September 15, 2022

Temir yo'l avtomatika va telemexanika qurilmalarini mikroprotsessorli markazlashtirish

Temir yo'l avtomatika va telemexanika qurilmalari va tizimlari harakat tarkiblarini xavfsizligini ta’minlovchi asosiy qurilmalardan va tizimlardan biri hisoblanadi, poyezdlar boshqaruvi, ularning qaysi temir yo’l uchastkasini yoki seksiyasini band qilib turganligiga mos holatda svetafor va strelkalarning masofaviy boshqarilishi, ularning qanday holatda turganligini nazorat qilish, ularning soz yoki nosoz ekanligini aniqlovchi va boshqa funksiyalarni qamrab olgan tizim bu elektr markazlashtirish (EM) tizimi bo’lib hisoblanadi.

Hozirda EM tizimlarining 3 ta turi mavjud bo’lib, ular quyidagilar:

1. MPM (mikroprotsessorli markazlashtirish);

2. MRM (Rele – protsessorli markazlashtirish);

3. EM (Releli elektr markazlashtirish).

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ da yuqorida keltirilgan barcha tizimlardan foydalanib kelinmoqda. Hozirda stansiyalarda mavjud bo’lgan eskirgan releli EM tizimlarini yangi tizimlarga ketma-ket tarzda zamonaviy elektr markazlashtirish tizimlariga o’tkazilib kelinmoqda. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlarida eng ko‘p uchraydigan qurilmalar rele bo‘lib, ularning yordamida poyezdlar harakatini avtomatik boshqarish, tartibga solish va boshqarish jarayonlari amalga oshiriladi, poyezdlar harakati xavfsizligini ta‘minlanadi. Hozirda o‘n millionlab rele temir yo‘llarda foydalanilmoqda. Har qanday releni, ayniqsa temir yo‘l avtomatikasi relesini eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, uni ishonchliligi hisoblanadi. Chunki bu relelarga asoslanib, poyezdlar harakatining xavfsizligi ta‘minlanadi. Rele tizimlarining asosiy kamchiligi shundaki katta hajmliligi, elektrenergiyani ko’p talab qilishi, yuqori material sig’imi, stansiyalardagi texnologik jarayonlarni to’liq avtomatlashtirish tizimlari boshqaruv qurilmalari bilan murakkab bog’lanishidir. Releli markazlashtirishda uni ishlab chiqarishda juda ko’p material va mehnat xarajatlari talab qiladi. Avvalo, bu markazlashtirishni foydalanishga topshirishda va ishlab chiqarish jarayonining ma’lum davrlarida tekshirish kerak bo’lgan ko’p sonli elektromagnit relelar mavjudligi bilan bog’liq (bitta strelka uchun 100 donadan ortiq). Bundan tashqari, boshqaruv pultiga, tablo va magistral kabel tarmog’i barcha konstruksiyalari bilan birga (krossga, muftaga, kabellar qudug’i va boshq.) xizmat ko’rsatishda kam bo’lmagan vaqt sarfi yo’qotilishi.

Elektron va elektromexanik qurilmalarning o’rnida keladigan mikroprotsessorli qurilmalar (MPQ) Temir yo’l avtomatika va telemexanika tizimlari ekspluatatsion xarakteristikalari oshishiga imkon beradi. Odatda MP qurilmalar kam sonli elektron komponentlarni o’z ichiga olishi va buning sharofati bilan uning oldingilaridan yanada yuqori ishonchliligi, gabariti kichikligi va og’irligi kamligini aytish mumkin.

Mikroprotsessorli markazlashtirish tizimini releli markazlashtirish bilan taqqoslagandagi afzalliklari quyidagilar:

· yagona ish joyidan turib ko’pgina stansiya va peregonlar obyektlarini boshqarish imkoniyati;

· bir stansiya protsessor qurilmalari SMB ning peregon qurilmalari va harakat tarkibi holati nazorati uskunalari boshqaruvini integratsiya imkoniyati;

· stansiya SMB qurilmalari holati haqidagi to’liq ma’lumotlarni va boshqa ma’lumotlarni mintaqaviy tashishlarni boshqarish markaziga jo’natish imkoniyati bilan ekspluatatsion va texnik xodimlarga taqdim etish;

· boshqarish va nazorat obyektlari va markazlashtirish apparatlari vositalari holati o’rnatilgan diagnostik nazorati mavjudligi;

· sezilarli darajadagi kam hajmli qurilish-montaj ishlari;

· nazorat qilish qurilmalari va nazorat qilinadigan ob'ektlar o'rtasida faqat mis simlari kabellarni bilan emas, balki optik tolali kabellar bilan ma'lumotlar uzatish vositasi sifatida foydalanish;

· tasarruf xarajatlarini qisqarishi, manipulyatorlarning elektromagnit relelar sonini va post ichi kabellari uzunligini qisqartirish, zamonaviy xizmat ko’rsatilmaydigan ta’minot manbalarini qo’llash, katta hajmli boshqaruv pultlari va ko’p sonli qo’lda boshqarish mexanizmi va mexanik harakatlantiriluvchi knopkalarni chiqarib tashlash hisobiga narxini pasaytirish.

Dunyo temir yo'llarida birinchi MPM tizimlarini ishlatish tajribasi rele tizimlariga nisbatan ekspluatatsion va texnik foydalarni ko’rsatdi. Bizning va chet el mamlakatlarida yangi rele tizimli EM izlanishlari to’xtatilgan. Mikroelektronika va mikroprotsessor texnologiyalarini tez sur’atlarda rivojlanishi va takomillashishi, uning narxi pasayishini hisobga olib, vaqtlar o’tishi bilan MPM tizimi stansiya avtomatikasining asosiy tizimiga aylanadi.

Hozirgi kunda dunyoning ko’pgina temir yo’llarida stansiyalarda poyezdlar harakatini tashkil etish uchun juda ko’p mikroprotsessorli markazlashtirish tizimlari qo’llaniladi. Ulardan eng ko’p tarqalganlari «МПЦ-2», «МПЦ-МПК», «МПЦ-И», «МПЦ-Д», «Ebilock-950» hisoblanadi.

Mikroprotsessorli markazlashtirish stansiyadagi strelka, svetofor va boshqa obyektlarni boshqarish uchun mo’ljallangan hamda yangi, iqtisodiy jihatdan qulay elektron tizim hisoblanadi. U xavfsiz signalizatsiya texnologiyasi sohasida davom etayotgan uzoq yillik tadqiqotlar natijasida olingan keng tajribani inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Markazlashtirishning modulyar strukturasi katta va kichik stantsiyalar uchun bir xilda mos keladi. Mikroprotsessorli tizimida kuchli uzluksiz quvvat manbayidan foydalanilgan bo’lib, rels zanjirlari, elektr yuritmalar, signallar, relelar kabi elektron qurilamalardagidek ta’minot beriladigan xizmat ko’rsatilmaydigan akkumulyator batareyasidan foydalaniladi. Bundan tashqari, tizimda liniya xalaqitlaridan himoya qilish uchun maxsus uskunadan foydalanadi, qurilmalarning yerga ulanish qoidalari biroz farq qiladi.

MPM asosiy komponentlari quyidagilar hisoblanadi:

§ markaziy qayta ishlovchi tizim (MQIT) yoki markaziy protsessor (MP) – boshqaruv va nazorat tizimlari (mahalliy yoki masofaviy) ta’sirini ya’ni markazlashtirish mantig'ini amalga oshiradi, mikroprotsessorli markazlashtirishga ulangan rels zanjirlari va barcha releli tizimlarning holati haqidagi xabarni obyekt kontrolleri tizimlari va rele kontaktlari orqali o’qiladi.

§ obyekt kontrolleri tizimlar (OKT) – tashqi qurilmalar (strelka elektryuritmasini, signallarni, rels zanjirlarini va boshqalar)ni markaziy protsessor bilan bog’lovchi interfeys hisoblanadi.

Tizimning asosi mavjud elektr markazlashtirilgan strelka va signallarning barcha bog'liqliklarini o'zaro xavfsiz yo’l bilan amalga oshiradigan MQIT.U quyidagilarni ta’minlaydi:

- boshqaruv va nazorat tizimlaridan kelgan komandalarni buyruqlarga o’zgartirib strelkalar, svetofor va boshqa qurilmalarga xavfsiz ko’rinishda yetkazish;

- marshrutdagi obyektlarning qulflanishi;

- marshrutlarni avtomatik va sun’iy ajratish.

MPM tarkibiga quyidagilar kiradi (3- rasm):

― boshqaruv va nazorat apparatlari (BN AIJ, E AIJ va boshq);

― markaziy qayta ishlovchi tizim (markaziy protsessor MP);

― obyekt kontrolleri (OK) va aloqa konsentratori (AK);

― EM tashqi qurilmalari (boshqaruv va nazorat obyektlari);

― elektr ta’minot qurilmasi (ETQ);

MUSTAFAYEV MIRJALOL DUSIYOR O’G’LI

Sho'rtan gaz kimyo majmuasi tasarrufidagi Temir yo'l transporti bilan ta`minlash xizmati markazlashgan himoya xabarchisi (SSB) va aloqa katta montyori