Yosh qutqaruvchilar tuman bosqichida bellashishdi
Joriy yilning 11-mart kuni "Yosh qutqaruvchi" harbiy-sport musobaqasining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani bosqichi 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda hudud bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tegishli ta’lim muassasasining “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari a’zolari orasidan 8 nafardan iborat tarkibda shakllantirilgan 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada yoshlar favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, o‘zini o‘zi himoya qilish va boshqalarga ko‘mak berish borasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa beshta shart asosida o‘tkazildi:
Birinchi – “Savol-javob” shartida jamoa sardori tashkiliy qo‘mita tomonidan tayyorlangan savolllarga javob topdilar!
Berilgan har bir savolga to‘liq javob uchun2-ball, to‘liqsiz javobga 1-ball hamda javob noto‘g‘ri bo‘lsa 0-ball bilan hakamlar hay'ati tomonidan nizom asosida baholandi.
Ikkinchi – “Birinchi yordam ko‘rsatish” shartida jamoalar birinchi yordam ko‘rsatish (oyoq, qo‘l yopiq (ochiq) singanda, jarohat oqibatida qon ketganda va yurak-o‘pka reanimatsiyasida birinchi yordam ko‘rsatish) turlari bo‘yicha bellashdilar.
Bu shartda vaziyatli topshiriqlarni bajarish uchun “shartli jabrlangan” sifatida jamoaning bir nafar ishtirokchisi jalb etildi.
Shart yakunida umumiy vaqti eng kam bo‘lgan jamoa shart g‘olibi deb topildi.
Uchinchi – “Dor yo‘li va chodir” shartida har xil ko‘rinishda va balandlikda o‘rnatilgan dor yo‘llari orqaliy jamoalar arqonlar yordamida o‘tish hamda palatka yoyish bo‘yicha bellashdilar.
To‘rtinchi – “Yuqori qavatlarda ishlash” shartida jamoalar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish jarayonida kerak bo‘ladigan mashqlarni balandlikka ko‘tarilish, arqon bo‘ylab jumar yordamida yuqoriga ko‘tarilish va qaytib tushish mashqlarini bajardilar.
Beshinchi – “Estafeta” shartida maxsus yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar estafetasi (4x100) bo‘yicha o‘tkazildi. Mazkur shart “Yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish” qoidalari asosida o‘tkazildi va baholandi.
- ☑️Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumta’lim maktablari jamoalaridan:
🥉3-o‘rin - 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabining "Yosh qutqaruvchi" jamoasi;
🥈2-o‘rin - 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabining "Lochinlar" jamoasi;
🥇1-o‘rin - 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining "Jasurlar" jamoasiga nasib etdi.
🏆G‘olib jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 1-o‘rin sohib jamoalari viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
🖊Yangiyo‘l tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati
———————————————————
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram (https://t.me/yangiyolTXTB) | Facebook (https://fb.com/YangiyolTXTB/)