October 5

“IBRATLI OILA” TANLOVI G‘OLIBLARI UCHUN SAMARQANDGA SAYOHAT TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi munosabati bilan majmuada “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxonada uzoq yillar samarali mehnat qilayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan, oilaviy qadriyatlarni e’zozlaydigan hamda o‘zi istiqomat qilayotgan mahallasida namunali hayoti bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan oilalarni munosib e’tirof etishdan iborat bo‘ldi.

Ana shu ezgu tashabbusning mantiqiy davomi sifatida g‘olib oilalar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qilib, shaharning boy tarixi, betakror me’morchiligi hamda milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Oilalar uchun mazmunli hordiq chiqarish, o‘zaro muloqot va unutilmas taassurotlarga boy kunlar tashkil etildi.

Bunday e’tibor va e’tirof oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xodimlarning mehnat va jamoat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasizdir.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|