July 10, 2023
Pensiya hisoblash tartibini bilasizmi?
Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
- pensiyaning tayanch miqdoridan;
- ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
- pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
Ishlamaydigan pensionerlarga faxriy unvonlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov qo‘shiladi.
Pensiya miqdorini hisoblashda oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.