
Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi:

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlashiga, agar o‘rindoshning asosiy ishi xuddi shunday sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lsa (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno) va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilmaydi.

Boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasiga ko‘ra ishga joylashish kafolatlanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.

Pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 519-moddasiga asosan uy ishchilarining yollanib ishlash bo‘yicha ish davrlari basharti ijtimoiy soliq to‘lansa, xodimning mehnat stajiga kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 515-moddasiga asosan ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan yozma shaklda tuziladigan mehnat shartnomasi uy ishchisi bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo‘ladi.

Termiz tuman adliya bo'limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Termiz tuman Qoraxon MFY da yashovchi fuqaro Yusupova Aybaxor va Djyrayeva Radjablarning "Hassa tayoq" olishda amaliy yordam so'rab yozgan murojaati hal etildi.