February 2

Shurtan gaz kimyo majmuasida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi PQ-4812-sonli hamda 2022-yil 24-yanvardagi PQ-99-sonli qarorlari, shuningdek, “O‘zbekneftegaz” AJ rahbariyatining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Majmuada mahalliylashtirish dasturi reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish hamda import o‘rnini bosuvchi (muqobil) mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, majmuada import qilinadigan material-texnik resurslar ulushini qisqartirish, valyuta mablag‘larini tejash hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2025-yilda ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 20 turdagi, umumiy qiymati 1 mln 132 ming AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar o‘zlashtirildi. Natijada, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga 5,64 mlrd so‘m miqdorida sof foydaga erishildi.

Shuningdek, Respublika hududlarida o‘tkaziladigan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalari”da Majmua mutaxassislarining faol ishtiroki muntazam ta’minlanib kelinmoqda. Xususan, 2025-yilda Farg‘ona, Buxoro, Nukus, Navoiy, Termiz, Qarshi va Toshkent shaharlarida tashkil etilgan sanoat yarmarkalarida mahalliy korxonalarda o‘zlashtirilgan yangi mahsulotlar o‘rganilib, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Mazkur yarmarkalar doirasida Majmua ehtiyojlari uchun importdan xarid qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Shurtan GKM” MCHJ va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida jami 28 ta ikki tomonlama memorandum imzolandi. Jumladan, Toshkent shahrida imzolangan memorandumlar doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hajmi 9,42 mlrd so‘mni tashkil etib, bu alohida ahamiyat kasb etadi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|