Shurtan gaz kimyo majmuasida talabalar uchun navbatdagi amaliyot darslari tashkil etildi
"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda Toshkent kimyo-texnologiya instituti hamda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari uchun amaliyot darslari tashkil etildi.
Mazkur amaliyot mashgâulotlarining asosiy maqsadi talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, zamonaviy neft-gaz va gaz-kimyo ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur koânikmalarni shakllantirishdan iborat.
Amaliyot davomida talabalar majmuaning asosiy ishlab chiqarish sexlari faoliyati, texnologik jarayonlarning uzluksiz ishlash tamoyillari, ishlab chiqarishda qoâllanilayotgan zamonaviy uskunalar hamda xavfsizlik talablariga oid ma'lumotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, ular majmuadagi zamonaviy laboratoriyada mahsulot sifatini nazorat qilish va tahlil qilish jarayonlarini kuzatish, Ilgâor muhandislik maktabida innovatsion ishlanmalar hamda zamonaviy oâquv-uslubiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boâldilar. Bundan tashqari, tayyor mahsulotlar saqlanadigan omborda mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va iste'molchiga yetkazib berish jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bunday amaliy mashgâulotlar yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish muhitiga moslashuvi hamda nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlari bilan uygâunlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.