Hamkorlik sari ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi investitsiyalar, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik sohasidagi nufuzli tadbirlardan biri bo‘lib, dunyoning turli mamlakatlaridan davlat organlari, yirik kompaniyalar, investorlar va biznes vakillarini bir maydonga jamlamoqda.
Mazkur forumda “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Mahsulotlarni sotish va marketing xizmati hamda Mahalliylashtirish va kooperatsion aloqalarni kengaytirish bo'limi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Forum davomida majmua vakillari investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash sohasidagi mavjud imkoniyatlar, ishlab chiqarish salohiyati hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot bermoqda.
Shuningdek, majmua mutaxassislari zamonaviy bozor tendensiyalari, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralarda ishtirok etmoqda.
Bunday xalqaro maydonlardagi ishtirok majmuaning mahsulotlarni sotish tizimini takomillashtirish, yangi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.