November 14, 2021

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida "BREYN RING" intellektual shousining ikkinchi yarim final bellashuvi boʼlib oʼtdi (foto)

Shoʼrtan gaz kimyo majmuasida ishchi-xodimlarni intellektual bilim va salohiyatlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan "Breyn-ring" intellektual shousining ikkinchi yarim final bellashuvi boʼlib oʼtdi.

Intellektual shouning yarim finalida Majmua ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasining "UPGRADE" jamoasi, Etilen ishlab chiqarish sexining "ONIKS" hamda Ichki suv ta'minoti sexining "OBI HAYOT" jamoalari oʼzaro bellashdilar.

"UPGRADE" jamoasi
"ONIKS" jamoasi
"OBI HAYOT" jamoasi

Murosasiz davom etgan mazkur intellektual shou natijalariga koʼra Ichki suv ta'minoti sexining "OBI HAYOT" jamoasi bellashuv gʼolibiga aylanib final bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Qiziqarli bahs-munozaralarga boy boʼlgan mazkur intellektual bellashuvda odatdagidek tomoshabinlar bilan ham "oʼyin ichida oʼyin" oʼtkazilib, boshlovchi tomonidan berilgan savollarga aniq va toʼgʼri javob bergan faol ishtirokchilarga Kasaba uyushma qoʼmitasining esdalik sovgʼalari topshirildi.

"BREYN RING" intellektual shousining ikkinchi yarim final bellashuvi natijalari:

Ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasining "UPGRADE" jamoasi - 3 ball; Etilen ishlab chiqarish sexining "ONIKS" jamoasi - 1 ball; Ichki suv ta'minoti sexining "OBI HAYOT" jamoasi - 9 ball.

Shuningdek, hakamlar hayʼati tomonidan dastlabki yarim final billashuvining eng yaxshi oʼyinchisi sifatida "OBI HAYOT" jamoasi aʼzosi Urunov Chori Xusanovich eʼtirof etildi.

Maʼlumot uchun, "BREYN RING" intellektual shousining yarim final doirasidagi so'nggi bellashuvida Mexanik ta'mirlash sexining "Mexaniklar", Ko'kalamzorlashtirish tarmog'ining "Nihol" hamda Ishlab chiqarish dispetcherlik xizmatining "ARISTOKRATLAR" jamoalari oʼzaro bahs olib borishadi.

"Shoʼrtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati