MILLIY YUKSALISH DAVRI
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ mas’ul xodimlari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari hamkorligida Zoom platformasi orqali tashkil etilgan o‘quv-seminarda ishtirok etdi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan ezgu g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratildi. Unda “O‘zbekneftgaz” AJ markaziy apparati hamda tizim tashkilotlaridan 100 ga yaqin rahbar va ishchi-xodim qatnashdi.
Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizning kelgusi taraqqiyoti uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalar, xususan, kelgusi o‘n yillikni “Milliy yuksalish davri” sifatida shakllantirish, inson qadrini yuksaltirish va xalq farovonligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yuqori texnologiyali iqtisodiyotni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, zamonaviy va yuqori malakali ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish kabi muhim yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur o‘quv-seminar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish va ularni yagona maqsadlar yo‘lida birlashtirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.