Shurtan gaz kimyo majmuasida xodimlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
“Sport – sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch” - shu ezgu tamoyil asosida "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda keng ko‘lamli sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Mazkur musobaqalar dastlab Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda xodimlar salomatligini mustahkamlash, jamoada sog‘lom raqobat va birdamlik muhitini shakllantirish maqsadida izchil davom ettirilmoqda.
Ahamiyatlisi, ushbu sport tadbirlari bir martalik emas, balki uzoq muddatli formatda tashkil etilib, xodimlarning muntazam jismoniy faolligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu esa korxonada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda ijobiy ish muhitini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
- erkaklar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha 14 ta jamoa,
- erkaklar o‘rtasida voleybol bo‘yicha 14 ta jamoa,
- ayollar o‘rtasida esa voleybol bo‘yicha 8 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.
Har bir uchrashuvda jamoalar o‘rtasida sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va yuksak sport madaniyati namoyon bo‘lib, musobaqalar murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tmoqda.
E’tiborlisi, mazkur sport tadbirlari ishlab chiqarish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda, xodimlarning tushlik vaqtlarida hamda ish vaqtidan tashqari bo‘sh paytlarida tashkil etilmoqda. Bu esa ish jarayonining uzluksizligini ta’minlash bilan birga, xodimlar uchun qulay sport muhitini yaratmoqda.
Mazkur tashabbuslar davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlangan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholini, ayniqsa mehnat jamoalarini ommaviy sportga keng jalb etish borasidagi ustuvor vazifalarning amaliy ifodasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish va sport madaniyatini yanada rivojlantirishga erishish ko'zlangan.
Quyida musobaqalarning ayni damdagi jadvallari bilan tanishishingiz mumkin: