November 5

FACT-CHECK: «SHURTAN GKM» MCHJ 2026-YIL OKTABR OYI BO‘YICHA

2026-yilning oktabr oyida «Shurtan gaz kimyo majmuasi» MCHJ tomonidan belgilangan ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda mahsulot yetkazib berish rejalari to‘liq bajarildi. Tayyor mahsulotlar belgilangan taqsimot hamda «O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi» (O‘zRTXB) AJ ochiq birja savdolari orqali iste’molchilarga yetkazib berildi.

1. Ishlab chiqarish va yetkazib berish ko‘rsatkichlari:

  • Qabul qilingan xom-ashyo gazi: 375,212 million kub metr (rejaga nisbatan 101,4%).
  • Tozalangan tabiiy gaz (jami): 320,602 million kub metr (rejaga nisbatan 103,1%). Shundan:
    • «Uzbekistan GTL» MCHJga yetkazib berish: 298,453 million kub metr (rejaga nisbatan 100,8%);
    • «UzGazTrade» AJga yetkazib berish: 22,149 million kub metr (rejaga nisbatan 147,7%).
  • Suyuq uglevodorodlar (jami): 21 495,852 tonna (rejaga nisbatan 108,0%). Shundan:
    • Suyultirilgan gaz: 12 082,477 tonna (rejaga nisbatan 114,0%);
    • Gaz kondensati: 9 413,375 tonna (rejaga nisbatan 101,2%).
  • Polietilen granulasi: 12 330,0 tonna (rejaga nisbatan 101,9%).
  • Texnik oltingugurt: 134,227 tonna (rejaga nisbatan 144,3%).

2. Mahsulotlar realizatsiyasi va sotuv:

  • Polietilen granulasi («O‘zRTXB» AJ birja savdolari orqali): 10 981 tonna (rejaga nisbatan 107,7%).
  • Suyultirilgan gaz (jami): 11 165,7 tonna (rejaga nisbatan 105,0%). Shundan:
    • Aholi maishiy ehtiyojlari uchun («Hududgazta'minot» AJ): 10 308,5 tonna;
    • «O‘zRTXB» AJ ochiq birja savdolari orqali: 857,2 tonna.
  • Texnik oltingugurt («O‘zRTXB» AJ birja savdolari orqali): 120 tonna (rejaga nisbatan 129,0%).

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Matbuot xizmati

|web-sayt|telegram|YouTube|