December 25, 2025

“Breyn-ring” intellektual shousining 2025-yilgi mavsumi g‘oliblari aniqlandi

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ faollar zalida “Breyn-ring” intellektual shousining 2025-yilgi mavsumi final bosqichi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Final bahsida, barcha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib kelgan quyidagi jamoalar: Umumiy ovqatlanish sexining "OSHPAZLAR", Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexining "KONDENSAT", Avtotransport bilan ta'minlash xizmatining "TRANSPORTCHILAR", Nazorat o'lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Umumiy ovqatlanish sexining "OSHPAZLAR" jamoasi
Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexining "KONDENSAT" jamoasi
Avtotransport bilan ta'minlash xizmatining "TRANSPORTCHILAR" jamoasi
Nazorat o'lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" jamoasi

Qizg‘in bahs va haqiqiy intrigaga boy bo‘lgan final bahsi natijalariga ko‘ra: Tayyor mahsulotlar va xom ashyo sexining "KONDENSAT" jamoasi 1 ball bilan to‘rtinchi o‘rinni, Umumiy ovqatlanish sexining "OSHPAZLAR" jamoasi 3 ball bilan uchinchi o‘rinni, Nazorat o'lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AVTOMATIKA" jamoasi 4 ball bilan ikkinchi o‘rini egallashdi. Avtotransport bilan ta'minlash xizmatining "TRANSPORTCHILAR" jamoasi esa mavsumning barcha bosqichlarida yuqori saviyada ishtirok etib, 7 ball bilan "Breyn-ring" musobaqasining 2025-yilgi mavsumi chempioni bo‘lishdi.

"BRЕYN RING" intellektual shousining "Final" bellashuvi natijalari:

Mazkur intellektual bellashuv finalida ham tomoshabinlar bilan "o‘yin ichida o‘yin" o‘tkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan intellektual savollarga aniq va to‘g‘ri javob bergan faol ishtirokchilarga "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ ma’muriyati hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, hay’at a’zolari xulosasiga ko‘ra, Avtotransport bilan ta'minlash xizmati yosh xodimi Qurbonaliyev Jaloliddin final bellashuvining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va Shurtan gaz kimyo majmuasining maxsus esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Tadbir so‘ngida majmua Bosh direktorning axborot texnologiyalari va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari F. Kuvatov so‘z olib, ushbu intellektual o‘yin haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi va majmua rahbariyati tomonidan g‘olib jamoalar munosib tarzda taqdirlandilar.

"BREYN RING" intellektual shousi final bahsidan fotolavhalar:

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|