May 8

Bosh direktor tomonidan joriy ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ Bosh direktori Shuxrat Aslanov majmuada amalga oshirilishi rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, etilen ishlab chiqarish sexida amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlariga tayyorgarlik holati, ta’mirlash jarayonida zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslari zahirasi hamda jarayonga jalb etilgan texnika vositalarining texnik holati o‘rganildi.

Shuningdek, ishchi-xodimlarni ish joyiga o‘z vaqtida va xavfsiz yetkazib kelish hamda olib ketish jarayonlari, ta’mirlash ishlari olib boriladigan davrda navbatchilik tartibida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, turdosh korxonalar va xorijiy kompaniyalardan jalb etiladigan mutaxassislar uchun tashkil etilgan qulayliklar nazoratdan o‘tkazildi.

Ta’mirlash jarayonida ishchi-xodimlarning mehnat faoliyati xavfsizligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga ko‘zdan kechirish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi. Jumladan, mavjud resurslardan tejamkor va oqilona foydalanish, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash hamda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|