June 23, 2022

“SHGKM” MCHJ sexlarida tuzilgan “Ko‘ngilli yong‘in o'chirish drujina” a’zolari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-sonli Qarorining 2-ilovasiga asosan, “Sho‘rtan GKM” MCHJ sexlarida tuzilgan “Ko‘ngilli yong‘in o'chirish drujina” a’zolari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Bellashuvlarda bevosita ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etadigan sex, bo'linma va xizmatlarda tashkil etilgan “Ko‘ngilli yong‘in o'chirish drujina” a’zolari ishtirok etishdi.

4 ta shartni o'zida jamlagan ushbu tadbirda ishchi-xizmatchilarning chaqqonliklari, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari va shuning bilan birga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish talablariga rioya etishlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Shartlar va unda g'olib bo'lgan komandalarga to'xtaladigan bo'lsak:

1 - "Birlamchi yong‘in o‘chirish vositasidan foydalanib, kichik yong‘inlarni o‘chirish" shartida

1. Bug‘ gaz va havo ta’minoti sexi 18.24 sekuntda kelib 1-o‘rinni;
2. Qarshitermoplast sexi 19.17 sekuntda kelib 2-o‘rinni;
3. Polietilen ishlab chiqarish sexi 20.11 sekuntda finish chizig'iga yetib kelib, 3-o‘rinni qo'lga kiritdi.

2 - "Majmuadagi yong‘in o'chirish gidrantlaridan suv chiqarish yo‘li bilan yong‘inni o‘chirish" shartida

1. Polietilen ishlab chiqarish sexi 22.64 sekuntda kelib 1-o‘rinni;
2. Elektr ta’minoti sexi 31.10 sekuntda kelib 2-o‘rinni;
3. Mexanik ta’mirlash sexi 32.46 sekuntda finish chizig'iga yetib kelib 3-o‘rinni qo'lga kiritdi.

3 - "Jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish" sharti bo'yicha "SHGKM" MCHJ poliklinikasi vrachlarining xulosasiga ko'ra

1. Bug‘ gaz va havo ta’minoti sexi 31.00 sekuntda bajarib 1-o‘rinni;
2. Tayyor mahsulot va xom ashyo sexi 44.98 sekuntda bajarib 2-o‘rinni;
3. Elektr ta’minoti sexi 49.02 sekuntda bajarib 3-o‘rinni qo'lga kiritdilar.

Bellashuv faqat amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lmasdan balki ishtirokchilarning nazariy bilimlari ham hakamlar tomonidan baholandi. Test jarayonlari va o g'zaki savol-javob shaklida o'tgan tur yakuniga ko'ra

1. Polietilen ishlab chiqarish sexi 3 ta savoldan 15 ball to`plab 1 o‘rinni ;
2. Bug‘ gaz va havo ta’minoti sexi 3 ta savoldan 15 ball to`plab 2 o‘rinni;
3. Mexanik ta’mirlash sexi 3 ta savoldan 10 ball to`plab 3 o‘rinni qo'lga kiritdi. (Yuqorida bir xil kelib qolgan balli jamoalarning qay biri birinchi javob berganligi ahamiyatga olingan)

4 bosqich yakuniy natijalariga ko'ra umumiy

1. Polietilen ishlab chiqarish sexi faxrli 1-o‘rinni;
2. Bug‘ gaz va havo ta’minoti sexi faxrli 2-o‘rinni;
3. Elektr ta’minoti sexi faxrli 3-o‘rinni egallagan holda musobaqaning mutloq g'oliblari qatorida e'tirof etildi.


"Sho'rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati