“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ boshqaruv apparatida 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari, ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi, kuz-qish mavsumida texnologik qurilmalarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda kelgusi yil uchun belgilangan vazifalarga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MChJda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish maqsadida 14 ta tadbirdan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Rejada texnologik qurilmalar, elektr, issiqlik, gaz va suv ta’minoti tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida ko‘p yillar davomida korxona rivojiga munosib hissa qo‘shgan, 25 yilga yaqin mehnat faoliyatini majmuaga bag‘ishlab, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ mas’ul xodimlari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari hamkorligida Zoom platformasi orqali tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan majmuada “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishchi-xodimlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Bu boradagi tadbirlar ishchi-xodimlarning bilim va salohiyatini namoyon etishi, o‘zaro fikr almashishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishiga xizmat qilmoqda.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarni tushuntirish va targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda xalqaro standartlar talablari asosida joriy etilgan Integratsiyalashgan boshqaruv tizimining kuzatuv auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Bu — chorak asrlik mehnat, izlanish, fidoyilik va bunyodkorlik bilan yaratilgan katta tarix. Bu tarixda minglab insonlarning taqdiri, o‘z kasbiga sadoqati, tun-u kun qilgan mehnati, erishilgan yutuqlar va unutilmas xotiralar mujassam.
Yigirma besh yil... Inson umri uchun salmoqli, korxona hayoti uchun esa butun bir davrni anglatadigan muddat. Yigirma besh yil davomida bir avlod voyaga yetadi, yangi kasblar egallanadi, yangi texnologiyalar paydo boʻladi, kechagi orzular bugungi voqelikka aylanadi. Ayrim inshootlar quriladi, ayrimlari rekonstruksiya qilinadi, yangi ishlab chiqarishlar yoʻlga qoʻyiladi, tajribali mutaxassislar shakllanadi. Eng muhimi, vaqt oʻtishi bilan oddiy ish joyi inson hayotining bir qismiga, korxona esa butun bir jamoaning taqdiri bilan bogʻliq qadrli maskanga aylanadi.