April 16

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda 2026-yil 1-chorak yakunlari hamda “Dolzarb 100 kunlik” doirasidagi vazifalar ijrosi tahlil qilindi

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari S.Hamroyev, qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlar A.Xudoyberganov, tegishli departament rahbarlari hamda majmua rahbariyati ishtirokida 2026-yilning birinchi choragi yakunlariga hamda “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda majmuaning uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar hamda “Dolzarb 100 kunlik” dasturi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.

Xususan, texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, energiya resurslarini tejash hamda ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi faoliyat yuzasidan taqdimotlar tinglandi.

Shuningdek, joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mahsulot hajmi, moliyaviy natijalar hamda boshqa muhim yo‘nalishlar kesimida erishilgan natijalar batafsil tahlil etildi. Tahlillar asosida ayrim yo‘nalishlarda ish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatlari muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish davomida may oyida rejalashtirilayotgan joriy ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik holati alohida e’tiborda ko‘rib chiqildi. Ta’mirlash jarayonlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sirni minimallashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, korxonada olib borilayotgan optimizatsiya jarayonlari, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar “Dolzarb 100 kunlik” dasturi ijrosi nuqtai nazaridan batafsil ko‘rib chiqildi. Mas’ul rahbarlarga har bir yo‘nalish kesimida aniq vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida joriy yilning birinchi yarim yilligi uchun belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ishlab chiqarish samaradorligini izchil oshirib borish hamda majmua faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan barcha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|