February 11

Yangiyo‘l tumanida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichlari o‘tkazildi.  

🌳Yangiyo‘l tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi umumta'lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi ko'rik tanlov nizom talablariga asosan tashkil qilindi.

Bu bosqichda 12 ta ta'lim maskanlaridan maktab bosqichlari g‘oliblari 4 ta shart asosida ishtirok qilishdi.

🌀 Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni 48-maktab jamoasi; 🥈2-o‘rin 13-maktab jamoasi; 🥉3-o‘rin 1-maktab jamoasi egalladi.

✍🏻 Yangiyo'l tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi matbuot xizmati