Uzviy ta'lim bilan hamohang qishki ta'til !
“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024 й.) qabul qilindi. Unga ko‘ra 2024 yil 28 dekabrdan 2025 yil 3 yanvargacha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Qishki ta’til mobaynida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan! Mazkur rejaga asosan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan taqvim-reja va ish rejalarga kiritilgan turli tadbir va tanlovlar o‘quvchilarni mutasaddi tashkilotlar bilan kelishgan holda tashkil qilinmoqda.
Jumladan,
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida "Yangi yil" bayramiga atalgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar tomonidan qiziqarli she'rlar, qo'shiqlar ijro etildi. Qiziqarli shartlar bo'yicha musobaqalar ham uyushtirildi. 2-chorak yulduzlari tashakkurnomalar bilan rag'batlantirildi hamda o‘quvchilar qorboboning tilagi hamda sovg‘alarini qabul qilib oldilar.
Barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning ta’lim olishiga qo‘shimcha sharoit yaratish, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan to‘garaklari, shuningdek 5 ta muhim tashabbus to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Yunusobod sport majmuasiga bolajonlar uchun Yangi yil bayramiga boridi. Bolajonlar olam -olam quvonchlarga toʻlib qaytdilar.
Qishki taʻtilda maroqli dam olish maqsadida Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi. Bunda yangi yil bayram tamoshalari va diqqatga sazovar joylariga olib borildi. Oʻquvchilar koʻtariki kayfiyatda aylanib qaytdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi 864-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 12-dekabrdagi 04-38-4187-sonli xati, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2019-yil 10-dekabrda tasdiqlangan “Umid nihollari” musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq 2025-yilning mart-may oylarida mazkur musobaqalarning viloyat final bosqichi o‘tkazilishi bo‘yicha xati hamda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2024-yil 19-dekabr kunidagi 04-05/1-3000-sonli xatida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida sportning futbol, basketbol va voleybol turi bo‘yicha musobqalar tashkil qilindi.
Yangiyo'l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Qishgi ta'tilni mazmunli o'tkazish haftaligi"doirasida boshlang'ich sinf o'quvchilar o‘rtasida "Quvnoq startlar" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda!
Yangiyo'l tumani 31-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Mohir qo'llar" to'garagida qizlar nimcha to'qishni o'rgandilar.
Yangiyo'l tumani 31-umumiy o'rta ta'lim maktabining 3-B sinfida matematika fanidan "Qiziqarli matematika" to'garagidan lavhalar!
Yangiyõl tumani MMTB tassarufidagi 18- umumiy õrta ta'lim maktabida " qishki ta'til"ni mazmunli õtkazish doirasida "Mental arifmetika" tõgaragidan foto lavhalar!
Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 9-umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Qishki ta'til maroqli o‘tsin" haftaligi doirasida to‘garak jarayonidan foto lavhalar!
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani Maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 53 umumiy o'rta ta'lim maktabida joriy yilning 6-yanvar kuni 4-A va 4-B sinf o'quvchilari o'rtasida Ertak qahramonlari jonlantirilib sahna ko'rinishi asosida sahnalashtirildi.
1-maktabda mamlakatimiz hayotininhg barcha sohalarida huquqiy islohatlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ushbu isloxatlar natijasida,bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odan savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida o ‘quvchilar o‘rtsida bir nechta davra suhbatlari o‘tkazildi.
Maktabning 10-11 sinf o’quvchilari o’rtasida “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida MG xodimi R.Aliyev va “Gulbahor” MFY inspektori D.Oripov hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi. Bunda odam savdosi transmilliy jinoyat bo’lib deyarli barcha mamlakatlarda uchraydi,o‘quvchilarni turli oqimlarga kirib qolishni oldini olish, hozirgi kunda ishlash maqsadida chet ellarga ketib o’z yurtiga kela olmayotganlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Yangiyo’l tuman IIB huzuridagi tergov bo’lim xodimlari hamkorligida ”Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash” mavzusida 9-10 sinf o’quvchilari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalari Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirib berdi.
Yangiyo’l tumani 6- umumiy o’rta ta’lim maktabida qishgi ta’til vaqtida Ona tili Adabiyot fan o’qituvchimiz Qoraboyeva Gulnora ona tili va adabiyot fan to’garagida o’quvchilar bilan mazmunli ta’til o’tkazmoqda.
28-maktabda “Qishki ta’til kunlarini maroqli o`tkazish” maqsadida
tuzilgan chora-tadbirlar asosida tashkillashtirilgan tadbirlar to’g’risida ma'lumot
Yangiyo‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2024-2025-o‘quv yilining qishki ta’til vaqtida “Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasining 2024-yil 28-dekabrdagi “O‘quvchilarni qishki ta’til kunlarida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi 02-04-/3-2667-sonli xati yuzasidan maktabning ta’til vaqtida bajariladigan ishlar rejasi tasdiqlandi rajaga asosan:
Maktabning yuqori sinf o‘quvchilari qamrab olingan holda “Voleybol” musobaqasi maktabda tashkil etilgan sinflar aro jamolara bilan o‘tkazildi. Belgilangan vazifalar yuzasidan 8-9-yanvar kunlari 7-8-sinflar o‘rtasida 2 ta jamoa bilan musobaqa qizg‘in bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoa maktab rahbariyati tomonidan ertalabki saflanishda taqdirlanishi belgilandi.
Belgilangan vazifalar yuzasidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Bilimlar sinovi" o‘tkazildi. Ushbu tanlov maktab nizomi asosida 5 ta shartlardan tashkil etilgan topshiriqlar asosida amalga oshirildi.
Ta’til mobaynida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni to‘garaklarga bo‘lgan qiziqtirishlarini oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod”da qishki ta’til” shiori ostida turkum ko‘rik-tanlov va musobaqalari hamda tadbirlari doirasida tumanning 20-umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil qilingan tarmoq "Voleybol" to'garagi a'zolari O'zbekiston akademik dramma teatriga sayohat uyushtirishdi.
Spektakldan chuqur ma'naviy ozuqa olgan to'garak a'zolari sayohatni yaxshi kayfiyatda o'tkazishdi