“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “ECOS Safety Engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJga “ECOS Safety Engineering” MChJ kompaniyasi vakillari tashrif buyurib, zamonaviy gaz analizatorlari, signalizatorlar, sarf o‘lchagichlar, shuningdek, avariya va yong‘inga qarshi himoya tizimlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.
Mazkur kompaniya sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi, yetakchi xalqaro ishlab chiqaruvchilarning rasmiy vakili hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda muhandislik yechimlarini taklif etishga qaratilgan.
Taqdimot davomida “ECOS Safety Engineering” mutaxassislari yangi avlod gaz analizatorlari, avtomatik signalizatsiya tizimlari, sarf o‘lchash asboblari, shuningdek, avariyaga qarshi nazorat uskunalarining texnik imkoniyatlarini batafsil tanishtirdilar.
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJning Metrologiya xizmati hamda Nazorat o'lchov asboblari va avtomatlashtirish tsexi mutaxassislari bilan o‘zaro fikr almashinuvi chog‘ida ishlab chiqarish tizimlarida xavfsizlik darajasini oshirish, zamonaviy o‘lchov uskunalarini joriy etish hamda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yo‘nalishlaridagi takliflar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama etdilar.