“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida “Sport olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik!” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, 2025-yil 7-noyabr kuni xotin-qizlar o‘rtasida 5 ta sport turi bo‘yicha “Sport olimpiadasi” tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi — xodimalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jamoa o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat bo‘ldi.
Musobaqalar 100 metrga yugurish, 300 metrga estafeta tayoqchasi bilan yugurish, uzunlikka sakrash, stritbol hamda badminton turlari bo‘yicha qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Har bir yo‘nalishda ishtirokchilar o‘zining chaqqonligi, epchilligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turdi.
Quyida g'oliblar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:
1-o‘rin – Yo‘ldosheva Mahliyo (Zavod poliklinikasi xodimi)
2-o‘rin – Rahmatullaeva Dilrabo (Mexanik ta’mirlash tsexi)
3-o‘rin – Ibotova Kumush (Uy-joydan foydalanish xizmati xodimi)
300 metrga estafeta tayoqchasi bilan yugurish bo‘yicha:
1-o‘rin – Egamberdieva Gulsanam, Halimova Zilola, Xaydarova Gulnoza (“Erkatoy” MTM)
2-o‘rin – Raximova Mahbuba, Sayidova Oyrushan, Yusupova Xadicha (Uy-joydan foydalanish xizmati)
3-o‘rin – Abduxalilova Yulduz, Juraeva Dilnoza, Turdieva Moxigul (Metrologiya xizmati, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish tsexi, Maishiy xo‘jalik xizmati)
Uzunlikka sakrash bo‘yicha:
1-o‘rin – Najmiddinova Jasmina (“Qarshitermoplast” tsexi)
2-o‘rin – Aminova Munavvar (“Erkatoy” MTM)
3-o‘rin – Xidirova Shaxnoza (Qo‘riqlash xizmati)
Stritbol bo‘yicha:
1-o‘rin – Normurodova Sanobar, Orolova Shaxnoza, O‘taganova Lobar (Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati, Tashqi suv ta’minoti tsexi, Bug‘-gaz-havo ta’minoti tsexi)
2-o‘rin – Azimova Shaxlo, Sharipova Taxmina, Osimova Dinara (Avtotransport bilan ta’minlash xizmati, Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘limi)
3-o‘rin – Toparova Ozoda, Sobirova Saboxat, Xolyorova Shaxnoza (Uy-joydan foydalanish xizmati)
Badminton bo‘yicha:
1-o‘rin – Mamatova Mahliyo, Shoberdieva Tozagul (Zavod poliklinikasi)
2-o‘rin – Sattarova Feruza, Nabieva Shoxista (Maishiy xo‘jalik xizmati)
3-o‘rin – Abduraxmonova Mexriniso, Beglieva Nigora (Umumiy ovqatlanish tsexi)
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur “Sport olimpiadasi” xodimalarning jismoniy faolligini oshirish, jamoalar o‘rtasida ijobiy muhit yaratish hamda Kasaba uyushmalari kuni bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga xizmat qildi.