April 21, 2022

Shoʻrtan gaz kimyo majmuasining integratsiyalashgan menejment tizimi sertifikatlariga muvofiqlik darajasi oʻrganildi

Yuqori texnologiyalar va zamonaviy boshqaruv tizimi asosida yuritiladigan ishlab chiqarish obyektlarining xalqaro standartlar darajasida faoliyatini yoʻlga qoʻyish, menejmentning xalqaro standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Maʼlumki oʻz-oʻziga tanqidiy koʻz bilan qarash insonni kamchiliklari ustida ishlashiga undasa, tashkilot faoliyatida ushbu jarayon sifat menejmentining xalqaro darajasiga muvofiq ishlashiga undaydi.

"Shurtan GKM” MCHJ Integratsiyalashgan menejment tizimining ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 va ISO 50001:2018 xalqaro standartlari talablariga mos kelishini tekshirish va qayta sertifikatlashtirish maqsadida “MANAGEMENT CERTIFICATION” MCHJ auditorlari jamoasi tomonidan ikki bosqichli, yaʼni 2021-yil 5-7-may va 7-12-iyun kunlari Sertifikatlashtirish auditi oʻtkazildi.

Korxonada ichki auditni oʻtkazish reja-jadvaliga asosan 2021-yil 1-30-mart kunlari korxonaning 32 ta boʻlinmasida ichki audit oʻtkazildi.

Audit oʻtkazish davomida korxona miqyosida ISO 9001:2015 standarti boʻyicha 46 ta, ISO 14001:2015 standarti boʻyicha 53 ta, ISO 45001:2018 standarti boʻyicha 66 ta va ISO 50001:2018 standarti boʻyicha 15 ta nomuvofiqliklar aniqlandi va nomuvofiqliklarga nisbatan tuzatish va oldini olish harakatlari va ularni bartaraf etish muddati koʻrsatilgan bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Quyidagi diagrammalarda barcha standartlar boʻyicha aniqlangan nomuvofiqliklarning tendensiyasi keltirilgan.

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Matbuot xizmati