi va Eunjini sevishini unga uylanishni istashini aytadi. Biroq Eunji sovuqqina, sizdek badavlat inson, hech qachon mendek qashshoq qizga uylanmaydi, hatto oʻzingiz xohlasangiz ham ota-onangiz rozi boʻlmaydi deb ketib qoladi. Bundan Takashi juda qattiq iztirob chekadi. U kun-u tun faqat Eunji haqida oʻylab yuradi. Va nihoyat u bir qarorga keladi. U ham yonini bank hisobidagi juda koʻp miqdordagi pul bilan toʻldiradi-da, Eunjining ishxonasiga boradi. U yerda u Eunji ishdan chiqishini kutadi. Eunji nihoyat ishdan chiqqach qizning oldiga borib, Siz uchun ota-onamdan ham, oilamdan ham voz kechsamchi? Birga qochib ketaylik va turmush quraylik deb taklif beradi. Ayni shu qismida fanfic tugaydi. Chunki oxiridagi baxtli yakunni oʻquvchilarning oʻzi oʻzlari xohlagancha tasavvur qilib oladilar.