𝒁𝒖𝒍𝒎𝒂𝒕 𝒐𝒈'𝒖𝒔𝒉𝒊𝒅𝒂
“Ibtido yoxud zulmat eshigining ochilishi”
“ – Agar sening hayoting faqat qayta-qayta yo‘qolishdan iborat bo‘lsa, unda qaysi biri haqiqat, qaysi biri esa shunchaki tush?...”
– Oyi, buni qarang,-qo’lidagi telefonni onasi tomon uzatishga harakat qilgancha onlayn savdo do’konida yangi, savdoga qo’yilgan sumka haqidagi ma’umotni ko’rsatishga harakat qilar edi Hyewon,-bu yangi, hozir ommalashgan sumka, olib berasizmi?
Singlisining harakatlari jig’iga tekkan Hyojung quloqchinlarini bostirib olgancha, mashina oynasidan tashqaridagi manzarani tomosha qilar edi. U oilasi bilan boradigan sayohatga aslida qo'shilishni istamagan, ammo onasining qistovi tufayli rozi boʻlgan edi. Endi esa singlisining ahmoqona harakatlari tufayli, sayohatga borishga rozi boʻlgani uchun afsus qila boshladi.
– Dada, buni tug’ilgan kunimga sovg’a qiling, dugonalarimga maqtanaman,-mashina boshqarayotgan otasiga halal bergancha, bilagiga osildi Hyewon.
– Hyewon, bas qilsangchi,-koyidi onasi, Hyewonning qo’lini uzoqroqqa tortishga harakat qilib.
Hyewon esa aksincha, otasi va onasiga osilgancha, ularning qo’lini qattiq silkitib, yalinar edi. Qizning keskin harakatlari, otasiga mashina boshqarishda halal berdi va to’satdan, ota mashina boshqaruvini yo’qotdi, shu onda mashina qandaydir chuqurlikka sho’ng’idi.
Goʻyo bir necha soat davom etgan uyqudan soʻng koʻzlarini ochgan Hyojung atrofga qarar ekan, quloqlariga qandaydir shovqinli ovozlar chalinar edi. Birozdan soʻng uning ko'rish qobiliyati yaxshilanar ekan, u atrofga qarab nima bo'layotganini tushunishga harakat qildi. Qandaydir koʻcha, osmon qoraygan, atrof g'ira-shira, kuchsiz nurlar bilan yoritilgan edi. Hyojungning dimog'iga urilgan havo nam, chirigan yog‘och va ter hidiga to‘la edi.
Quloqni qomatga keltiradigan hayqiriqlar, qul savdogarlarining baqir-chaqiri, narx belgilayotgan savdogarlarning ovozi butun ko'chani egallagan edi.
Hyojung bunday shovqin-suronga o’rganmagan, u tinch va sokin muhitni afzal koʻrar edi. Shuning uchun, u oʻzi tushunmagan bu koʻchani tark etishga harakat qildi va oʻrnidna turmoqchi boʻldi. Biroq, toʻsatdan Hyojung o‘z tanasini begona his qildi. U qimirlashga urinar ekan, qo‘llari va oyoqlari qattiq nimadir bilan bog‘langanini his qildi. Hyojung yana harakat qildi, ammo bu safar ham u deyarli qimirlay olmadi. “ – Nega meni qoʻllarim va oyoqlarim bog’langan?”-deb o'ylagan Hyojung atrofga qarar ekan, yomon ahvoldagi odamlar, ko‘zlarida umidsizlik va qo‘rquv aks etgan yuzlarni koʻrar edi.
Bunday muhitga avval hech qachon tushmagan Hyojung yana qimirlashga harakat qildi. Uning quloqlari ostida hali ham allaqanday erkaklarning baland hayqiriqlari yangrar, bu uni faqatgina bezovta qilar edi. Hyojung atrofga yana bir bor qaradi va bir necha qadam narida yerda qoʻllari bogʻlangan, kiyimlari yirtilgan, yuzi, qo’llari-yu oyoqlarida qon aralashgan chandiqlar bor boʻlgan 35-40 yoshlar atrofdagi erkakka qarab, asta pichirladi:
– A-amaki...b-bu yer qanday joy? Biz..qayerdamiz?
Atrofdagi bir necha shu erkakka oʻxshash, qo’llari-yu oyoqlari bog'lab qo'yilgan, tanalarida kaltak va zarb izlari boʻlgan, kiyimlari yirtiq va kir boʻlgan, ayol-u erkaklar Hyojungning savolidan hayratga tushdilar. Ularning hech birlari javob berishga shoshilmadilar, ba’zilari indamadi, boshqalari esa qizga qiziqib qaradi.
Hyojung ularning javobini bir necha daqiqa kutdi-yu, javob ololmagach uf tortib qoʻydi. Soʻng, u atrofga qarab, manzarani kuzata boshladi. Bir necha qadam narida bir odam huddi shunga oʻxshash erkak va ayollarga issiq temir bilan qandaydir tamg‘a bosar, ularning faryodli qichqiriqlari Hyojungning qulogʻi ostidan jaranglar edi. Hyojung buni ko‘rgach, juda qattiq qo‘rqib ketdi va ortga tisarilishga harakat qildi. Biroq, I qimirlay olmadi. Chunki, uning qoʻl oyoqlari mahkam bogʻlab qoʻyilgan edi.
Hyojung chuqur nafas oldi, biroq boyagi manzara uning koʻz oldida qayta-qayta gavdalanar edi. “ – Demak..men qul bozoridamanmi? Men qulmanmi? Jin ursin, qanday ahmoqona...bu mening tushimmi?”-deya o'ylagan qiz nimalar bo'layotganini tushunishga harakat qilgancha oʻtirar ekan, bir erkak unga yaqinroq keldi-da, undan qaysi hududdan ekanini so‘rab-surishtira boshladi:
– Hoy, sen qulvachcha,-dedi erkak Hyojungga koʻrsatkich barmogʻini o'qtab,-seni qayerdan olib kelishdi, a?
Hyojung qattiq yutindi-da, qanday javob berishni bilmay qoldi. U allaqachon tushundi nimalar bo'layotganini, shuning uchun u jim o'tirishni afzal koʻrdi. Erkak biroz hayron boʻldi-da, Hyojungning yelkasiga turtdi:
– Hoy, ahmoq qiz, men senga gapiryapman!
Lekin bu safar ham Hyojung hech qanday mantiqli javob bera olmay, erkakka qaragancha, jimgina qotib turaverdi. Biroz hayron boʻlgan qulbozorochilar Hyojungning tashqi ko‘rinishini tekshirishdi-da, uni yaxshi narxga sotish mumkinligini muhokama qila boshlashdi:
“ – Uning ko'rinishi chakki emas, qomati ham..balki uni kisenlar uyiga sotarmiz, a? Evaziga kamida 10 ta oltin tanga berishlari mumkin”-deya ulardan biri fikr bildirdi. Ammo yana bir boshqasi esa uning fikriga qarshi chiqdi,- “ Ahmoq, undan koʻra uni yaxshiroq amaldorga sotish kerak. Xizmatkor qiladimi, kisenmi, farqi yoʻq. Ammo amaldorlar bu go'zal evaziga 15 tangadan koʻp berishi aniq!”. Ba'zi qulbozorochilar sekingina bosh irg’ib, uning fikrini ma’qullar ekanlar, ulardan biri soʻzga kirdi: “ – Uni o’zimizga olib qolishga nima deysizlar? Shunday jononni boyvachcha amaldorlarga sotib yuborish gunoh boʻladi. U biz bilan qolsin, ishonchim komil, u hammamizni qondira oladi”.
Bunday iflos gaplarni eshitgan Hyojung ham qoʻrquv, ham g'azabdan titrar ekan, qulbozorochilardan bir nechtasi asta unga qarab, xunukkina jilmaydi. Hyojung g'azabi oshib borayotganini his qildi-da, ularning oyog’i ostiga tufladi. Bunday hurmatsizlikka chiday olmagan erkaklardan biri jahl bilan qo’l ko’tardi-da, Hyojungning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
Yuziga ogʻir va qattiq qo’l urilgan Hyojung ortga tisarilib, yerga yiqildi. U avvalgi oʻtirgan holatiga qaytishga harakat qilar ekan, boyagi erkak qizning oyogʻiga tepkiladi. Qiz og’riqdan ingrar ekan, boshqa qulbozorochilar anavi erkakning qoʻlidan ushlab ortga tortdilar. Atrofdagi qullar esa manzarani jimgina kuzatib, o’tirishar edi. Chunki, ular allaqachon bunga o’rganib qolgan edilar, qarshilik qilishga harakat qilib ko’rsinlar-chi, anavi takabbur savdogarlar ularni sog’ qo'ymaydi.
Xona shinam va dabdabali edi. Atrofga yoqimli sadr yog‘ochi hidi singib ketgan, ochiq derazadan tushayotgan quyosh nurlari ipak pardalar orqali mayin taralardi. Albatta, boʻlajak qirolning xonasida tinch va sokin muhit hukm surayotgan edi. Junseok keng yog‘och kursida yengil yastanib o‘tirar, qo‘lida issiq choy to‘la chinni piyolani aylantirar edi.
Uning qarshisida tiz cho‘kkan joriya esa boshi egik, nigohini polga qadagancha jim turardi. Uning yupqa ipak kiyingan yelkalarida engil titroq sezilib turardi.
— Ho’sh..sen kimsan?-so'radi Junseok, uning ohangida zerikish aralash sovuqqina ohang bor edi.
— Men sizning yangi kisenlaringizdan biriman, zoti oliylari-dedi qiz past ovozda.
Junseok chuqur nafas olib, choydan bir qultum ichdi. Soʻng, qizning ko’rinishini sinchkovlik bilan tomosha qildi. Qiz Junseokning oldida boshini biroz egib turgan bo‘lsa-da, uning qaddi tik, harakatlari nafis edi. Sochlari mukammal yig‘ilgan, ammo bir necha ingichka tutam ipak kabi yelkasiga tushib turardi. U och pushti rangdagi nafis ipak ko‘ylak kiygan bo‘lib, bu uning nozik va itoatkor qiyofasini yanada kuchaytirardi.
— Isming?-qizning nafisligi va itoatkorligi Junseokni o'ziga tortgach, yigit asta soʻradi.
Joriya qo‘rqa-pisa bosh ko‘tardi, ammo ko‘zlarini unga qaratmaslik uchun devor chetiga tikildi va javob berdi:
Sekingina bosh irg’agan Junseok, uning ismini talaffuz qilib ko’rdi:
– Nakyung, a?,-deb o’ylanib turgach, u birdan so’rab qoldi,- Ismingni ma’nosi yoqimsiz ekan!
Valiahd shahzodadan bunday qattiq gapirishini kutmagan qiz boshini yanada quyi egib oldi-da, uzur soʻradi:
– Ismim yaxshiroq bo’lmagani uchun, bir qoshiq qonimdan keching, zoti oliylari. Aslida, o’zim ham bunday atalishni istamaganman.
– Shunday, seni isming “Yovuzlikka yetaklovchi” hamda shunga o’xshash ma’nolarni anglatadi, bu yoqimsiz,-degan Junseok biroz o’ylanib turdi-da, bu safar yumshoqroq ovoz bilan tilga kirdi,- senga boshqa ism beraman. Sening yangi isming, Sohwa, tushunarlimi?
Darrov bosh irg’igan qiz valiahd shahzoda qarshisida tiz cho’kkancha, soxta quvonch ovozi bilan minnatdorchilik bildira boshladi:
– Juda ajoyib, zoti oliylari! Meni bunday ismga loyiq ko’rganingizdan xursandman, bag’oyatda xursandman, zoti oliylari!
Qizning soxta quvonchidan bexabar boʻlgan Junseok kisenni rostdan ham xursand bo’ldi deb o’yladi va mamnun jilmayib qoʻydi. Keyin esa bir necha daqiqadan so’ng, yana tilga kirdi:
– Yetarli, yetarli...shunday qilib, Sohwa, bugun tunda sen mening marhamatimga ega boʻlasan. Oqshom tushgan zahotiyoq, mening huzurimga kel. Endi esa ketishing mumkin.
Boʻlajak qirolni bu darajada tez qarmoqqa ilintira olganiga ishona olmagan qiz tezda o’rnidna turdi-da, yana ta’zim qildi. Soʻngra, shahzodaga orqa o’girmay, ortga ehtiyotkor qadam tashlab, xonani asta tark etdi. U eshikdan chiqib, yoʻlak boʻylab yurar ekan, uning hayolida oʻzining magʻrur ovozi jaranglar edi: “ – Nakyung, bugungi tun – sening imkoniyatlaring eshigini ochadi. Agar yaxshi uddalay olsang, valiahd shahzoda – boʻlajak qirol seniki! Aniqrog’i bitmas- tuganmas boylik!”
Qulbozori hali hamon shovqin-suronli edi. Savdogarlar ovozini baland ko‘tarib, qullarining kuchi, yoshligi va sog‘lig‘i haqida maqtanardi. Kimdir qattiq bahslashar, kimdir qul narxini savdolashar, kimdir esa shunchaki tomosha qilardi. To‘satdan hamma narsa o‘zgarib qoldi.
Qulbozorining bosh darvozasi ochildi va ikki qator soqchilar safi paydo bo‘ldi. Saf markazidan qizil rangdagi ipak libosi oltin rang naqshlar bilan bezatilgan valiahd shahzoda Junseok joy olgan edi. Uning qadami og‘ir, harakati osoyishta edi, ammo u atrofga o‘tkir nigoh tashlashi bilanoq bozor go‘yo toʻsatdan sovuq tushgandek sokin boʻlib qoldi. Savdogarlar tilini tishlab, qul oluvchilar asta chekinib, yoʻlni shahzoda uchun ochdilar. Qullar, o‘zlarining ojiz taqdiridan bexabar, yerga qaragancha, bosh egib qotib qoldilar.
Jimlik shu qadar keskin edi, hatto kimdir qattiqroq nafas olsa ham, eshitilib qolishi tayin edi. Junseok esa, hech narsadan hayratlanmagandek, bozor markaziga yaqinlashdi. Uning nigohi muzdek va nazokat bilan qullarga qaratilgan edi. Qullarning eski-tuski yirtiq va kir kiyimlari, chang va ter aralashgan koʻrinishlari, kaltak zarbalari iz qoldirgan tanalari-yu, yuz qo’llaridagi chandiqlar, valiahd shahzodaga oʻzgacha tuyular edi. Hozir u bu qullar kabi boʻlmagani va hech qachon ular kabi boʻlmasligiga ishonib, viqor bilan ularni yuqoridan kuzatar edi. Qullarning qo’rquv toʻlgan koʻzlari va egik boshlari Junseokga oʻzgacha qudrat baxsh etar edi.
Ogʻir sukunat havoda mubaham o’rnashdi. Valiahd shahzoda Junseok esa shoshmasdan oldinga yurdi, nigohi bir quldan boshqasiga o’tar ekan, u har bir qullarni sinchiklab tekshirar edi. Shahzodaning na harakatida, na chehrasida biror hissiyot namoyon bo‘lar, go‘yo bu yerda kimdir sotilayotgani unga mutlaqo qiziq emasdek tuyulardi.
Birdan uning nigohi bir nuqtada, aniqrogʻi bir qul qizda to‘xtadi.
Chang va yoqimsiz islar ichida, o‘zi singari qaram qullarning orasida qiz qaddini tik turardi. Boshqalar umidsiz holda yerga tikilgan, ba’zilari esa ochiqchasiga titrardi. Ammo u...boshqacha edi.
Qiz Junseokka hech qanday qo‘rquvsiz, g‘azab bilan tikildi. Uning ko‘zlarida bo‘ysunish emas, norozilik va nafrat porlab turardi. Uning kiyimlari eski va iflos, sochlari tartibsiz edi, lekin baribir u g‘alati jozibaga ega edi. Go‘yo qul emas, balki asirga olingan yo‘qolgan malikadek edi.
Savdogarlar Junseokning nigohi kimga tushganini payqashlari bilan o‘zlarini oldinga urib, shahzodaga yaltoqlangancha jilmayib, unga ta’zim qildilar, soʻng esa qizni ko’rsatgancha, soʻzlay boshladilar:
— Janobi oliylari, bu qiz qashshoq bir qul,-dedi ulardan biri,-yangi keltirilgan, hali hech kimga xizmat qilmagan. Ammo…bir oz injiqroq, shuning uchun arzonroq bo‘ladi.
Qizning lablari biroz qimtildi. Unga bu soʻzlar yoqmadi. Bir necha soat u ota-onasi bilan sayohatga kelayotgan edi, endi-chi? U allaqanday isqirt va chang qul bozorida qullardan biri boʻlgancha paydo boʻldi. Junseok esa, hech narsa demay, unga yana bir bor razm soldi. Qiz nafaqat injiqqa, balki, juda mag’rur va takabburga o’xshab ko’rinar edi. Junseok qizni boshdan-oyoq taxlil qilar ekan, negadir bu qizni qanday xizmat qilishi unga qiziq tuyuldi. Shahzoda negadir qul qizni xo’rlashni va uni majburan ishlatishni istadi. Soʻngra, u sekin boshini biroz yon tomonga egdi va xotirjam, ammo hukm o‘qigandek ohangda gapirdi:
Hyojungning bilaklari qattiq bog‘langan, arava esa yoʻl boʻylab tortib ketilayotgan edi. Hyojung yolgʻiz emasdi. Hyojungning yonida undan farqli o’laroq badanlari qo’rquvdan dag’-dag’ titrayotgan ikki qul qiz, ularning qarshisida esa bir nechta boshqa qullar kabi qo’l va oyoqlari bog’langan qul yigitlar bor edi. Aravaning ikki tomonida yuzlarida hech qanday ifoda bo’lmagan, beparvo soqchilar ketayotgan edilar. Hyojung qochishga harakat qilish haqida o‘yladi, lekin qo’l-oyog‘ining qattiq bog‘langanini his etib, umidsiz xo‘rsindi. Yuragi g‘azab va qo‘rquv aralash urardi. Bularning bari tush bo‘lishi kerak edi. Axir, bir necha soat oldin u butunlay boshqa hayot kechirayotgan edi-da...
Katta muxtahsam saroyning darvozalari oldida arava to‘xtadi. Qalin yog‘och eshiklar ochilganida, Hyojung ichkaridagi hashamatni ko‘rib hayratda qoldi. O‘z hayotida bunday bejirim devorlar, shinam bog‘lar va oltin bilan bezatilgan ayvonlarni ko‘rmagandi. Ammo u bir paytning o’zida hayrat bilan nafratni ham his etardi.
Shahzodaning mulozimlaridan biri, yangi sotib olingan qullardan ancha avval saroyga yetib kelib, saroyning bosh bekasiga Junseokning gaplarini yetkazgan edi. Shunga koʻra saroy bekasi, qullar saroy ichkarisiga olib kirilib, saroyning eng burchagiga olib ketilar ekan, ularning orasidan shahzoda oʻz soʻzlarida nazarda tutgan qul qizni qidirar edi.
Boshqa qullardan ajralib turgan holda, qaddini tik tutib, atrofni eʼtibor bilan kuzatib ketayotgan qizni payganda, “ – Ana u”-deb pichirladi beka o’ziga-o’zi, soʻngra qizning harakatlariga uzoqdan nazar tashladi. Qullarni olib ketayotgan soqchilar, ularning yelkalariga turtib, tezroq yurishlarini talab etgancha, ularga boshlarini quyi solishlarini tayinlasalar-da, bu qul qiz koʻzlarining cheti bilan saroyni oʻrganib chiqayotgan edi.
Toʻsatdan saroy bekasi vazifasini esladi-yu, ular tomon ildam qadamlar bilan yura boshladi. Bir necha soniyada soqchilar va qullar ketayotgan yoʻlakka yetib olgan beka, ularni to’xtatgancha, ovoz chiqardi:
– Shoshmang!-degan beka ularga yanada yaqinroq kelgach, ajralib turgan qizga razm soldi, keyin esa qizni koʻrsatkich barmogʻi bilan koʻrsatib dedi,-bu qiz, u men bilan ketadi.
Koʻzlarida biroz shubha va sarosima paydo boʻlgan soqchilar bir-birlariga qaragancha, jim turishar ekan, beka hovliqqancha yana ovoz chiqardi:
– Nimani kutyapsiz, biringiz uni ushlang-da, ortimdan ergashing. Bu zoti oliylari valiahd shahzodaning buyrug’i.
Bir muddat ikkilanib turgan soqchilardan biri ikkinchisiga imo qilgach, soqchi Hyojungning qo’liga bog’langan arqonni biroz bo’shatib, uni safdan chetroqqa tortdi. Soʻng, soqchi qizning ikki bilagini ushlab, ortiga qayirib, beka yoʻl boshlagach, ortidan ergashdi. Bunday yurish noqulay boʻlsada, Hyojung ularga ergashishga majbur boʻldi.
Soqchi uni saroyning ichki hovlisiga olib kelgach, beka oʻzining bir necha yordamchilarini chaqirdi. Tez orada yetib kelgan, 20-22 yoshlar atrofidagi bir nechta qizlar saroy bekasining, “ — Buni yuvintiring. Valiahd shahzodaning oldiga uni bunday ahvolda olib borish mumkin emas”-degan buyrug’ini eshitgach, Hyojungni qoʻl va yelkasidan ushlagancha, majburan tortib, qandaydir xonaga olib ketishdi.
Xona uncha katta emasdi. Xonadagi havo issiq suvdan ko’tarilayotgan par bilan toʻlgan edi. Xonaning toʻrtta burchagida bittadan o’rta o’lchamdagi yog’ochli vannalar bor edi. Ularning bari yarmigacha issiq suv bilan to’ldirilgan edi. Har bir yog’och vannaning chap tomonida kichik taxta bo’lakchalari boʻlib, ular nimadir qo’yish uchun mo’ljallanganga o’xshar edi.
Hyojungni qo’ltiqlab olgan qizlar, uni yaqinroqdagi vanna tomon tortishdi. Soʻngra, uning kiyimlarini yechishga harakat qilishdi. Hyojung ularga qarshilik qilishga har qancha urinmasin bularning bari befoyda edi.
Oradan chorak soat o’tgach, Hyojung allaqachon vanna ichidagi iliq suv ichida edi. Anavi qizlardan biri uning sochini yuvib, tarashga harakat qilayotgan boʻlsa, boshqalari uning yeklalari-yu qo’llariga guruch kepagidan tayyorlangan sovunni surishar edi.
Yuvinish ishlari yakunlangach, oʻsha qizlar yana Hyojugni majburan boshqa xonaga olib kirishdi. Xona deyarli bo’m-bo’sh bo’lsa-da, ozoda va tartiblangan edi. Xonada qizlardan biri olib kelgan ipakdan tikilgan oddiy, ammo ozoda xizmatkor libosi Hyojungga kiygizildi. Qizlar uning sochlarini silab taragach, turmaklashdi. Qizlar bir-biriga qaragancha, “ – Tayyor, tayyor”-deb pichirlashar ekan, Hyojung o’rnidan turib, bir necha qadam narida turgan koʻzgu boʻlagini qo’liga oldi. U o‘zining aksini ko’zguda ko‘rdi – u boshqa odamga aylanib qolganga o’xshar edi.
Osmon asta qorayib, quyosh o’z o’rnini asta-sekin oyga berar ekan, saroyning ichki qismida joylashgan kisenlar xonasi qizlarning suhbatlari-yu, qah-qaha ovozlariga to’lgan edi. Faqat ulardan birigina xonaning burchagiga o’tib olgancha, koʻzgu bo’lagiga qaragancha, sochlarini toʻgʻirlab, o’ziga oro berayotgan edi. Nakyungning harakatlarini bir necha daqiqa kuzatib turgan qizlardan biri ovoz chiqargancha, soʻradi:
– Nakyung, nimadir bo’ldimi? Yoki qayergadir ketyapsanmi? Oʻzingga oro berib, boshqacha kiyimlar kiyib olganingga qaraganda, senda bir gap borga o’xshaydi.
Savol bergan kisenning yon-atrofidagi qizlar asta bosh irg’ib, uning fikriga qo’shilib, Nakyungning javobini kutgancha, unga yaqinroq o’tirish uchun, siljidilar. Qizlardan aynan shu savolni kutgan, qizning lablarida nim tabassum paydo boʻldi. Nakyung javob berishga shoshilmadi. Avval u qoʻlidagi koʻzguni bir chetga qo’ygach, o’rnidan turib, xonaning markazi tomon yurdi. Uning harakatidan hayron boʻlgan boshqa kisenlar, uning ortidan qarab qolishar ekan, u xonaning markazida toʻxtab, qizlarga yuzlandi va ovoziga o’zgacha ohang berib gap boshladi:
– Sizlarga ma’lumki, bundan bir necha kun avval valiahd shahzoda bu yerga tashrif buyurganda uning e’tiborini qozonishga muvaffaq boʻlgan edim. Va bugun tushlik payti, uning buytug’iga binoan, zoti oliylarining huzuriga tashrif buyurdim. U bilan qisqa suhbatimiz davomida, unga yanada ma’qul keldim, shekilli...U menga oqshom tushishi bilan oldiga borishimni tayinladi. Shuning uchun tayyorlanyapman. Bilasizmi, u hatto menga yangi “Sohwa” degan ism ham berdi.
Atrofdagi qizlar uning so’zlaridan hayratga tushdilar. Sovuq, oʻziga bino qoʻygan, takabbur va shafqatsiz valiahd shahzodaning eʼtiboriga tushish, oson emasdi. Hatto eng yaxshi kisenlar ham, u bilan tun oʻtqazish sharafiga muyassar boʻlmagan edilar. Nakyung esa bir suhbatdayoq shahzodaning ko’ngliga yo’l topa bilibdi. Bu ularga misli yoʻq ajoyib ishdek tuyuldi va Nakyungga havas bilan, ba’zilari hasad bilan boqdilar.
Shu payt, birdan xonaning eshiklari ochildi-yu, saroy bekasining yordamchilaridan biri xonaga kirdi. Hamma qizlar nigohini Nakyungdan yordamchi ayolga olib o’tar ekan, ayol ularning hammasiga bir ohangda buyruq berdi:
– Uxlash vaqti boʻldi. Hozir chiroqlar oʻchiriladi. Hamma oʻz oʻrniga borsin.
Ayol gapini tugatishi bilan qizlar birin-ketin oʻrinlardan turib, oʻz yotoqlari tomon yoʻl olishdi. Faqatgina Nakyung bir joyda turgancha, qimir etmasdi. Kisenlardan birining tik-qotib turayotganidan hayron boʻlgan yordamchi ayol Nakyungga yaqinroq keldi-da, soʻzlarini qaytardi:
– Meni eshitmadingmi? Uxlash vaqti boʻldi. Yot.
– Men bugun oqshomda valiahd shahzodaning huzuriga chorlanganman, axir,-dedi e’tiroz bildirib Nakyung.
Ayol qoshlarini yuqoriga ko’tardi-da, qizga savol nigohi bilan qaradi. Soʻng, ozroq sukut saqlab, ma’lum qildi:
– Bugun valiahdning huzuriga yangi kelgan xizmatkor qizdan boshqa hech qanday kisen chorlanmagan.
Yordamchi ayolning soʻzlarini eshitishi bilan biroz toʻxtalib, muzlab qolgan Nakyungning koʻzlari kattalashib, hozir eshitgan soʻzlariga ishonmay qoldi.
Huddi shu payt, saroy bekasining oʻzi Hyojung oʻtirgan xonaga bordi-da, qiga ergashishni buyurib, qizni saroyning sharqiy qismiga olib bordi. Ular uzun yo‘laklardan boʻylab yurib, nihoyat, ketma-ket 3 ta eshikka ega boʻlgan xona qarshisida toʻxtadilar. Beka ortiga asta burilib, Hyojungga qaradi-da, tayinladi:
– Shahzodani oldida o’zingni yaxshi tut. Ortiqcha gapirma, soʻragan savoliga javob ber. Boshingni tik tutma. Uning oʻzi buyurmaguncha, uning koʻzlariga tik qarama, tushunarlimi?
Ogʻir yutib qoʻygan Hyojung ayolga javob bermagach, ayol eshik oldida turgan soqchilarga imo qildi. Soqchilar asta eshikni ikki tomon tortib ochishgach, Hyojung ikkilanib ichkariga qadam tashladi. Soʻngra, ikkinchi eshikni yuzlarini yerga qaratgan, sochlari bir tutam qilib yigʻilgan, oq rangdagi ipak libos kiygan qiz ochdilar. Uchinchi eshikni ham huddi shunday qizlar ochgach, Hyojung valiahd shahzodaning xonasiga qadam bosdi.
Junseok osuda holatda, keng stol ortida o‘tirib, qo‘lidagi chinni piyolani aylantirardi. Xonada xushbo‘y tutatqi hidi taralib, sham yorug‘ida devorlarga jon bag‘ishlayotgandek ko‘rinar edi. Shahzoda unga ko‘z qirini tashladi, ammo qiziqish bildirayotgandek tuyulmadi. Hyojung ichkariga yana bir necha qadam tashlagach, shahzoda qiz hali hamon qaddini tik tutayotgani va uning titramayotganini sezdi. Bu shahzodaning qiziqishini oshirdi. U qoʻlidagi chinni piyolani oldida turgan kichkina xontaxta ustiga qoʻygach, oʻtirish holatini biroz to’g’irlab oldi. Soʻng boshini oʻng tomonga biroz egib olgancha:
— Isming nima?-deb qiziquvchan va bir paytning oʻzida takabbur ohangda so‘radi u.
Dain boshi baland holda unga tikildi, soʻng qatʼiy va aniq ohangda javob berdi.
Aslida, qiz Song Hyojung deb atalsa-da, negadir bu takabbur shahzoda uning ismini tilga olishini istamadi va yolgʻon gapirib qoʻya qoldi.
Sekingina bosh irgʻagan shahzoda, Hyojungning magʻrur va jiddiy yuz ifodasiga razm solib, biroz o’ylanib turgach, tilga kirdi:
" – Men seni Dain deb atayman. Bu ism “mehribon va itoatkor” degan ma’noni anglatadi. Demak, sen itoatkor va muloyim bo‘lishni o‘rganasan...Chunki sen shunday bo'lishga majbursan!”