Yoshlar kuni munosabati bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-yil 7-may kuni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda respublikamizda keng nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” munosabati bilan navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Korxonada har payshanba kuni yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida turli uchrashuv va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur uchrashuvda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ bosh direktorining tijorat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ochilov Asqar Muhammadiyevich ishtirok etib, yosh mutaxassislar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Tadbir davomida yoshlarning korxona faoliyatidagi faolligi, tashabbuskorligi hamda iqtisodiy va moliyaviy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Asqar Ochilov yosh mutaxassislarni moliyaviy savodxonlikni oshirish, xaridlar tizimi va shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, tijorat faoliyatida samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi ilg‘or yondashuvlarni o‘rganishga chorladi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan xaridlar tizimidagi yangiliklar, amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar, elektron savdolar, shartnomalar ijrosi hamda tijorat faoliyatiga oid boshqa masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirildi. Tadbir ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bevosita javob olib, o‘z tashabbus va takliflarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida majmuada o‘tkazilgan kibersport musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Quyida g'olib jamoalar bilan tanishishingiz mumkin: