February 9

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida obyekt yig‘ma otryadi tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator amaliy harakatlar bajarildi. Jumladan, xavf ostida qolgan insonlarni qutqarish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarni bartaraf etish, shuningdek, ishchi-xodimlarni belgilangan xavfsiz hududlarga tezkor evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda majmuaning boshqaruv organlari, fuqarolar muhofazasi tuzilmalari, qutqaruv bo‘linmalari hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ishchi-xodimlarning amaliy ko‘nikmalari va tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida bajarilgan harakatlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari tomonidan baholanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|