"Turon maktab teatri" ko‘rik tanlovining 4-sektor bosqichi o‘tkazildi.
"Turon" maktab teatri respublika tanlovining Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 4-sektor bosqichi tumanning 48-umumiy o‘rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchi yoshlarning san'at, madaniyat va teatr sohasidagi iqtidorlarni kashf etish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan "Turon" maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Yangiyo‘l tumani 4-sektor bosqichi ko‘tarinki ruhda boshlandi.
Tadbirda 5-sonli musiqa va san’ati xodimasi Mametova Munira Erkinovna, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Saidova Muhayyo Abdulladjanovna, Tuman MMTB xodimi Xidirov Shamshod Raxmanovichlar ishtirok qilib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoalar o‘zaro 2 ta shart asosida bellashib, tuman bosqichi yo‘llanmasi uchun o‘z iste'dodlarini namoyon qilishdi.
Hakamlar jamoa ishtirokchilarning aktyorlik mahorati, sahna madaniyati, asardan parchani to‘g‘ri tanlay olgani, nutqi, asar qahramonlarining kiyimi va dekoratsiyasi, tarbiyaviy ahamiyatga egaligiga alohida e’tibor qaratishdi.
Ishtirokchi jamoalar asarlardan birini tanlab, asardan qisqa parchani spektakl ko‘rmishida namoyish etdilar.
Har bir shart bo‘yicha jamoalar chiqishlariga baholar e'lon qilinib borildi. Chiqishlarda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga, ishtirokchi jamoalarning nomi, shiori, atributlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Jamoalarning mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligi, teatr va turli san’at turlari, tarixi, kelib chiqishi yuzasidan bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
Hakamlar hay'ati jamoalarni mezon asosida baholab bordilar.
🔹Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra:
🥉3-o'rin - 40-maktab jamoalariga nasib etdi.
✍🏻 Yangiyo‘l tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi axborot xizmati