“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi
"11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda sport musobaqalari o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirlar xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda mehnat jamoasida o‘zaro birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratildi.
Sport tadbirlariga “Salomatlik uchun 5 000 qadam” ommaviy yurishi orqali start berildi. Majmua jamoasi jismoniy faollik va sog‘lom hayot tarzining amaliy ifodasini namoyon etgan holda, kun davomida o‘tkazilgan asosiy bellashuvlarga ko‘tarinki ruhda kirishdi.
Shundan so'ng, dasturga muvofiq, majmuaning turli tarkibiy bo‘linmalari xodimlari 100 metrga yugurish hamda yuqori jamoaviy uyg‘unlik talab etuvchi “Quvnoq sport” yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi va jamoaviy hamkorlik salohiyatini to‘la namoyon etdilar.
Quyida musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
100 metrga yugurish (ayollar o‘rtasida):
1-o‘rin – Mexinbonu Soatova (Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi);
2-o‘rin – Farida Omonova (Ko‘kalamzorlashtirish tarmog‘i xodimasi);
3-o‘rin – Mahliyo Yo‘ldosheva (Zavod poliklinikasi xodimasi).
100 metrga yugurish (erkaklar o‘rtasida):
1-o‘rin – Shaxzod Erkinov (Ichki suv taʼminoti sexi xodimi);
2-o‘rin – Husan Xushnarov (Zavod poliklinikasi xodimi);
3-o‘rin – Nurbek Ishoqov (Etilen ishlab chiqarish sexi xodimi).
“Quvnoq sport” (ayollar jamoalari):
1-o‘rin – Umumiy ovqatlanish sexi;
2-o‘rin – Zavod poliklinikasi;
3-o‘rin – Maishiy xo‘jalik xizmati.
“Quvnoq sport” (erkaklar jamoalari):
1-o‘rin – Ichki suv taʼminoti sexi;
2-o‘rin – Zavod poliklinikasi;
3-o‘rin – Etilen ishlab chiqarish sexi.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar majmua ma’muriyati hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlanib, ularning sportdagi muvaffaqiyatlari e’tirof etildi.
Bu kabi tadbirlar korxonada sog‘lom korporativ muhitni qaror toptirish, ishchi-xodimlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash hamda kasaba uyushmalari faoliyatining ijtimoiy nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Taqdirlash marosimidan fotolavhalar: