December 9

“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda 2025-yil uchun belgilangan ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlari muddatidan oldin bajarildi

2025-yil boshida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan berilgan topshiriq va ko‘rsatmalar doirasida “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MCHJda barcha ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlari belgilangan muddatdan oldin bajarildi.

Jumladan, majmuada 2025-yil 9-dekabr holatiga ko‘ra 3 mlrd 943 mln m³ xom-ashyo gazini (rejaga nisbatan 101 %) chuqur qayta ishlash orqali 3 mlrd 319 mln m³ tozalangan tabiiy gaz (rejaga nisbatan 101 %), 101,2 ming tonna gaz kondensati (rejaga nisbatan 112 %), 116,1 ming tonna suyultirilgan gaz (rejaga nisbatan 106 %), 1006 tonna oltingugurt (rejaga nisbatan 101 %) hamda 128,3 ming tonna polietilen granulasi (rejaga nisbatan 103 %) ishlab chiqarildi.

Ushbu natijalarga erishishda asosiy omil — majmuada o‘tkazilgan joriy ta’mirlash ishlari hamda modernizatsiya jarayonlarining belgilangan muddatidan oldin yakunlangani bo‘ldi. Ta’mirlash jarayonlarida majmua rahbariyatining oqilona qarorlari, zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va material-texnik resurslar o‘z vaqtida xarid qilinganligi hamda ishchi-xodimlarning astoydil mehnati, amalga oshirilgan chora-tadbirlar qurilmalarni ta’mirlash vaqtining qisqarishiga, ishlab chiqarish jarayonida operatsion samaradorlikning oshishiga va yillik mahsulot hajmining ko‘payishiga zamin yaratdi.

Mazkur natijalarga erishishda, avvalo, majmuaning fidokor, mas’uliyatli va tajribali mutaxassislari hamda ishchi-xodimlarining uzluksiz mehnati hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ushbu ijobiy natijalar va erishilgan yutuqlar uchun majmua rahbariyati ko‘p ming sonli jonkuyar va zahmatkash ishchi-xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

«Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|