“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflarni tushuntirish va targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi vakillari taqdimot bilan ishtirok etdilar.
Seminar davomida majmua xodimlariga mamlakatimizda pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflarning mazmun-mohiyati borasida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹 pensiya xizmatlarini raqamlashtirish;
🔹 ijtimoiy adolatni yanada mustahkamlash;
🔹 jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini takomillashtirish;
🔹 pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
🔹 pensiya tizimi qamrovini oshirish;
🔹 eng kam ish staji talabini bosqichma-bosqich oshirish;
🔹 pensiya yoshi va pensiya olish davrini muvofiqlashtirish kabi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminarda Majmuaning barcha tarkibiy bo‘linmalaridan mas’ul vakillar ishtirok etdi. Tadbirda berilgan ma’lumot va tushuntirishlarning har bir tarkibiy bo‘linmada xodimlarga yetkazilishi hamda pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirishga alohida e’tibor qaratilishi kerakligi ta'kidlab o'tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli javob va tushuntirishlar oldilar.