November 12

O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan

2025-yil 11-noyabr kuni “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida majmua matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etilib, unda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda SHGKM Kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati yoritildi.

Tadbirda majmua bosh direktori, Oliy Majlis Senati a'zosi Shuxrat Aslanov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kasaba uyushmalari kuni bilan muborakbod etdi va majmua Kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyatini yuqori baholadi.

Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan majmuada ilk bor tashkil etilgan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha fidoiy xodimlar taqdirlandilar:

  • “Yosh avlod peshqadami” – Xushnazarov Shaxzod Zufarovich (Personalni boshqarish xizmati mutaxassisi)
  • “Fidoyi ayol” – Muhammadieva Gulnoz Ibragimovichna (Uy-joydan foydalanish xizmati xodimasi)
  • “Tashabbuskor yetakchi” – Meylimurodov G‘anisher Abdinazarovich (Etilen ishlab chiqarish tsexi kasaba uyushma yetakchisi)
  • “Kasaba jonkuyari” – To‘raev Baxtiyor Toxirovich (Kasaba uyushma qo‘mitasi ish boshqaruvchisi)
  • “Adolatli rahbar” – Bozorov Umar Ergashovich (Polietilen ishlab chiqarish tsexi boshlig‘i)
  • “Hurmatga sazovor ustoz” – Toshboev Xujamberdi Mingyasharovich (Majmua bosh tehnologi)

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 2-oktabrdagi 16-21 “s”-sonli qaroriga binoan, bosh muhandis o‘rinbosari Diyorov Tolibjon Ergashovich “O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida SHGKM Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Azamat Turakulov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kasaba uyushmalari kuni bilan tabriklagani holda, bugungi kunda majmuada amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, xodimlarning farovonligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar hamda kasaba uyushmasining jamoa hayotidagi ahamiyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir doirasida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi talabalari va ustozlari ishtirokida kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, barcha ishtirokchilarga hush kayfiyat ulashildi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|