December 30, 2025

Quvnoqlar va zukkolar bellashuvida g‘oliblar aniqlandi

Shurtan gaz kimyo majmuasida har yili an’anaviy ravishda tashkil etib kelinayotgan “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi mavsumi final bosqichi bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Final baxsida Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AFANDINING JIYANLARI", "SHGKM Yashil makon" MCHJning "GREEN AREA" hamda Elektr ta'minoti sexi va Tashqi suv ta'minoti sexining birlashgan "OKEAN" jamoalari ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashishdi va shart mezonlari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.

Hazil-mutoyiba va takrorlanmas chiqishlarga boy bo‘lgan mazkur bahs yakunida Elektr ta'minoti sexi va Tashqi suv ta'minoti sexining birlashgan "OKEAN" jamoasi 3-o‘rinni, "SHGKM Yashil makon" MCHJning "GREEN AREA" jamoasi 2-o‘rinni egallashdi. O‘zlarining mavsum davomidagi eng yorqin chiqishlarini namoyish etgan Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish sexining "AFANDINING JIYANLARI" jamoasi 1-o‘rinni egallab, "Quvnoqlar va Zukkolar" ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi mavsum CHEMPIONI bo‘lishdi.

Tanlov yakunida g‘oliblarga majmua ma’muriyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, mavsum davomida o‘ziga xos hazillari hamda bir-biridan qiziqarli obrazlari bilan barchaga birdek manzur bo‘lgan Akmal Hakimov — “Eng quvnoq yigit”, Maftuna Dilmurodova — “Eng quvnoq qiz”, Quvonch Irisov esa — “Muxlislar e'tirofi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildilar.

"QUVNOQLAR va ZUKKOLAR" ko‘rik-tanlovining "Final" bellashuvi natijalari:

Tadbirdan fotolavhalar:

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|