September 4

25 YILLIKKA — 25 TA IJTIMOIY LOYIHA: CHORAK ASR SHUKUHI, EZGU TASHABBUSLAR VA UNUTILMAS LAHZALAR

Yigirma besh yil — shunchaki vaqt emas!

Bu — chorak asrlik mehnat, izlanish, fidoyilik va bunyodkorlik bilan yaratilgan katta tarix. Bu tarixda minglab insonlarning taqdiri, o‘z kasbiga sadoqati, tun-u kun qilgan mehnati, erishilgan yutuqlar va unutilmas xotiralar mujassam.

Shu bois “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 25 yillik yubileyi oddiy sana sifatida emas, balki chorak asrlik yo‘lni sarhisob qilish, shu tarixni yaratgan insonlarni qadrlash va kelajak sari yangi maqsadlarni belgilash imkonini beruvchi ulkan voqea sifatida nishonlandi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan uyg‘unlashgan ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan majmuada “25 yillikka — 25 ta ijtimoiy loyiha” dasturi ishlab chiqilib, keng ko‘lamli ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijodiy tadbirlar amalga oshirildi.

Bu loyihalarning har biri ortida katta tashkiliy mehnat, izlanish va fidoyilik mujassam. Zero, yubileyni munosib nishonlash uchun birgina tantanali marosimning o‘zi kifoya emas edi. Shu sababli chorak asrlik yubiley butun jamoani qamrab olgan katta ijtimoiy harakatga aylandi.

Bugun “Shurtan gaz kimyo majmuasi”da ushbu keng ko‘lamli tashabbuslarning mantiqiy yakuni — loyiha doirasida o‘tkazilgan tanlov va sport musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida chorak asrlik yubiley munosabati bilan amalga oshirilgan ezgu tashabbuslar sarhisob qilinib, faol ishtirok etgan xodimlar, tanlov g‘oliblari va sportchilar munosib e’tirof etildi.

E’tibor markazida — inson qadri!

Dastur doirasidagi ilk tashabbuslar bevosita xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Jumladan, “Ibratli oila” tanlovi orqali majmuada uzoq yillar samarali mehnat qilgan, jamoat ishlarida faol va o'zi yashab istiqomat qiladigan mahallasida o‘zining namunali hayoti bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan oilalarni e’tirof etish hamda ular uchun yurtimizning tarixiy shaharlaridan biriga oilaviy sayohat tashkil etish belgilangan edi.

Bu tashabbusning o‘ziga xos jihati shundaki, tanlovda 21 nafar xodim ishtirokchi sifatida qayd etilib, yakunda barchasi g‘olib deb topildi. Ularga turmush o‘rtoqlari bilan birga Samarqand shahriga sayohat qilish uchun sertifikat topshirildi. Sertifikatni tanlov g'oliblari nomidan majmua bosh texnologi Xujamberdi Toshboyev qabul qilib oldi. Shuningdek, ularning xonadonlariga “Bu xonadonda SHGKM ibratli oilasi istiqomat qiladi” mazmunidagi maxsus yorliqlar o‘rnatildi.

“Baxtli bolalik” loyihasi esa 8 yoshgacha bo‘lgan 200 nafar xodim farzandini qamrab oldi. Bolajonlar uchun qo‘g‘irchoq teatri tomoshasi tashkil etildi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mehr fondi”, insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi “Beg‘araz donorlik aksiyasi” ham tashkil etildi. Donorlik aksiyasi viloyat qon quyish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, xodimlarning ixtiyoriy ravishda qon topshirishi uchun sharoit yaratildi.

Shuningdek, “Mehrli jamoa” loyihasi doirasida nafaqada bo‘lgan yoki davolanayotgan xodimlarning holidan xabar olindi, ularning sharoitlari o‘rganilib, zarur ijtimoiy-moddiy ko‘mak ko‘rsatish ko‘zda tutildi.

G‘uzor tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlaridan 25 nafari yozgi oromgohlarga yuborilib, ularning sog‘lomlashtirilishi va mazmunli hordiq chiqarishi uchun imkoniyat yaratildi.

“Ota-onam mening faxrim”: farzandlar uchun unutilmas kun loyihasi doirasida majmua xodimlarining farzandlari ota-onalari mehnat qilayotgan maskan, ularning kasbi va kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Korxona tarixi muzeyi hamda ishlab chiqarish hududiga uyushtirilgan sayohat bolajonlarda mehnatga hurmat va ota-onalarining kasbiga nisbatan faxr tuyg‘usini yanada kuchaytirdi desak adashmagan bo'lamiz.

Shuningdek, bugungi majmua poydevorini yaratgan, uning shakllanishi va taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan insonlar ham e’tibordan chetda qolmadi.

“Mehnat faxriylari sayohat dasturi” doirasida majmuada 20 yildan ortiq mehnat qilib, nafaqaga chiqqan 45 nafar faxriy uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlariga madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.


Salomatlik — e’tibor markazida

Yubiley dasturida xodimlar salomatligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Sog‘lom ayol — sog‘lom jamiyat” loyihasi doirasida 45–60 yosh oralig‘idagi 250 nafar ayol xodim uchun “Ko‘krak saratoniga qarshimiz” shiori ostida bepul professional tibbiy va ultratovush skrining ko‘riklari tashkil etildi.

Bu tashabbus yubiley tadbirlarining mazmuni faqat bayram va tantanadan iborat emasligini, xodimlar salomatligi va farovonligiga amaliy g‘amxo‘rlik ham dastur markazida bo‘lganini ko‘rsatdi.


25 yil — ijod, tafakkur va iste’dod nigohida

Yubiley munosabati bilan majmua xodimlari o‘rtasida ijodiy va intellektual tanlovlarning butun bir turkumi tashkil etildi.

Jumladan:

  • “Majmuam 25 yoshda” videoroliklar tanlovi;
  • “Majmuam 25 yoshda” maqolalar tanlovi;
  • “SHGKM bilimdoni” onlayn intellektual tanlovi;
  • “Men SHGKM bilan faxrlanaman, chunki...” videotilaklar tanlovi;
  • “Bir surat ortidagi hikoya” tanlovi;
  • “SHGKM — 25 yoshda!” bolalar ijodiy chellenji;
  • “Eng yaxshi insho”;
  • “Eng yaxshi she’r”;
  • “Eng yaxshi qo‘shiq”;
  • “Zakovat” intellektual bellashuvi.

Bu tanlovlarning har biri majmua tarixiga turlicha nigoh bilan qarash imkonini berdi.

Kimdir korxona tarixini maqola orqali hikoya qildi, kimdir videotasvirlarda jamoa hayotini aks ettirdi. Kimdir eski suratlar ortidagi unutilmas xotiralarni qayta jonlantirdi, yana kimdir she’r va qo‘shiq orqali o‘z tuyg‘ularini ifodaladi. Bolalar esa ota-onalari mehnat qilayotgan majmuaga o‘zlarining samimiy tilaklarini yo‘lladilar.

Quyida tanlovlar g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:

“Majmuam 25 yoshda” videoroliklar tanlovi g‘olibi — SHGKM poliklinikasi navbatchi shifokori Xushnarov Xusan Farhod o‘g‘li.

“Majmuam 25 yoshda” maqolalar tanlovi g‘olibi — Kapital qurilish xizmati muhandisi Rahmatov Shamsiddin Abdisalom o‘g‘li.

“SHGKM bilimdoni” onlayn intellektual tanlovi g‘olibi — Etilen ishlab chiqarish sexi muhandisi Boltayev Ahror Soxib o‘g‘li.

“Men SHGKM bilan faxrlanaman, chunki...” videotilaklar tanlovi g‘olibi — Tayyor mahsulot va xomashyo sexi ish yurituvchisi Davronova Dinora Baxtiyor qizi.

“Bir surat ortidagi hikoya” tanlovi g‘olibi — Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Jovliyev Ergash Qurbonaliyevich.

“Eng yaxshi insho” tanlovi g‘olibi — Polietilen ishlab chiqarish sexi xodimi Xudoynazarov Og‘abek Ulug‘bek o‘g‘li.

“Eng yaxshi she’r” tanlovi g‘olibi — Sanoat xavfsizligi xizmati muhandisi Shomuratova Anna Xalilovna.

“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi g‘olibi — Temir yo‘l transporti bilan ta’minlash xizmati markazlashgan pult operatori Egamberdiyev Aziz Xamidovich.

Shuningdek, “SHGKM — 25 yoshda!” bolalar ijodiy chellenjida majmua xodimlarining 41 nafar farzandi ishtirok etdi. Tanlov hay’ati barcha bolajonlarni g‘olib deb topdi va ular teatr tomoshasiga sertifikatlar bilan taqdirlandi. Sertifikatni Xotin-qizlar va gender masalalari bo'limi mutaxassisi Gulzoda Mirzayeva qabul qilib oldi.


“Zakovat” — bilim va jamoaviy fikr maydoni

“Bir jamoa — bir maqsad” shiori ostida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual bellashuvi ham yubiley dasturining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.

Unda quyidagicha natija qayd etildi:

🥉 3-o‘rin — Polietilen ishlab chiqarish sexining “UzClear” jamoasi;

🥈 2-o‘rin — Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika sexining “Avtomatika” jamoasi;

🥇 1-o‘rin va musobaqa chempioni — Avtotransport bilan ta’minlash xizmatining “Transportchilar” jamoasi.

Shu tariqa bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik uyg‘unlashgan bellashuv o‘z chempionini aniqladi. Shuningdek, intellektual tanlovlarni tashkil etishda faollik ko'rsatgan tashkilotchilar Bo'riyev Doston va Himmatov Jahongirbek ham munosib taqdirlandilar.


Yoshlar va xotin-qizlar — kelajak bunyodkorlari

Yubiley dasturida yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratildi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida yosh xodimlar majmua bosh mutaxassislari bilan ochiq muloqot qildilar, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, faol yoshlar va xotin-qizlar uchun sayohat dasturi doirasida yurtimizdagi tarixiy, ziyorat va diqqatga sazovor maskanlarga madaniy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi.


Sport — sog‘lom raqobat va jamoaviy ruh

Yubiley dasturining eng keng qamrovli yo‘nalishlaridan biri, shubhasiz, sport musobaqalari bo‘ldi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida xodimlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida sportning 11 turi va jami 19 ta yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Dasturda mini futbol, voleybol, stol tennisi, badminton, stritbol, suzish, shaxmat, shashka, arqon tortish va “Quvnoq sport” kabi yo‘nalishlar qamrab olingan.

Quyida sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:

Yakkalik bahslarda:

🏸 Badminton, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Shuxrat Aslanov — SHGKM bosh direktori
🥈 2-o‘rin — Sherali Jurayev — Avtotransport bilan ta’minlash sexi xodimi

🏸 Badminton, ayollar

🥇 1-o‘rin — Tozagul Shoberdiyeva — SHGKM poliklinikasi xodimasi
🥈 2-o‘rin — Shaxnoza Xidirova — Qorovullik qo‘riqlash xizmati xodimasi

🏓 Stol tennisi, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Azim Davlatov — Ishonchlilikni boshqarish xizmati xodimi
🥈 2-o‘rin — Eson Chorshanbiyev — Etilen ishlab chiqarish sexi xodimi

🏓 Stol tennisi, ayollar

🥇 1-o‘rin — Kamola Aminova — Oqova suvlarni tozalash sexi xodimasi
🥈 2-o‘rin — Zarnigor Maxmudova — Maishiy xo‘jalik xizmati xodimasi

🏊 Suzish, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Rustam Jurayev — Ichki suv ta’minoti sexi xodimi
🥈 2-o‘rin — Anvar Shomurodov — Ichki suv ta’minoti sexi xodimi

🏊 Suzish, ayollar

🥇 1-o‘rin — Dilbar Ro‘ziboyeva — Tashqi suv ta’minoti sexi xodimasi
🥈 2-o‘rin — Shaxnoza Axmedova — Maishiy xo‘jalik xizmati xodimasi

♟ Shaxmat, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Iskandar Kenjayev — Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimi
🥈 2-o‘rin — Jamshid Nigmatov — Polietilen ishlab chiqarish sexi xodimi

♟ Shaxmat, ayollar

🥇 1-o‘rin — Xurshida Kuziyeva — Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi
🥈 2-o‘rin — Kamola Aminova — Oqova suvlarni tozalash sexi xodimasi

♟ Shashka, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Ulug‘bek Rajabov — Markaziy laboratoriya xodimi
🥈 2-o‘rin — Umirzoq Xushvaqtov — Tayyor mahsulot va xomashyo sexi xodimi

♟ Shashka, ayollar

🥇 1-o‘rin — Fazilat Uzoqova — Maishiy xo‘jalik xizmati xodimasi
🥈 2-o‘rin — Muborak Yo‘ldosheva — Maishiy xo‘jalik xizmati xodimasi


Jamoaviy bahslarda

⚽ Mini futbol — 40 yoshdan kattalar

🥇 1-o‘rin — Etilen ishlab chiqarish sexi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Ichki suv ta’minoti sexi jamoasi

⚽ Mini futbol — 40 yoshgacha

🥇 1-o‘rin — Ichki suv ta’minoti sexi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi

🏐 Voleybol, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Tayyor mahsulotlar va xomashyo sexi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Mexanika ta’mirlash sexi jamoasi

🏐 Voleybol, ayollar

🥇 1-o‘rin — Maishiy xo‘jalik xizmati jamoasi
🥈 2-o‘rin — Uy-joydan foydalanish xizmati jamoasi

🏀 Stritbol, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Metrologiya xizmati jamoasi
🥈 2-o‘rin — Nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexi jamoasi

🏀 Stritbol, ayollar

🥇 1-o‘rin — Uy-joydan foydalanish xizmati jamoasi
🥈 2-o‘rin — Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i jamoasi

💪 Arqon tortish, erkaklar

🥇 1-o‘rin — Tayyor mahsulotlar va xomashyo sexi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Polietilen ishlab chiqarish sexi jamoasi

💪 Arqon tortish, ayollar

🥇 1-o‘rin — Majmua poliklinikasi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Uy-joydan foydalanish xizmati jamoasi

🏃‍♀️ “Quvnoq sport”, ayollar

🥇 1-o‘rin — Umumiy ovqatlanish sexi jamoasi
🥈 2-o‘rin — Majmua poliklinikasi jamoasi

Bu musobaqalar orqali majmuaning turli bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bir maydonda jamlanib, nafaqat sport mahoratini, balki o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy ruhni ham namoyon etdilar.


25 loyiha — bitta katta maqsad

Aslida, 25 ta ijtimoiy loyihaning har biri alohida yo‘nalish bo‘lsa-da, ularni yagona g‘oya — insonni qadrlash, jamoani birlashtirish va ezgulikni amalda namoyon etish maqsadi birlashtirib turadi.

Bu jarayonda oilalar e’tirof etildi.

Bolalarga quvonch ulashildi.

Xodimlar salomatligiga e’tibor qaratildi.

Mehnat faxriylariga hurmat ko‘rsatildi.

Ijtimoiy ko‘makka muhtoj insonlar qo‘llab-quvvatlandi.

Yoshlar va xotin-qizlarga imkoniyat yaratildi.

Ijodkorlar o‘z iste’dodini namoyon etdi.

Bilimdonlar “Zakovat” maydonida kuch sinashdi.

Sportchilar esa jamoasi sharafini himoya qildilar.

Shu ma’noda, “25 yillikka — 25 ta ijtimoiy loyiha” dasturi majmuaning chorak asrlik yubileyi uchun munosib tuhfa bo'ldi. U — Majmua tarixini yaratib kelayotgan insonlarga berilgan e’tibor va minnatdorlikning amaliy ifodasi bo‘ldi.


25 yil — yakun emas, yangi tarixning boshlanishi

Bugun “Shurtan gaz kimyo majmuasi” chorak asrlik tarixiga nazar tashlar ekan, bu tarix ortida ulkan ishlab chiqarish salohiyati bilan bir qatorda minglab insonlarning taqdiri, mehnati, orzulari va unutilmas xotiralari mujassam ekanini ko‘ramiz.

“25 yillikka — 25 ta ijtimoiy loyiha” dasturi ana shu tarixning yana bir yorqin sahifasiga aylandi.

Bu loyihalar orqali oilalarga e’tibor, bolalarga quvonch, faxriylarga hurmat, xodimlarga g‘amxo‘rlik, yoshlarga imkoniyat, xotin-qizlarga e’tibor, ijodkorlarga maydon, bilimdonlarga sinov, sportchilarga raqobat va butun jamoaga birlik muhiti yaratildi.

Chorak asrlik yo‘l — ortda qolgan katta tarix.

Ammo 25 yil — yakun emas.

Bu — yangi marralar sari dadil qadam tashlash uchun mustahkam poydevor.

Kecha — tarix. Bugun — faxr. Ertaga — yangi marralar!

25 yoshing muborak bo‘lsin, aziz “Shurtan gaz kimyo majmuasi”!

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|